Mavzu: terrorizm va xalqaro terroristik tashkilotlar


O’zbekiston va xorijiy davlatlar qonunchiligida terrorizmga qarshi kurash masalasining huquqiy tartibga solinishi


Download 24.74 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi24.74 Kb.
#1548219
1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU.docx 123456

O’zbekiston va xorijiy davlatlar qonunchiligida terrorizmga qarshi kurash masalasining huquqiy tartibga solinishi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov II chaqiriq Oliy Majlisning uchinchi sessiyasida so’zlagan nutqida “Bizning yurtimiz bugungi kunda yon atrofimizda vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib o’zining uzoqqa mo’ljallangan yovuz maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan turli ekstremistik aqidaparastlik markazlarining g’arazli intilishlari qaratilgan hududga aylanib qolmoqda” ta’kidlagan edi. Bu “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi” qonun loyihasini ishlab chiqishga asosiy turtki bo’lgan edi. Qonun loyihasida terrorizmga qarshi kurashning tamoyillarini belgilashda “BMT VIII kongresining jinoyatchilikni ogohlantirish va huquqbuzarlar bilan munosabatda bo’lish bo’yicha materiallardagi” davlatlarning jinoyat qonunchiligia tegishli qonunlarning o’xshashligini ta’milashga ko’maklashish, garchi shu bilan birga davlatlar o’rtasida nizolar kelib chiqishi mumkinligini ogohlantirishi uchun milliy qonunchilikning haddan ortiq kengayib ketishini oldini olishga amal qilish mazmunidagi tavsiyalari inobatga olindi. Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib asosiy vazifalari etib shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlat suverenteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
Qonun “Umumiy qoidalar”, “Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari”, “Terrorchikka qarshi operatsiyaning o’tkazilishi”, “Terrorchilik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash” va “Jabrlangan shaxslarning Ijtimoiy reabilitatsiyasi” hamda “Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy va ijtimoiy hioyasi” deb nomlanuvchi 5 bo’lim va 31 moddadan iborat.
Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar ko’maklashishlari zarurligi 6-moddada belgilab qo’yilgan.
Terrorizmga qarshi kurashish, O’zbekiston Resbublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qilish qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa hamda Favqulotda Vaziyatar Vazirligi amalga oshiradi (8-modda). Jumladan Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi favqulotda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida, muhim, toifalangan va boshqa obyektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Terrorizm bilan kurashish sohasidagi hozirgi bosqichdagi hamkorlik bir necha yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda alohida qayd etish kerakki O’zbekiston Respublikasi dunyoning ko’plab davlatlari bilan terrorizm, ekstremizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish to’g’risidagi shrtnomalarni imzolagan.
2000-yil aprel oyida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuvida “Terrorizm, siyosiy, diniy ekstremizm, milatlararo jinoyatchilik va tomonlar xavfsizligi, hamda barqarorligiga tahdid soluvchi xavflar bilan kurashishda hamkorlikdagi harakatlar to’g’risidagi” shartnomani imzoladilar.
2001-yil iyun oyidagi Shanxay hamkorlik tshkiloti davlat rahbarlari sammitida (bu uchrashuvda O’zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog’iston va Tojikiston bilan birgalikda mazkur obro’li tashkilotning tasischisi bo’lib qoldi) Shanxay hamkorlik tashkilotining tuzish haqidagi Dekloratsiya, shuningdek Terrorizm, ayirmaachilik va ekstremizm bilan kurashish to’g’risidagi konvensiya qabul qilindi.
Terrorizm bilan kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik to’g’risida gap borganda O’zbekiston tashabbusi bilan tuzilgan “6+2guruhi” deb nomlangan guruhni ham eslash kerak. Shu o’rinda Preziddentimiz Islom Karimovning 2001-yil 11-sentabridagi voqealardan so’ng bayonotidagi ayrim fikrlarni keltiramiz “Bugun biz butun insoniyatga tahdid solib turgan bu illatga barham berish borasidagi kurashdan hech qanday davlat chetda qolmasligi tabiiy. Jahondagi yuzdan ortiq davlatning mazkur masla bo’yicha o’z fikri qat’iy pozitsiyasini bayon qilgani ham haqiqatni tasdiqlaydi. Bugun terrorizmga qarshi tashkil qilinayotgan koalitsiyasi safiga o’zining siyosiy tuzumi va qarashlaridan qat’iy nazar turli davlatlar, shu jumladan barcha yetkchi arab va musulmon jamoatlari qo’shilayotgani e’tiborga sazovordir. Bunday kuchlar va davlatlarni birlashtirayotgan xalqaro hamjamiyatning qatiyatligi tobora mustahkamlanib bu kurash xalqaro tus olib borishiga hech qanday shubha qolmayapti. Gap shundaki terrorizm tahdid mavhum tushuncha emas, balki xalqaro terrorizmning o’z oldiga qo’ygan siyosiy maqsadlariga erishish uchun jahondagi mavjud tartibni beqarorlashtirish, xalqaro, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka tajovvuz qilish orqali reja va niyatlarini amalga oshirish yo’lidagi harakatlardir. Bu narsa milliy huquq va xalqaro meyorlarning buzilishiga tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar deb tavsiflanishi kerakligini bildiradi. Mana nima uchun xalqaro terrorizm va uning tahdidiga qarshi harakat faqat harbiy, siyosiy va maxsus xususiyatli choralar bilangina emas, balki terrorizm bilan kurashishda huquq doirasida, amaldagi milliy qonunchilik, xalqaro huquq me’yorlri asosida olib borish kerakligini talab qiladi. Shuning uchun ham surishtiruv va tergov idoralarining zimmmasiga bu turdagi oqim partiyalarning O’bekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatishiga yo’l qo’ymaslik chorasini ko’rish, bu borada tezkor-tergov tadbirlarini o’tkazish, ma’lumotlarini tahlil qilib, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart sharoitlarni sinchikovlik bilan to’la, har tomonlama o’rganish, bartaraf etish, jinoiy uyushma a’zolaridan jinoyatlarni sodir etishdagi ishtirokini aniqlash mas’uliyatini yuklaydi.
Buning uchun esa “Hizbchilar” va ularga o’xshash diniy ekstremistik oqimlar domiga tushib qolganlarga qarshi jamoatchilik fikrini shkllantirish ayniqsa mahallalar, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishlashni kuchaytirish kerak.
Prezidentimiz Islom Karimov bu oqimning barqarorlikka tahdid solayotgani to’g’risida gapirib, xalqimizning tabiatiga mutlaqo yot bo’lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi, tarqalishi, tinchlik va osoyishtalikka xavf tug’dirishini odamlar ongiga chuqur singdirib ta’kidlagani bejiz emas.
Tergov idoralari tomonidan aniqlanishicha mustaqillik yillarida O’zbekistondan 10dn ortiq siyosiy-diniy ekstremistik oqimlar va harakatlar noqonuniy ravishda faoliyt ko’rsatgn. Jumladan: “Hizb ut-tahrir”, “Akromiylar”, “Tablih”, “Uzun soqol”, “Vahhobiylar”, “Adolat” uyushmasi, “Islom lashkarlari”, “Tavba”, “Nur”. Ularning ba’zilari to’g’risida tergov idoralarid mavjud bo’lgan ma’lumotlrga suyanib qisqacha to’xtalib o’tamiz. “Akromiylar” guruhi 50-yillarda Farg’ona vodiysida vujudga kelgan. Oqim tashkilotchisining nomi “Mulla Akrom” nomi bilan bog’liq, ularning g’oyasi Allohni tan olish, Payg’ambarni, ota-onani, har qanday davlat boshqaruvini rad etib faqat oqim sardoriga itoat qilish. “Adolat” uyushmasi 1991-yilning boshida Namangan viloyatida faoliyat ko’rsatgan, ular viloyatdagi dinga e’tiqod qiluvchi qishloq aholisini o’ziga jalb qilib ularni huquqni muhofaza qiluvchi idora hodimlariga qarshi qilib qo’ygan. Dunyodagi eng xavfli terrorchi ekstremistik guruhlar ro’yxatida rasman AQSH davlat departamenti tomonidan kiritilgan “O’zbekiston Islom harakati” vatangadolar jinoiy uyshmasi ham bor. Bu jinoiy uyushma tashkilotlari J.Hojiyev, T.Yo’ldoshevlar hisoblanadi. Uning tarkibida minglab jangarilar, yollangan ajnabiy jinoyatchlar mavjud.


“Hizb ut-tahrir” boshqa norasmiy diniy tashkilotlardan frqi shuki u hujumni avvalo fikrga qaratadi, ya’ni fikriy kurash olib borib g’oyaviy inqilobga erishadi. Mafkuraviy ta’sirni kuchaytirish uchun o’zlarining nomaqbul kurash yo’llarini 3 bosqichdan iborat deb hisoblaydilar. Birinchisi, tushuntirish ishlarini olib borish orqali ongi to’liq shakllanmagan yoshlarni tuzoqqa ilintirish, huquq tartibot idoralari, hokimliklardagi tashqi ta’sirga beriluvhi hodimlar bilan aloqani mustaxkamlash, ya’ni ularni o’z domiga tortish. Ikkinchisi, fikriy kurash orqali ommani oyoqqa turg’azish, ya’ni odamlar ongiga salbiy g’oyalarni zo’raki singdirish. Uchinchisi, manqurdga aylangan ekstremistik kuchlarni hukumatga qarshi qo’yish, begunh kishilarni qonini to’kish. Din niqobi ostida terrorchilik yo’li bilan hokimiyatni egallash. Shaxslarga diniy mafkura, g’oya qarashlar asta sekinlik bilan, y’ni o’rtacha 3 oydn 1,5 yilgacha bo’lgan vaqt mobaynida singdirish, ularni barqarorligini,3 oydn 1,5 yilgacha bo’lgan vaqt mobaynida singdirish, ularni barqarorligini, uushqoqligini ta’minlashdan iborat.



Download 24.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling