Mavzu: Texnik konstrukstiyalash va modellashtirishni o`rganishda qo`llaniladgan tashkiliy shakllar va metodlar


Texnik konstruksiyalash va modellashtirishning metodlari


Download 20,17 Kb.
bet2/3
Sana05.04.2023
Hajmi20,17 Kb.
#1276307
1   2   3
Bog'liq
12-seminar mashg\'uloti

2.Texnik konstruksiyalash va modellashtirishning metodlari. Bilimlarni to`g`ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo`llashlari, zarur ko`nikma va malakalarni egallashlari uchun didaktika printsiplari va o`rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng samarali metodlaridan foydalanishi kerak. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma’quli o`zaro bog`liq ikkita jarayon - pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo`ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo`yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya talabalarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatda asosiy o`rinni egallaydi.
Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin:

  1. Muammoli ta’lim metodlari - o`quv materialini muammoli bayon etish, izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi;

  2. Og`zaki metodlar - ijodiy suhbat;

  3. Ko`rsatmalilik metodlari - ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli ijodiy ishlarni namoyish qilish;

  4. Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqil ijodiy ishlari, texnik adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash;

  5. Nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish.

Bunda pedagogning vazifasi har bir amaliy mashg`ulotda texnik ijodkorlikning turli metodlarini uyg`unlashtirib, talabalar o`quv materialini chuqur o`zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir.
Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o`quv materialining mazmuniga va mashg`ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo`sinda qo`shib va o`zaro bog`lab qo`llaniladi.
O`quvchilarni ijodiy faoliyati jalb etish bo`yicha asosiy psixologik-pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo`yilgan maqsadga va o`quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruktsiyalash (modellashtirish), manipulyativ konstrukstiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo`llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruktsiyalarni o`zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment, texnik vositalardan (shu jumladan trenajyorlar) foydalanib kamchiliklarni tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o`stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg`otish imkonini beradi.

Download 20,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling