Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar ko’maklashishlari zarurligi 6-moddada belgilab qo’yilgan. Terrorizmga qarshi kurashish, O’zbekiston Resbublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qilish qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa hamda Favqulotda Vaziyatar Vazirligi amalga oshiradi (8-modda). Jumladan Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi favqulotda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida, muhim, toifalangan va boshqa obyektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |