Mavzu: Teri qoplami – Dermatologiya
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11-Тери қоплами-Дермотология
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-MАVZU: Teri qoplamami- dermatologiya.
- O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
- Foydalanilgan adabiyotlar
Тoshkent sh., Universitet kochasi, 2-а uy https://www.tdau.uz e-mail: tuag-info@edu.uz Tel.: +99871 260 48 00 TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI UMUMIY ZOOTEXNIYA VA VETERINARIYA KAFEDRASI “HAYVONLAR ANATOMIYASI” fanidan ma’ruza materiallari 10-MАVZU: Teri qoplamami- dermatologiya. • Reja: • Teri qoplami tuzilishi. • Teri hosilalari. • Sut bezlari, yumshoq tovon. • Barmoq uchi organi, shoxning tuzilishi O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: terining anatomik tuzilishi, bajaradigan funksiyasi va joylashgan joyiga ko‘ra xillari, ularning individual va tarixiy taraqqiyoti haqida talabalarga chuqurroq bilim berish. Tayanch iboralar:dermatologiya, epidermis, derma, gipodermis, biriktiruvchi to‘qima, yog’ to’qimasi, bezlar, shox, tuyoq, yol, muguz, teri hosilalari. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Dilmurodov N.B “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan amaliy laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha o’quv qo’llanma. Toshkent 2014 y 2.Yudichev Yu.F va boshqalar “Anatomiya domashnыx jivotnыx” Omsk. 2003 y 3. Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford philadelphia st louis sydney toronto 2015 Teri qoplami – ya’ni teri hayvonlar tanasini tashqi tomondan o’rab turadigan, murakkab tuzilgan pardadir.Organizmni tashqi muhit bilan bog’lanishda ham teri muhim rol’ o’ynaydi, chunki hayvon organizmi tashqi muhit ta’sirlarini sezadi va unga tegishli javob beradi. Umurtqali hayvonlar terisi murakkab tuzulgan bo’lib, 3 qatlamdan: Ustki qatlam– epidermis Teri osti qatlami- gipodermis Asosiy qatlam- derma Har xil hayvonlarning terisi turlicha bo’ladi. Ba’zi hayvonlar terisi juda qalin, qo’y va echkilar terisi yupqa bo’ladi. Bitta hayvonning terisi ham har xil joyda turlicha qalinlikda, masalan, bosh, elka, bo’yin terisiga qaraganda qo’ltiq, chov terisi ancha yupqa, umuman hayvon tanasining qaysi qismi tashqi muhit bilan yaqindan bog’langan bo’lsa. O’sha joyning terisi qalin bo’ladi. Epidеrmis – epidermis - tеrining eng muhim va murakaab qatlami bo’lib, tana hamda asosiy tеrini tashqi muhitdan himoya qiladi, shu bilan birga bu qatlamdan har xil tuzilgan muguzlashgan organlar ham kеlib chiqadi. Epidеrmis qatlami tеz rivojlanishi bilan bir qatorda o’zidan shox modda hosil qiluvchi kеratin ishlab chiqaradi. Epidеrmis qatlami doimo nobud bo’lib, yana yangilanib to’radi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling