Mavzu: termodinamikaning 2 -qonuni. Entropiya

Download 275.27 Kb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi275.27 Kb.
#1573278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Issiqlik tehnikasi 4

Andijon mashinasozlik instituti "Transport va Logistika" fakulteti "Avtomobil servisi" yo'nalishi K-105-21-guruh talabasi Oqilov Otabekning Issiqlik texnikasi va ichki yonuv dvigatellari fanidan MUSTAQIL ISHI

Mavzu: TERMODINAMIKANING 2 -QONUNI. ENTROPIYA.

REJA:

REJA:

1.Qaytar, qaytmas va o’z-o’zidan boruvchi jarayonlar.

Termodinamikaning II-qonunining asosiy vazifasi.

2.Jarayonlarning o’z-o’zidan borish shartlari.

3.Ularning yo’nalishi va muvozanat shartlari.

4.Entropiya. Uni turli jarayonlardagi o’zgarishi.

Termodinamikaning I-qonuni kimyo va kimyoviy texnologiyaning ish, issiqlik bilan bog’lik bo’lgan masalalarini hal qilishga yordam beradi. Shuning bilan birga asosiy savollarga: jarayon shu sharoitlarda boradimi, borsa qaysi yo’nalishlarda boradi va jaryonning borish chegaralari (muvozanat qaror topish shartlari) qanday bo’ladi – bu savollarga faqat termodinamikaning II-qonunida javob topish mumkin.

Termodinamika jarayonlarini ko’radigan bo’lsak, bulardagi ba’zi bir umumiyliklar va farqlarga e’tibor beraylik.

Ba’zi bir jarayonlar tashqi muxit aralashuvisiz boradi. Masalan: issiqlik issiq jismdan sovuq jismga o’tadi: turli bosimdagi gazlar o’z bosimini tenglashtirishga intiladi; to’tash idishlarga solingan suyuqlikning sirtlarini tenglashadi, ishqalanish jarayonida ish issiqlikka aylanadi, moddalarni yuqori konstentrastiyali soxadan past konstentrastiyali soxaga diffuziyasi va boshqalar shular jumlasidandir.

Bu jarayonlar o’z-o’zidan boruvchi, tabiiy yoki musbat jarayonlar deb ataladi. Bu jarayonlar izolirlangan yoki izolirlanmagan sistemalarda borishi mumkin va bu jarayonlar sistemaning ichki energiyasi kamayishi va tashqi muhitga energiyani issiqlik yoki ish ko’rinishida uzatilishi, yoki aksincha tashqi muhitdan olingan ish yoki issiqlik hisobiga ichki energiyasi ortishi bilan borishi mumkin.

Download 275.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling