Mavzu: terminlar, kasb-hunar leksikasi va iboralar uslubiyati I. Darsning maqsadi
Download 17.85 Kb.
|
1 2
Bog'liqiboralar uslubiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX. O’tilgan mavzuni mustahkamlash X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni
VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi. 2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX. O’tilgan mavzuni mustahkamlash X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni: 1-topshiriq. Matnni o‘qing, o‘zbek tilida yangi paydo bo‘lg an so‘zlar va terminlar haqida fikringizni ayting.Mustaqillik tufayli yuz bergan o‘zgarishlar, evrilishlar, yangilanishlar o‘zbek tili leksikasining rivojiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir faqat son jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bo‘lganligini ta’kidlash lozim. Mustaqillikdan avval lug‘atlarimizga sig‘magan ma’naviyat so‘zi izohli lug‘atga qayt di. Bakalavr, bankomat, barter, birja, investitsiya, konsalting, marketing, menejer, multimedia, reyting, tadbirkor, raqobatbardosh kabi son-sanoqsiz so‘zlar tilimizga kirib keldi va uning boyishi uchun xizmat qilmoqda. (N. Mahmudov) Terminlar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida ilmiy uslubga xoslangan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridir. Ular ilmiy uslubda tavsiflash va nomlash vazifalarini bajaradi va bu uslubning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari sanaladi.Terminlar badiiy va publitsistik uslublarda tasviriy-uslubiy vosita sifatida qo‘llanishi mumkin. Ilmiy va ilmiy-texnik jarayon, ishlab chiqarish manzaralarini tasvirlash, muayyan soha bilan bog‘liq shaxsning nutqiy xarakterist ikasini yaratish kabi badiiy maqsadlar bilan terminlar mazkur uslublarda qo‘llanishi mumkin.Mamlakatimizning turli hududlarida qadimdan kulolchilik, duradgorlik, etikdo‘zlik, gilamchilik, kashtachilik, tikuvchilik, naqqoshlik, temirchilik, pichoqchilik kabi bir qancha kasb-hunar tarmoqlari rivojlanib kelgan. Bu sohalarga oid maxsus tushunchalar, tabiiyki, o‘ziga xos so‘zlar bilan nomlangan, bunday so‘zlar kasb-hunar leksikasi nomi bilan umumlashtiriladi. Ana shunday leksika, albatta, kasbiy-ilmiy matnlarning asosiy unsurlaridir.Ayni paytda kasb-hunarga oid so‘zlar va iboralar badiiy va publitsistik uslublarda qo‘llanishi va tegishli sohaga daxldor hududiy o‘ziga xoslikni ta’kidlashga xizmat qilishi mumkin.Iboralar tilning eng muhim tasviriy-uslubiy vosital aridan biridir. Ular nutq uslublarida turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, ilmiy va rasmiy uslublarda ko‘pincha muayyan tushunchalarni nomlash uchun qo‘llanadi. Masalan, qo‘l qo‘ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi chiqmoq, ovoz bermoq, qo‘l ko‘tarmoq kabi iboralar bunga misol bo‘la oladi. Iboralarning aksariyati obrazli tafakkur mahsuli bo‘lib, kuchli ko‘chma ma’no ifodasi bilan, yorqin emotsional-ekspressivligi bilan tilda yashaydi. Masalan: tomdan tarasha tushganday, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, oyog‘ini qo‘liga olmoq, o‘pkasini qo‘ltiqlamoq, chumchuq pir etsa, yuragi shir etmoq, qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq kabi. Badiiy va publitsistik, shuningdek, so‘zlashuv uslublarida iboralar xilma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi, bunga iboralardagi mavjud rang-barang uslubiy bo‘yoq imkoniyat yaratadi. Tilimizda yangi paydo bo‘lgan quyidagi faol so‘zlarga e’tibor qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing. BRIFING Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtayi nazar bildirish yoki muayyan masala dagi xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi.DIVeRSIFIKATSIYA Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish. MODeRNIZATSIYA Zamonaviy talab va didga moslab o‘zgartirish. PARLAMeNT Demokratik davlatlarda, asosan, saylov yo‘li bilan tuziladigan oliy vakillik va qonunchilik organi. STRATeGIYA Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi; ijtimoiy-siyosiy hayotni taraqqiy qildirishni, shuningdek, boshqaruvni uzoq muddatli, to‘g‘ri va istiqbolli rejalashtirish. Harakatlar strategiyasi. XI.Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi? 2. Fanning maqsadini ta’riflab bering. XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI 10-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. Maktab direktorining O’IBDO’: R.Alimov Ona tili fani o’qituvchisi: Z.Saparova Download 17.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling