- Diagnoz qilinayotgan sifatning stabil, barqaror emasligi.
- Diagnostik metodikalarning takomillashmagani(ko`rsatma xato tuzilgan,topshiriqlar xarakteri jihatidan turlichaligi, tekshiriluvchiga metodikani taqdim etish bo`yicha ko`rsatmaning noaniqligi).
- Tadqiqot vaziyatining o`zgarishi (kunning har xil vaqtida tekshiruv o`tkazilishi,xonaning turlicha yoritilishi, begona shovqinlarning mavjudligi).
- Eksperimentator xulq-atvor manerasining o`zgarishi, topshiriqning bajarishini turlicha stimullashtirish.
- Tekshiriluvchi funktsional holatidagi o`zgarishlar.
- Natijalarni interpretachiya qilish va baholashdagi sub`ektivlik.
Validlik – metodika yordamida olingan ma`lumotlarning metodikaning nimani aniglashga qaratilganligi, ya`ni metodika mohiyati bilan mosligi. MAZMUNIY VALIDLIK– test bilan tadqiq qilinayotgan xarakteristikaning o`zaro mosligini ifodalaydi. MAZMUNIY VALIDLIK– test bilan tadqiq qilinayotgan xarakteristikaning o`zaro mosligini ifodalaydi. JORIY VALIDLIK – natijalar bilan parallel tarzda qo`llangan mezonlarning mosligi. PROGNOSTIK VALIDLIK – test natijalari bilan ma`lum vaqt oraliqdan so`nggi mezonlar o`rtasidagi moslik. KONSTRUKTIV VALIDLIK – test bilan o`rganilayotgan belgi o`rtasidagi moslik. Standartlashtirish Diagnostik metodika har qanday tadqiqotchilik metodlaridan standartlashtirilganligi bilan farq qiladi. A.Anastazining ta`kidlashicha, standartlashtirish – testni o`tkazish protcedurasi va uni baholashning bir xilligi. Standartlashtirish ikki xil jihatdan qaralishi mumkin: 1.Eksperiment o`tkazish protcedurasiga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish. 2.Diagnostik tekshiruv natijalarini baholashning yagona talablarini aniqlash. Metodika bo`yicha olingan ko`rsatkichlarni baholash uchun statistik norma qabul qilinadi. Statistik norma 2 ko`rsatkich - o`rtacha arifmetik qiymat va standart oq`ishni hisoblash orqali chiqariladi. Reprezentativlik – tanlanmaning sinaluvchilar bosh majmui xarakteristikalarini ko`rsatuvchi xususiyati. Reprezentativlikni ta`minlash yo`llaridan biri – populyatciyani chegaralash hisoblanadi. Populyatciyani chegaralash quyidagi belgilar asosida amalga oshirilishi mumkin:
-yoshga qarab
- jinsga qarab
-ijtivoiy kelib chiqishiga qarab
-kasbiga qarab
-ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ko`ra
-salomatligiga ko`ra
Do'stlaringiz bilan baham: |