Mavzu: Tevarak atrofga nisbatan mo‘ljalga olish “o‘ziga nisbatan”, “o‘zi va buyumlarga nisbatan”, yo‘nalish bo‘yicha harakat qilish, bir–birga nisbatan mo‘ljalga olish munosabatlarni aniqlash. Topshirdi: O‘rinboyeva Sh


Download 221.86 Kb.
bet2/7
Sana30.12.2022
Hajmi221.86 Kb.
#1072745
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`rinboyeva Shahodat (1)

Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning atrofdagi narsalarning o‘ziga nisbatan vaziyatini so‘z bilan ifodalash ko‘nikmasini mustahkamlash uchun o‘ngda, chapda, oldinda, orqada, uzoqda, yaqinda kabi so‘zlardan foydalaniladi. Maktabgacha yoshidagi bolalarning fazoviy tasavvuri faoliyatning hamma turlari jarayonida kengayadi va mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlar tarkibiga fazoda mo‘ljal olishga doir maxsus mashqlarning kiritilishi ham bunga imkoniyat beradi. Tarbiyachi bolalarga chapda eng baland, o‘ngda eng past buyum turadigan qilib, buyumlarning kattaliklari bo‘yicha qo‘yishni taklif qiladi, yoki uning o‘zi stolga o‘yinchoqlarni (it, mushuk, sigir, qo‘y, quyon) joylashtiradi va bolalarga murojaat qiladi: “Mushukning yonida nima turganiga qarang va ayting. Quyondandan chapda nima turibdi? Sigir qaysi hayvonlar orasida turibdi?” So‘ngra tarbiyachi o‘yinchoqlarni biri-birining orqasida turadigan qilib aralashtirib qo‘yadi va suraydi: “Nima birinchi ketmoqda? Nimadan keyin mushuk ketmoqda? Nimadan oldinda sigir ketmoqda? Qo‘ydan keyin nima ketmoqda?” va hokazolar. Katta guruh maktabgacha yoshdagi bolalarga qog‘oz varag‘ida mo‘ljal olish o‘rgatiladi. Tarbiyachi rahbarligida bolalar ma’lum miqdordagi buyumlarni ko‘rsatilgan yo‘nalishda: qog‘oz varag‘ining yuqori, pastki qismiga, chap qismiga, o‘ng qismiga joylashtirish malakasini egallaydilar. Masalan: varaqning chap qismiga 5 ta doiracha; o‘ngiga esa 1 ta doiracha ; varaqning pastki va ustki qismlariga 8 tadan uch burchak joylashtiradi. Topshiriqni bajarganidan keyin bola qanday shakllardan nechtasini joylashtirganini va qayerlarga joylashtirganini gapirib beradi. Bolalarga buyumlarning qog‘oz varag‘idagi, stoldagi, poldagi holatini belgilash uchun so‘zlarni to‘g‘ri, ma’nosi bo‘yicha ishlatishga o‘rgatish kerak. Bolada qog‘oz varag‘ida mo‘ljal olish malakalarini shakllantirish uchun varaqning yuqori chekkasiga 4 ta qushcha va pastki chekkasiga shuncha gulcha qo‘yish kerak. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga nima qayerda turganini gapirib berishni taklif qilishi mumkin. Bundan keyin topshiriqlarning murakkabroq variantlaridan shakllar miqdorini orttirish, ular o‘rinlarini almashtirish va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, “Kim eslab qoladi?”, “Nima o‘zgardi?”, “Nimalari bilan farq qiladi?”, “Juft kartochkalar” kabi o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Olti yoshli bolalar o‘ng va chap tomonni boshqa odamga nisbatan aniqlashni xuddi o‘ziga nisbatan o‘ng va chap tomonni aniqlagandek aniqlanishini yaxshi tushunib olishi kerak Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish uchun “Ertalab”, “Kechqurun”, “Kunduz”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farqlash va bu so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini mustahkamlash lozim. Yil fasllari bilan tanishtirish avvalo fasllarning nomini to‘g‘ri ketma-ketlikda aytishga o‘rgatishdan boshlanadi. Katta guruhda asosiy e’tibor haftadagi o‘zgarishlarnini, yil fasllarining xarakterli xususiyatlarini o‘zlashtirishga qaratiladi. Bolalar kecha qaysi kun bo‘lgani, bugun qaysi kun ekanini, ertaga qaysi kun bo‘lishini, haftadagi kunlar sonini, ularning tartibini aytishni o‘rganadilar. Bundan tashqari, bolalar yil fasllarining xarakterli belgilarini o‘zlarining bu vaqtdagi o‘yinlarini, odamlarning tabiatdagi mehnatlarini aniqlaydilar. Bolalar hafta kunlarini bir tekisda o‘zlashtirmaydilar. Ular yakshanba, shanba va dushanbani eng yaxshi eslab qoladilar. Yakshanba – xursandchiliklar bo‘ladigan kun, yaqinlar bilan, ya’ni ota- ona, buvi va boshqalar bilan birga bo‘ladigan kun bo‘lib bola xotirasida saqlanadi. Bolalar dushanbani ham yaxshi bilishadi, chunki shu kuni ular, yakshanbadan keyin bog‘chada bo‘lishlarining birinchi kunidir. Seshanba, payshanba va juma kunlari alohida ahamiyatli voqealar bilan belgilanmagan. Shu sababli bolalarni hafta tushunchasi bilan tanishtirishni haftaning hamma kunlarini o‘zlashtirishdan emas, balki kecha qaysi kun bo‘lganini, ertaga qaysi kun bo‘lishini aniqlashdan boshlash ma’qul. Bunda tarbiyachi oldin haftaning yakshanba, dushanba kunlarini, so‘ngra esa, asta-sekin haftaning boshqa kunlarini o‘rgatishni nazarda tutadi. Bolalar hafta kunlarining nomlarini aytibgina qolmay, balki ularga oid elementar tavsifnomalar berishlari kerak. Masalan, tarbiyachi mashg‘ulot davomida quyidagilarni so‘raydi: “Kecha qaysi kun edi?” “Ertaga qaysi kun bo‘ladi?” Agar bolalar haftaning kunlarini aytishda qiynalishsa, tarbiyachining o‘zi aytadi. U yakshanba dam olish kuni ekanini aytadi. Shu kuni hamma dam oladi. Bolalar bog‘chaga borishmaydi. Yakshanbadan keyin dushanba deb ataluvchi kun keladi. Bu dam olish kunidan keyin bolalar bog‘chaga, kattalar ishga boradigan birinchi kun kabi tushunchalar o‘rgatiladi. Tarbiyachi bolalarni haftaning kunlari bilan ketma-ket tanishtiradi. Bolalar hafta kunlarining nomlarini va ular tartibini yaxshi eslab qolishlari uchun, ularning e’tiborini hafta kunining nomi bilan uning tartibi orasidagi bog‘lanishga qaratish kerak. Masalan, chorshanba – haftaning o‘rtasi, payshanba haftaning to‘rtinchi kuni, juma esa haftaning beshinchi kuni va hokazolar. Bolalar hafta qismlarini farqlash va aytishni o‘rganib olganlaridan keyin, kunning hamma nomlarini ketma-ket o‘zlashtirish ustida ish boshlash mumkin. Bolalar haftada hammasi bo‘lib necha kun borligini aniqlashadi, ularning tartibini aytishadi. Tarbiyachi bolalardan haftaning qaysi kunlarini bilishlarini so‘raydi. Haftaning hamma kuni o‘z tartibi bilan kelib ketishini tushuntiradi: birinchi kun dushanba, ikkinchi kun seshanba, uchinchi kun chorshanba va hokazolar . Tarbiyachi bolalarning faol lug‘atlarida sutka qismlarining nomlarini mustahkamlaydi, bolalarning vaqtning bu oraliqlari haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. U doimo bolalarning e’tiborini sutka kismlarining almashinishi ketma-ketligiga qaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar har doim ertalab kechasidan keyin kelishini va kunduzi bilan almashinishini, kunduzi kechqurun bilan, kechqurun esa kunduzi bilan almashinishini bilib oladilar. Sutka qismlarining ketma-ketligini bilishlarini mustahkamlash uchun rasmlarni kuzatish, ular bo‘yicha hikoyalar tuzishni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Rasmlarga qarab bo‘linganidan keyin bolalarga ularni stollarga to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirish va sutkaning qismlarini tartibi bilan aytish topshirig‘ini berish mumkin. Yil oxirida bolalarga shu mashqlar asosida sutka haqidagi umumlashgan tasavvurlarni berish va sutka so‘zining mazmunini ochib berish mumkin. Katta guruhda bolalar “kecha”, “bugun”, “ertaga” tushunchalarini farqlashni o‘rganib olishlari kerak. Kattalar tomonidan tegishli nomlardan har doim foydalanish buning uchun eng yaxshi sharoitdir. Masalan, bolalarga yangi o‘yinchoqni ko‘rsatishdan oldin tarbiyachi ularga bugun u yangi o‘yinchoq ko‘rsatishi va ular shu o‘yinchoqni o‘ynashlari haqida ogohlantirishi kerak. Yoki tarbiyachi bolalarga kecha nima bilan mashg‘ul bo‘lganliklarini, bugun ertalab nima qilganliklarini eslashni taklif qiladi. Bolalarga “Bugun biz sizlar bilan loy va plastilindan narsalar yasaymiz, ertaga esa, rasm chizamiz. Kecha biz sizlar bilan hovlida sayr qildik, bugun esa parkka boramiz” vahokazolar. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachi bilan har doim shunday muloqotda bo‘lib, bu tushunchalarni o‘zlashtirib boradilar.

Download 221.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling