Mavzu: testologiya tarixi reja


Psixologik testlarning 1930-39 yillarda rivojlanishi


Download 102.35 Kb.
bet4/5
Sana19.09.2023
Hajmi102.35 Kb.
#1681034
1   2   3   4   5
Bog'liq
125605 2-мавзу. Тестология тарихи

Psixologik testlarning 1930-39 yillarda rivojlanishi.
XX asrning 30 –yillarida bir qator testlar vujudga keldi. Ularning ko‘p qismi AQSHda yaratildi. SHuningdek, 1936 yilda eng etakchi testlar sifatida quyidagi beshta testlar e’tirof etildi: Stenford-Bine, Rorshax testi, Bernteyterning shaxs savolnomasi, Sishoning musiqiy talantni aniqlash testi, Strongning professional qiziqishlar blanki.
1938 yilda buyuk Britaniyada psixologiyada keng ko‘lamda qo‘llaniladigan Ravenning progressiv matritsalar testi ishlab chiqildi. Uning mualliflari Dj.Raven va L.Penros edi Ular umumiy intellektni o‘rganish testiga asos solgan edilar.
Intellektning susayishini o‘rganishga erishgan David Veksler, o‘zining shkalasini yaratdi. Unda 11 sub’test mavjud bo‘lib, intellektning turli qirralarini o‘rganishga qaratilgan. SHuningdek, Vekslerning izlanishlarida ham IQning yangi bir koeffitsientini topish formulasi taqdim etildi. U quyidagi model ko‘rinishiga ega:
IQ=Erishilgan real natija/ YOsh guruhidani kutilayotgan o‘rtacha ko‘rsatkich
1937 yilda Kaliforniya universitetida aqliy etuklikni aniqlash testi e’lon qilindi. Uning mualliflari Edvard Li Torndayk va Luis Lion Terstoun hisoblanadi. 1938 yilda Terstoun o‘zining birlamchi aqliy qobiliyat testlarini e’lon qildi.
30-yillardagi yana bir muvaffaqqiyatli izlanishlarni Uristian Morgan va Genri Aleksandr Myurrey amalga oshirdi. Ularning 1935 yilda «SHaxs tadqiqotlari» kitodida psixologik proeksiya to‘g‘risidagi nazariy g‘oya xususida to‘xtalingan edi. So‘ngra u asosida Tematik appersepsiya testi (TAT) vujudga keldi.
SHuningdlek ushbu yillarda proektiv metodikalarning yaratilishida tub burilish yuz berdi, deyish mumkin. CHunki, venger-shvetsariyalik olim Leopold Sondi testi psixologiya olamiga kirib keldi. Uning testida 6 seriya har xil psixik kasallikdan azoblanayotgan bemorlarning (har bir seriyada 8 tadan portretlar) fotografiyalar bo‘lib, tekshiriluvchilarga har bir seriyadan o‘zlariga eng ko‘p yoquvchi va eng kam yoquvchilaridan ikkitasini tanlash tavsiya etilgan.

Download 102.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling