Mavzu: testologiya tarixi reja


Download 102.35 Kb.
bet3/5
Sana19.09.2023
Hajmi102.35 Kb.
#1681034
1   2   3   4   5
Bog'liq
125605 2-мавзу. Тестология тарихи

IQ= Aqliy yosh/ xronologik yosh*100
Bine o‘zining shkalasidagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rib, bunga nisbatan samimiy munosabatni bildirib, kamchiliklarini aniqlash imkoniga ega bo‘ldi.
Bine-Simonning testlari qisqa vaqt oralig‘ida er yuziga tarqaldi. Intellektni test orqali o‘rganish borasidagi XX asrning dastlabki o‘n yilligida rivojlanish davri Bine-Simonning xizmati bilan bog‘liq.
SHuningdek, intellekt testlarini statistik tahlil bilan bog‘lab tushuntirish konsepsiyasi CHarlz Edvard Spirmen qarashlarida aks etgan. CH.Spirmen izlanishlari intellektning ikki omilli nazariyasisni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ushbu nazariga ko‘ra intellekt umumiy (G-general faktor) va maxsus (S –spetial faktor) omillarga ajratildi. Konsepsiyada ijobiy korrelyasiyalar faqat umumiy omillar kuchida tushuntiriladi. Ushbu faktorda testlarning chuqur kirib borishi ular orasidagi yuqori korrelyasiyani ifodaladi. Maxsus omillar o‘lchashdagi xatolarni ifodalaydi. SHundan kelib chiqib CH.Spirmen ko‘p omillarni to‘g‘ri hisoblash lozimligi to‘g‘risidagi xulosasiga keldi.
Psixologik testlardan foydalanishning XX asrning boshlarida rivojlanishi. Psixologik testlarning XX asrning boshlarida rivojlanishining tarixiy ildizlari borasidagi dastlabki mulohazalarimiz A.Bine va T.Simonning izlanishlari bilan boshlangan bo‘lsa-da, ammo XX asrning boshlarida izlanishlarning ko‘p qismi AQSHda keng olib borildi. Dastlab Bine Simonning standartlashtirilmagan testlarini AQSHda qo‘llagan tadqiqotchi Genri Goddard hisoblanadi. Bine-Simon testlarini G.Goddartdan so‘ngra amerikalik olim Lyuis Medison Termen X.D.CHayldz bilan birgalikda testlarni adaptatsiya qilish bilan shug‘ullana boshladi. Ko‘pgina toshiriqlar modifikatsiya qilindi va ayrim topshiriqlar esa qo‘shildi. Termenning mulohazalariga ko‘ra IQning 90 dan 109 ko‘rsatkichlari o‘rtacha intellekt darajasini, 70 dan pasti esa aqli pastlikni, 140 dan yuqorisi esa daholikni ifodalaydi. Termen tomonidan adaptatsiya va modifikatsiya etilgan test varianti (Stenford versiyasi hisoblanadi) AQSHda aqliy qobiliyatlarni aniqlashda qo‘llanila boshlandi. AQSHda birinchi jahon urushi arafasida keng ko‘lamda testlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Birinchi jahon urushi vaqtida psixologik testlar instrumentariysining rivojlanishi o‘ziga xos o‘rin tutdi. P.Fressning fikricha, «testlarni yaratishga» asos solindi. Amerikada Bosh Komitet tomonidan armiyada psixologik tadqiqotlar uyushtirildi. Komitetga DJ.Kettell, G.Stenli Xoll, Torndayk va boshqa etakchi psixologlar jalb etildi. Ushbu davrda ikkita test batareyalaridan foydalanila boshlandi.
- testlar va -testlardan foydalanila boshlandi. Armiyadagi 1726 000 nafar askar test sinovlaridan o‘tkazildi. Ulardan 500 000 nafari savodsiz, 8000 nafri esa aqliy zaif sifatida armiya safidan chiqarildi, 20 000 nafari esa maxsus batalionga xizmatga yo‘naltirildi4.
Birinchi jahon urushidan keyin AQSHda Stenford shkalasidan tashqarii Kulman (1922), Yerks (1923), Gering (1922), aqliy qobiliyatni o‘rganishga mo‘ljallangan CAVD (1925) shkalasi (Torndayk rahbarligida) ishlab chiqildi. Evropada intellekt diagnostikasi borasida Rishar Meyli samarali izlanishlar olib bordi. U intellektning analitik testi (1928), uning intellektni to‘rt omilli : etarlicha murakkab, plastik, yaxlitlik va ravonligi. Dj.Stenkviston tomonidan umumiy mexanistik qobiliyatni terma testi (1923), Florens Laura Gudinaf Odam rasmini chizish testi (1926) ishlab chiqdi. Bu testlarda olimlarni uchta muammo bezovta qildi: 1) katta yoshdagilarni intellektual taraqqiyotini belgilash uchun individual foydalanish shkalalarning mavjud emasligi; 2) go‘daklarning aqliy taraqqiyotini aniqlash uchun qulay shkalalarning zarurligi; 3) intellekt va shaxs muhim psixologik konstruktlar sifatida psixologik testlarni ishlab chiqishning umumiy nazariyasini yaratish.
Bolalarning aqliy rivojlanishi borasidagi eng e’tiborga sazovor ishlarni Arnold Lyusius Gezellning (1925) ishlarida uchratish mumkin. Bu borada uning «Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti» mavzusidagi ishini alohida ko‘rsatib o‘tish o‘rinli. Gezell bolalarning xulq-atvorini o‘rganish uchun kinomotografiyadan foydalandi. O‘zining kuzatishlari asosida «Go‘daklik va inson kamoloti» (1929) asarida, bolaning rivojlanish holatini 3 oylikdan 30 oylik davrini 195 ta mezon bilan o‘lchash mumkinligini qayd etib o‘tdi.
Intellekt testlarni ishlab chiqish bilan bir qatorda shaxsni nokognitiv sohasini o‘rganishga qaratilgan metodikalar (shaxsni o‘rganish testlari) ham yaratilishiga e’tibor qaratilmoqda. SHaxs savolnomalari borasida Robert Session Vudvorts (1917) anormal xulqni o‘rganishga mo‘ljallangan testni ishlab chiqdi. Ammo psixologiyada shaxsni o‘rganish so‘rovnomalari borasida dastlabki savolnomalarni birinchi bora, 1909 yilda gollandiyalik olimlar G.Xeymans bilan E.Virsm tomonidan ishlab chiqilgan degan mulohazalar bor. Ular «SHaxsiy ma’lumotlar varog‘i» tarzdagi bir necha savolnomalarning mualliflari sanaladilar.
So‘ngra shaxs savolnomalari borasida Floyd va Gordon Ollport shaxs fazilatlari reytingini (1921-22) taklif etdilar.
Folker tomonidan shaxsni baholash testi (1921). SHuningdek psixodiagnostik testlar borasida German Rorshaxning (1921) va Trumen Li Kellining (1928) xizmatlarini ham hisobga olish lozim.

Download 102.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling