Andijon viloyati Izboskan tumani 32-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Munosibxon Olimovaning 4-sinf matematika fanidan bir soatli dars taqdimoti Mavzu: Tenglamalar. Geometrik mazmundagi masalalar yechish. 797-802-misol va masalalar
Mavzu:
Tenglamalar va geometrik mazmundagi masalalar yechish.
797-802-misol va masalalar
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga ko‘p xonali sonlar ustida amallarni bajarish, geometrik mazmnudagi bo‘lgan masala va tenglamalar yechish malakalarini rivojlantirish;
TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
FK1: Arifmetik hisob-kitob texnikasiga oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish.
Tarbiyaviy: milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha va tamoyillari darsturi doirasida o‘quvchilar qalbida mustaqillik g‘oyasiga sadoqat hissini tarbiyalash;
TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi: dars jarayonida faolliklarini ta’minlash, ularni bir xil standart tarzda fikrlashdan ozod qilish, erkin fikrlashga rag‘batlantirish, muayyan mavzu yuzasidan turli-tuman g‘oyalarni to‘plash, ijodiy yondashishga o‘rgatish;
FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.
Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh
Do'stlaringiz bilan baham: |