Mavzu: Temir Yo‘l izini tamirlashda zamonaviy kichik mexanizmlarni qo‘lash


Download 48.47 Kb.
bet1/7
Sana09.06.2023
Hajmi48.47 Kb.
#1470698
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Eslamasov Mirsaid 1 temir yo\'l masofasini karhonalarida ishchilar


Mavzu: Temir Yo‘l izini tamirlashda zamonaviy kichik mexanizmlarni qo‘lash.
Reja.
1. Kirish.
2. Temir Yo‘l izini tamirlashda.
3. Yo‘l izini tamirlashda zamonaviy.
4. Yo‘l izini tamirlashda zamonaviy kichik mexanizmlarni qo‘lash.
5. Xulosa.
Kirish.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Yo‘l xo‘jaligi – temir yo‘l transportining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, u barcha temir yo‘llarni hamda ularga tegishli inshootlarni o‘z ichiga qamrab oladi va temir yo‘llarni joriy holatini saqlash, taʼmir ishlarni amalga oshirish hamda boshqa qator yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadigan muhim tarkibiy tuzilmasidir. 
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasining asosiy faoliyati bo‘yicha 2016-2022 yillarda bajarilgan ishlar asrlarga tatigullik. Negaki, mazkur xo‘jalik davlat miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab loyihalarda ishtirok etdi. Jumladan, 2016-2021 yillar mobaynida 1025,4 km temir yo‘lni reabilitatsiya qilish ishlari bajarildi. Temir yo‘llarning holatini yaxshilash bo‘yicha Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasiga qarashli korxonalar tomonidan 2021-2022 yillarda 1403,1 km temir yo‘lni o‘rta taʼmirlash ishlari va temir yo‘lni ko‘tarma taʼmirlash ishlari 1405,7 km bajarildi. Shuningdek, strelkali o‘tkazgichlarni almashtirish ishlari 2016-2022 yillar mobaynida 1897 to‘plam yangisiga almashtirildi.
2016-2022 yillar mobaynida zamonaviy temir yo‘llarga texnik xizmat ko‘rsatish va yuqori samaradorlikka ega Avstriya davlatida ishlab chiqarilgan 3 dona temir yo‘l izlarini to‘g‘rilash, ko‘tarish va ballast qatlamini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan maxsus mashinalari xarid qilindi. Temir yo‘l izlarini geometrik holatini davriy tekshirish va diagnostika qilish uchun 1 dona zamonaviy temir yo‘l izlarini diagnostika qilish vagon-laboratoriyasi xarid qilindi. Temir yo‘llarda rels nuqsonlarini aniqlash uchun 1 dona zamonaviy defektoskop vagon-laboratoriyasi xarid qilindi.
Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasining “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ doirasida mintaqaviy temir yo‘l uzellari bilan birgalikda o‘rnatilgan tezlikda poyezdlarning xavfsiz va uzluksiz harakatlanishini taʼminlab kelishi, temir yo‘llarni, sunʼiy va sanoat inshootlarini, ko‘prik va o‘tkazgichlarni  qurish, rekonstruksiya qilish, tiklash va tubdan taʼmirlab kelishi, Mintaqaviy temir yo‘l uzellari bilan birgalikda yo‘l xo‘jaligi qurilmalari va inshootlarini texnik saqlash tizimini hamda mehnatni tashkil qilish usullarini takomillashtirish, daromad va ish unumdorligini oshirish, manbalarni tejash, asosiy vositalardan foydalanish hamda mehnatni muhofaza qilish holatini yaxshilash kabi asosiy ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.

Download 48.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling