Mavzu: Temir Yo‘l izini tamirlashda zamonaviy kichik mexanizmlarni qo‘lash
O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
Download 48.47 Kb.
|
Eslamasov Mirsaid 1 temir yo\'l masofasini karhonalarida ishchilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlarni temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida qatnashishga qo‘yiladigan talablar
O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
18. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart. 19. O‘ta xavfli ishlarga faqat maxsus o‘qitilgan, ushbu ishlarni bajarish huquqini beruvchi hujjatga ega bo‘lgan xodimlar qo‘yiladi. 20. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart. 21. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda mas’ul xodim qo‘l qo‘yib rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 22. Tashkilot (sex) rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir. Xodimlarni temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida qatnashishga qo‘yiladigan talablar 29. Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga o‘qitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim. 30. Tashkilotlarda kasbiga ko‘ra tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 31. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. 32. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan boshqa ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart. 33. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi. 34. “O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq 18 yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim. Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish 36. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim. 37. Tashkilotlarda xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim. 38. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni tashkilot rahbariyati ishga qo‘ymaslikka haqlidir. 39. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart. 40. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim. 41. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim. 42. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning rahbariyati zimmasiga yuklanadi. 43. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi. Download 48.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling