Mavzu: Temir -sementit holat diagrammasi
Qotishmalarni holat diagrammasi
Download 173.96 Kb.
|
Temir -sementit holat diagrammasi
3.2. Qotishmalarni holat diagrammasi
Har qanday qotishmani holat diagrammasini chizish uchun masshtabda gorizantal bo’yicha qotishmani % miqdori, (chap tomani toza qo’rg’oshin, o’ng tomoni toza surpma qotishmalari) quyiladi. Vertikal bo’yicha kritik nuqtalarni xamda surma va qo’rg’oshin erish nuqtasini (3270S, 6300 S) masshtabda belgilab chizamiz. Pastdagi kritik nuqtalarni birlashtirib (246) DE chizig’ini, a yuqoridagi kritik nuqtalarni birlashtirib AV va VS egri chiziqlarini olamiz. Ikkila egri chiziq V nuqtada yapni DE to’g’ri chizig’ida kesishadi. Diagrammadan ko’rinib turibdiki. Qotishmalar qotish boshlanishi nuqtalari xar xil bo’lib, qotish va kristallanishi bir nuqtada ekan. Aralashmalarni ichida faqat 13% surma va 87% qo’rg’oshin kristallanishini boshi va oxiri kritik nuqtasi bitta bo’lib, bir nuqtada qotar ekan.Diagrammani taxlil qilamiz.AVS chizig’idan yuqorida xamma qotishmalar suyuq xolda bo’lib. Bu chiziqni Likvidus chizig’i deb aytiladi. (Lotin tilida – suyuq manoni bildiradi). DVE chizig’ini pastki qismida xamma qotishmalar qattiq holatda bo’lib, DVE chizig’ini Solidius deb aytiladi (solidius- lotincha qattiq mapnoni bildiradi). Holat diagrammasida V tochkada (13%surpma va 87% qo’rg’oshin). Surma bilan qo’rg’oshinni kristallanishi ayni vaqtda bo’ladi va surma va qo’rg’oshin kristallaridan iborat mayin mexanik aralashma hosil bo’ladi. Bunday qotishmani evtektik aralashma deb aytiladi. Evtetik qotishmalar eng past erish temperaturasiga ega bo’lib, mikrostrukturasi yaxshi aralashgan bo’ladi. 13% kam surma bo’lgan qotishmani evtetik tikkaga 400 va 13% ko’p surma bo’lgan qotishma evtetikadan keyingi qotishma deb yuritiladi. Evtetikadan keyingi qotishmalarni qotish jarayon VS chizig’i bo’ylab suyuq qotishmada surma kristallari ajralib boradi. DE chizig’i bo’ylab esa evtetika qota boshlaydi. Evtektikagacha bo’lgan qotishmalarda AV chizig’i bo’ylab qurFoshin kristallari ajrala boshlaydi, DE chizig’i buyicha esa evtektika qota boshlaydi. Agarda qotishma sekinroq sovutilsa DV bo’yicha qurFoshin zarralari solishtirma og’irligi og’ir bo’lgani uchun cho’kma shaklida aralashmani pastqi qismiga to’planib qolishi mumkin.Bunday xodisani likvatsiya deb yuritiladi. Evtetikani esa solishtirma og’irligi kichik bo’lgani uchun yuqori qatlam hosil qiladi. Qotgandan sung hosil bo’lgan qotishma quyma buyumlar olish uchun yaroqsizdir, chunkm struktura bir xil emas. Xuddi shunday xodisani evtektikadan keyingi qotishmalarda ko’rish mumkin. Bunday qotishmani asta-sekin sovushida, evtektika aralashmasini solishtirma og’irligi katta bo’lgani uchun chukma hosil bo’ladi. Surmaning solishtirma og’irligi kichik bo’lgani uchun quyma yuzida katlam hosil bo’ladi. Download 173.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling