Mavzu: Termodinamikaning ii-qonuni
Termodinamikaning ikkinchi qonuni tabiatda bo’layotgan jarayonlarning o’tish yo’nalishini va tavsifini aniqlab beradi
Download 107.41 Kb.
|
Mavzu
Termodinamikaning ikkinchi qonuni tabiatda bo’layotgan jarayonlarning o’tish yo’nalishini va tavsifini aniqlab beradi.Aylanma jarayonTermodinamik jarayondagi sistema ish bajarishi uchun unga davriy ravishda ma`lum miqdordagi issiqlik energiyasi yoki ish jismi uzatib turilishi va ishga tula aylanmasdan qolgan issiqlik miqdori sistemadan tashqariga (sovutgichga) uzatilishi kerak. Shunda sikl davriy ravishda takrorlanadi. Ichki yonuv dvigatelini termodinamik jarayonlar ketma-ket va davriy ravishda kechadigan issiqlik mashinasiga misol tariqasida keltirish mumkin. Bu dvigatellarga har doim yangiyangi ish moddasi yoki issiqlik miqdori ketma-ket uzatib turiladi. Hamda issiqlikning ish bajarmagan qismi sovitgichga (atmosferaga) chiqarib yuboriladi. Birorta ham mashina bir marta kiritilgan ish jismi bilan abadiy ishlaydigan issiqlik mashinasiga misol bo’la olmaydi. Lekin shunga yaqin bo’lgan qurilmalar mavjud bo’lib, ularda ish moddasini dastlabki muvozanat holatiga kaytarish uchun kengayib ish bajarib bo’lgan ish moddasi tashqi kuch (energiya) ta`sirida qo’shimcha ish bajarib siqiladi. Shunda modda dastlabki holatiga qaytadi. Bunday sikllar aylanma jarayonlarda kuzatiladi. Davriy takrorlanadigan aylanma jarayonning PV diagrammasini quyidagicha tasvirlash mumkin: v 4.1-rasm Plank ta’rifi: “Birdan-bir natijasi issiqlikni ishga aylantiradigan davriy jarayonni amalga oshirib bo’lmaydi”. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Faraz qilaylik, T1 haroratda isitkich va mashninaning silindirida ishchi jism (gaz) berilgan bo’lsin . Ishchi jismga isitkich bergan Q1 issiqlik hisobiga A ish bajariladi, ya’ni Q1 issiqlikning hammasi A ishga sarf bo’ladi. Plank ta’rifiga binoan yuqorida aytilgan jarayonni amalga oshirib bo’lmaydi. Agar ishchi jism isitkichdan olgan issiqlik Q1 ni faqat bir qismini ishga aylantiradigan va qolgan qismini (Q2) sovitikichga uzatadigan davriy jarayonni amalga oshirish mumkin. Bu real jarayonda Q2 issiqlik miqdori ishchi jismning siqilish jarayonida, ya’ni ishchi jism boshlang’ich holatiga qaytishida pastroq haroratda T1>T2 bo’lgan sovitkichga uzatadi. Download 107.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling