3.Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslublari. Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslubi evristik uslublar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini yechish uslublari G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan o`rganilgan bo`lib, ular o`z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy uslublar guruhini ajratib ko`rsatadilar. Evristik uslub vositasida ijodkorlik masalalarini yechishga an’anaviy yondashish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy hol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish; masalani hal qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish; topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini tanlash. Ijodkorlik masalalarini yechishning tahliliy uslubida muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko`zda tutiladi. Bu uslubda yechim aniqligi ob’yekt yoki jarayon ko`rsatgichlarining uni o`rganish uchun ishlab chiqilgan model ko`rsatgichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan uslublarini talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha soddalashtirish hamda sub’yektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo`llashda ikkala guruhga tegishli uslublardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |