Mavzu: Termodinamikaning ii-qonuni
Real issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti
Download 107.41 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Entropiya va Entalpiya Entalpiya
Real issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti.Real issiqlik mashinalarida issiqlik miqdorining yo’qotilishi albatta, bo’ladi, lekin bu yo’qotish ideal issiqlik mashinalarida e’tiborga olinmaydi, shuning uchun real issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti hamma vaqt ideal issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsientidan kichik bo’ladi. Entropiya va Entalpiya Entalpiya (yun. — isitaman) — termodinamikada — termodinamik tizimning holat funksiyalaridan biri (N). Qaytar izobarik jarayonda entalpiyaning oʻzgarishi tizimga berilgan (yoki tizimdan olingan) issiqlik miqdoriga teng. Shuning uchun entalpiya bosim oʻzgarmaydigan sharoitda sodir boʻluvchi fazalar almashuvlarida, kimyoviy reaksiyalar va boshqalarda isiqlik effektini ifodalaydi. Bosim oʻzgarmaydigan adiabatik jarayonlarda entalpiyaning qiymati ham oʻzgarmaydi. Baʼzan entalpiya issiqlik funksiyasi deb ataladi. Entalpiya termini gollandiyalik fizik X. Kamerling-Onnes tomonidan kiritilgan. Xalqaro birliklar tizimida entalpiya joul (J) larda ifodalanadi. ENTROPIYA (Yunoncha — aylanish, o’zgarish) -1) termodinamikada — har qanday termodinamik tizimning holat funktsiyalaridan biri. O’z holiga qo’yilgan (tashqi kuch ta’sir etmayotgan) berk tizimda jarayon qaysi yo’nalishda sodir bo’lishini ifodalaydi. Termodinamikaning II qonuni jarayonlarning yo’nalishini avvaldan aytib berish imkoniga ega emas. Bu qonunni ta’riflagan R. Klauzius 1865 yilda jarayonlarning bir tomonlama kechishiga olib keluvchi cheklashni tahlil qilib, 8 funktsiyani kiritdi va uni Entropiya deb atadi; 2) statik fizikada — tizim holatining termodinamik ehtimolini ifodalovchi kattalik. E.ning xossalari: 1) tajriba natijasi to’g’ri bo’lsa, ya’ni R larda birontasi birga, qolganlari nolga teng bo’lsa, noaniqlik o’lchami — Entropiya ham nolga teng bo’ladi; 2) tajriba natijalari teng ehtimolli bo’lsa, Entropiya maksimal qiymatga ega bo’ladi; 3) bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki tajriba Entropiyasi ularning Entropiyalari yig’indisiga teng. Download 107.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling