Mavzu: Temuriylar davri va o`rta asrlar falsafasi


Amir Temur haqida. Temurning xayoti, faoliyati, jaxon va Vatan tarixidagi o'rni


Download 276.93 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2023
Hajmi276.93 Kb.
#1095840
1   2
Bog'liq
amir temur

Amir Temur haqida.

Temurning xayoti, faoliyati, jaxon va Vatan tarixidagi o'rni.

  • Amir Temurning onasi Takina xonim edi. Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻay ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, „ulamo va sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi…“. Taragʻayjon piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻaybek 1405-yilda vafot etgan.
  • Amir Temurning katta opasi Qutlugʻ Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo bor edi. Ular Temurdan oldin vafot etishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralarda dafn etilgan. "Muyizz al-Ansabʼga koʻra, Temurning yana uchta ukasi bor edi: Djuki, Olim Shayx va Suyurgʻatmish. Temurning bitta amakisi bor edi, uning ismi Bolta edi.

Temuriylar va o’rta asrlar davri

  • Tarixiy manbalarning o’ziga xos xususiyatlari. Temuriylar sulolasi hukumronlgi davrida tarix fanining ham buyuk mutafakkirlari etishib chiqadi. Bunga shaxsan sohibqiron Amir Temurning tarix faniga bo’lgan qiziqishi, hurmat va etiqodi sabab bo’lgan bo’lsa ajab emas.
  • XV asrda tarix ilmi sohasida yozilgan asarlarini sanab ko’rsatishning hzi temuriylar davrida bu fanning nechog’lik taraqqiy etganligidan guvoxlik beradi. Bu davr tarix fanning ham o’ziga xos xususiyatlarini ko’rish mumkin.
  • Birinchidan - bu davr tarixchilari o’zlari voqealarni guvohi, shohidi, bo’lib ishtirok etish asosida asarlar yaratishi. Ikkinchidan – biron bir tarixiy shaxsni keltirayotganda o’zini kelib chiqish tarixi faoliyatini yozishda manbalarga asoslanmog’i Uchinchidan – voqealar ketma – ket izohlanishi orqali va hokozo. To’rtinchidan – manbalarni yutuq va kamchiliklari tarixiy manbalar ichida hozirgacha etib kelgan, fors tilida yozilgan Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Xofizi Abro’ning “Zubdat at – Tavorix” Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” Fasih Ahmad Havofiyning “Mujmali fashhiy”, Abdurazzoq Samarqandiy-ning “Matla usadayin”, Mirxondning “Ravzat us – safo, Xondamirning “Xabib us – Siyar” va Ibn Arabshohning arab tilida yozilgan “Ajoyib al – maqdurri tarixi Taymur” asarlaridir. Bu ro’yxatga yana 1404 yilda Samarqandga Amir Temur huzuriga tashrif buyurgan ispan sayohi Rui Gonzales de Klavixoning safarxotiralarini xam kiritish maqsadga muvofiqdir.
  • Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”si tarixiy manba sifatida. Sharafiddin Ali yazdiyning “Zafarnoma”si (1424 – 1425) tarixiy kechinma va voqealar bayonini izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi.
  • Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma” asarida sohibqiron Amir Temur tarixiga oid malumotlardan tashqari Temurdan oldingi o’tgan davr tarixi xaqida ham bag’oyat qiziqarli malumotlar berilgan. Muallif bu asarni temuriylardan Shohruxning o’g’li Ibrohim Sultonning tashabbusi bilan yozgan. Ibrohim Sulton bobosi Temur haqida maxsus kitob yozdirishni niyat qilgan va 1419-1420 yillarda turli kotiblarni baxshi va munislar forsiy tilda yozilgan mavjud malumotlarni to’plash haqida farmon bergan. To’plangan malumotlar bo’lgan voqealarni o’z ko’zi bilan ko’rgan kishilar hikoyasi bilan taqqoslangan, so’ngra Sharafiddin Ali Yazdiyga bu hujjatlar bilan tanishish va Ibrohim Sultonga ahborot berish topshirilgan.

Download 276.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling