Mavzu: Texnik shisha ishlab chiqarish. Reja: Kirish so’zi. Texnika shishasining – stivilizastiya rivojini ta’minlashdagi roli
Download 18.61 Kb.
|
Texnik shisha ishlab chiqarish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Texnika shishasining xalq xo’jaligida axamiyati.
Mavzu: Texnik shisha ishlab chiqarish. Reja: Kirish so’zi. 1. Texnika shishasining – stivilizastiya rivojini ta’minlashdagi roli. 2. Texnika shishasining umumiy xususiyatlari. 3. Texnika shishasi turlari. 4. Texnika shishasini ishlab chiqarish texnologiyasi. 5.Texnika shishasining xalq xo’jaligida axamiyati. Kirish so’zi. 83 Texnika shishalarining turi nihoyatda ko’p. Ularning ahamiyati nihoyatda kata. Tarkibi va xom – ash’yosi son – sanoqsiz. Ishlab chikarilayotgan mahsulot assortimenti, ularning ishlatuvchi sohalar behisob ko’p. Quyida shular haqida gap boradi. 1. Texnika shishasining – stivilizastiya rivojini ta’minlashdagi roli. Hozirgi kunda quyosh, planeta va yulduzlar ustida katta ilmiy- tadqiqot komplekslarini amalga oshirish, ilmiy-fan va xalq xo’jaligi manfaatlarini ko’zlab er yuzasi va atmosferani o’rganish, odamning xayot faoliyatiga kosmik parvoz omillarining ta’sirlarini o’rganish borasida tibbiy - biologik tadqiqot olib borilmoqda. Kosmosda texnologik operastiyalar-metallarni payvandlash, kristall va shishasimon moddalarni sintez qilish kabi ishlab bajarilmoqda, manzaraning uch o’lchovli tasvirini fotografiya yo’li bilan qayd qilishdek o’lkan ishlar amalga oshirilmoqda. Asrimizning ana shu muvaffaqiyatlarida shishadan yasalgan nur tarqaluvchi va yo’naltiruvchi ekran, ko’zgu va lampalarning ahamiyati katta. Xolbuki, lyuminesstent yoki issiqlik lampalarida atomlarning turli tomonlariga har xil to’lqin o’zunligida, istalgan vaqt mobaynida yorug’lik kvantlarining tarqalishiga erishiladi. Tarkibida steriy, neodim, erbiy, tulliy kabi aktiv moddalar ko’shilgan lazer shishalarda esa atomlarning muayan tarzda - bir xil yo’nalish bo’ylab, bir xil to’lqin uzunligida, sinxron ravishda tarqalishi natijasida katta quvvatli nur olinmoqda va uni kerakli manzilga to’la uzatishga muyassar bo’linmoqda. 2. Texnika shishasining umumiy xususiyatlari. Texnika shishasi buyumi va materiallarining pishiq va mustahkamligini istalgancha o’zgartirish mumkin. Odatda, shisha sathi mikroskopik defektlarga boy bo’ladi. Bunday shisha yuzasini plavik kislota bilan sayqallash mustaxkamlikning 3-4 martaba oshishiga olib keladi. Olimlarning fikricha, shisha yuzasini silliqlashdan tashqari jipslashtirish ham mustahkamlikni oshiradi. Jumladan, yumshatilgan shisha varag’ini suyuqlikka botirib olish yoki bosim ostida sovitish mustaxkamlikning 5-6 martaba o’zgarishiga, qattiqligini esa keskin oshishiga olib kelishi aniqlangan. Texnika shishalarning kimyoviy pishiqligi ham katta diapazonda tarkibiga bog’liq holda o’zgaradi. Ularning ba’zi turlaridan yasalgan truba va idishlarning kimyoviy turg’unligi yuqori, ichki yuzalari silliq bo’ladi. Bu buyumlarni kirchirdan tozalash ancha oson. Devorlari toza bo’lganidan ichida bo’layotgan prostessni kuzatish mumkin. Bunday fazilatlar, kvarst va borli silikat shishalari uchun xos, shu sababli ularda kuchli kislota, ishqor va boshqa kimyoviy aktiv moddalarni saqlash va transportirovka qilish mumkin. Yuqori qayd qilinganidek, texnika shishasi ko’pgina foydali, o’ziga mansub bo’lgan xossalarni jamlangan.Shu sababli shisha buyumlari topish qiyin bo’lgan va tannarxi qimmat mahsulot bo’lmoqlari kerak. Ammo biz har qadamda shisha buyumlarga duch kelib, boshqa xulosa chiqarayotirmiz. Buning asosiy sabablari shishalarning arzon, keng tarqalgan kimyoviy materiallar asosida olinishi, shisha “bo’tqa”sining qo’l va mashinalarda hohlagan formani olishga o’ta moyilligi, xalqimizning shishasozlik san’ati usullarini mukammal egallanganligi, olim va injenerlarimizning bu sohani rivojlantirishdagi o’lkan mehnatidir. 84 Xohlangan formani berish mumkinligi, yuqori dekorativ xossaga egalligi, nurni qabul qilish va uzatish qobiliyati, o’ta tiniq holatdan shaffofsiz holatga o’tishi mumkinligi, arzonligi, qolaversa, uning pishiq va umri uzoqligi kabi asosiy xossalar shishasozlikning bundan buyon ham rivojini ta’minlovchi omillar ekanligi endi hech kimda shubha tug’dirmasa kerak. 3.Texnika shishasi turlari. Texnika shishasining turi juda ko’p. Uning asosiy mahsulotlari qatoriga quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 1. Kvarst shishasi - shaffof va bo’g’iq; 2. Optika shishasi - kron, flint va boshqalar; 3. Nur texnikasi shishasi - shaffof va rangli; 4. Toblangan list shishasi - yassi, egilgan va boshqalar; 5. Tripleks list shishasi - silliqlanmagan va silliqlangan; 6. Mollirovkalangan shisha - shaffof va rangli; 7. Kimyoviy - laboratoriya shishasi - yupqa va yo’g’on shishalar; 8. Termometrik shisha - yuqori kremnezemli, borsilikatli va qo’rg’oshin silikatli; 9. Tibbiy shishalar - apteka shishasi, ampula, flakon, tibbiy detal, drot va boshqalar; 10. Elektrod shisha - elektrod va korpus shishalari; 11. Elektr payvandlash flyuslari olishda ishlatiladigan shishalar; 12. Elektr tokini o’ta o’tkazuvchan shishalar; 13. Lyuminesstent texnikasida qo’llaniladigan shishalar; 14. Lazer texnikasi shishalari; 15. Yo’l belgilari yasashda ishlatiladigan shishalar - shisha mikrobo’lakchalar va katafotalar; 16. Atom texnikasi shishalari va boshqalar. Texnika shishalarining turlari yuqoridagilar bilan cheklanib qolmay, kundankunga ko’paymoqda. Misol tariqasida, atom texnikasi shishalarini keltirish mumkin. Texnika shishalari orasida kvant elektronikasining asosini tashkil etuvchi lazer, lyuminafor sifatida ishlatiluvchi shishalarning salmog’i ham kundan-kunga oshib bormoqda. 4. Texnika shishasini ishlab chiqarish texnologiyasi. Kvarst shishasi texnika shishalari orasida muxim o’rinni egallaydi.Buning sababi uning fizik-kimyoviy xossalari juda yuqori va kerakli xom-ash’yo bazalarining etarli darajada ekanligidadir. Kvarst shishasini ishlab chiqarishda formulasi SiO2 to’g’ri keladigan yuqori darajadagi toza tog’ billuri yoki kvarst qumlaridan foydalanadi. Albatda, ular og’ir temirli minerallar, dala shpati, slyuda va tuproqdan tozalanishi zarur. Natijada boyigan tog’ jinsining kimyoviy tarkibi SiO2 foydasiga o’zgaradi va maydalangan zarrachalarning granulometrik tarkibi tuzatiladi. Ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan xom-ash’yo tarkibi quyidagicha bo’ladi: SiO2 99.6-99.7; R2O3 - 0.15-0.30, shu jumladan Fe2O3 0.002-0.003; CaO 0.05-0.08; MgO 0.03-0.05; R2O 0.01-0.02 va qizdirilgandagi yo’qotish 0.05-0.08%. Donalar o’lchami esa 0.02 dan to 0.35 mm oraligida bo’ladi. 85 Quyidagi chizmalarda kvarst shishasi olishga oid ikki texnologik tizim keltiriladi: 47-rasm. Bo’g’iq kvarst shishasi asosida turli buyumlar ishlab chiqarishning soddalashtirilgan texnologik tizimi. 86 48-rasm. Shaffof kvarst shishasi asosida buyumlar ishlab chiqarish texnologik sxemasi. 5. Texnika shishasining xalq xo’jaligida axamiyati. 87 Texnika shishasi barcha tarmoqlarda keng qo’llaniladigan universal materialdir. Birgina kvarst shishalarini qo’llanishini olib ko’raylik. U kimyoviy mashinasozlik va asbobsozlikda kislotaga chidamli apparat, truboprovod, xolodilnik, isitgich, vanna, idish, reaktor, nasos, tigel, kolba, kovak filtr;issiqlik texnikasi va metallurgiya termoparalarining g’ilofi, gaz va elektr pechlarining trubasi, gaz gorelkasi, pechlarning brusi, elektr isitgich; elektrovakuum sanoati va nur texnikasida yuqori voltli izolyator, katod va generator lampalarining detali, simobli to’g’rilagichlarning katodli izolyatori; optika-kimyo sanoatida esa ko’rsatuvchi shisha, ultrabinafsha va infraqizil optikaning bo’laklari va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Nurli texnikada bunday shishalardan svetofor, fara, projektor, yoritkich, linza, yo’l belgilari yasashda foydalanilgan; pishiqlangan taxta shishadan avtomobil, samolyot, teplovoz, tramvay va teploxodlarning deraza va ilyuminator oynalari, eshiklari, ajratkichlari, o’ramlari, nurfiltrlari yasalgan; tripleks shishasidan Neksiya, Damas, Tiko, ZIL, Volga, Moskvich, Jiguli avtomobillarining eshik va oldi oynasi tayyorlangan. Shuningdek shishadan avtomobillarning korpusini ham yasash mumkin. Kvant elektronikasida esa aktiv moddadan (neodim, erbiy, itterbiy, steriy, samariy oksidlari) tayyorlangan shisha XX asrning 60-70 yillardan boshlab lazer sifatida ishlatilmoqda. Bu kashfiyot fanning o’lkan yutug’i bo’lib qolmay, insoniyat madaniyati hazinasiga qo’shilgan salmoqli hissa bo’ldi. Chunki u jismlarni juda yuqori haroratda qizdirish, fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni tezlashtirish, jarroh, zargar va quruvchining tig’siz ishlashi, predmetlarning hajmiy tasvirini olish, turli materiallar, suyuqlik va gaz muhitlarining tarkibini tez aniqlash kabi imkoniyatlarni tug’diradi. Lazerli shishalarni ma’lum ma’noda radioto’lqinlarning generatorlari va kuchatirgichlari deb qarash mumkin. Lazerli shishalar erning sun’iy yo’ldoshlarini, Oy, Mars va Venera planetalarini, kosmik kemalarini, radioaktiv prostesslarni kuzatish va o’rganishda ham keng qo’llanilmoqda. Toshkent kimyo-texnologiya institutining bir gurux olimlari olib borgan ko’p yillik ilmiy izlanishlar respublikamizda shishaning bir necha turlari-yo’l belgilari uchun ishlatiluvchi optik shishalar, termometrik shishalarning yangi modifikastiyalari, ma’lum miqdorda tok o’tkazuvchi yarimo’tkazgich shishalar, o’ta yuksak fazilatlarga ega bioshishalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkinligi isbotlab berdi. Texnika shishalari tarkibi va texnologiyasini yaratishga oid ishlar O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining issiqlik fizikasi va Yadro tadqiqotlarini olib borish institutlarida, “Fizika-Quyosh” ishlab chiqarish birlashmasining materialshunoslik institutida, Toshkent Davlat 2-chi Tibbiyot instituti laboratoriyalarida, Toshkent “Oniks” xissadorlik jamiyatining shisha laboratoriyasida, Farg’onaning “Quvasoy kvarst” korxonasi tajriba stexida, “Toshkent - kabel” ishlab chiqarish birlashmasida va boshqa muassasalarda muvafaqqiyatli olib borilmoqda. Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. Texnika shishasi – xom ashyolar aralashmasini eritish, qoliplash va kuchlanishni yo’qotish yo’li Bilan olinadigan, ko’pgina foydali, o’ziga mansub bo’lgan xossalarni jamlagan va texnika sohalarida qo’llaniladigan shaffof jins; 88 Texnika shishasi turlari – kvarst, optika, nur texnikasi, toblangan list, tripleks shisha, egilgan shisha, kimyoviy – laboratoriya shishasi kabi turlanish; Kvarst shisha ishlab chiqarish texnologiyasi – kvarst qumiga chuqur ishlov berish, quritish, eritish, cho’zish yoki presslash, kesish va otjig kabi jarayonlani o’z ichiga olgan texnologik tizim. Kvarst shisha xom ashyosi – tarkibida 99,6 – 99,7 SiO2 bo’lgan qum bo’lib, ularning donalari o’lchamlari 0,02 dan 0,35 mm gacha boradi. Qum o’rniga toza kvarst toshini ishlatish ham mumkin. Kvarstni erish nuqtasi – harorat 1710 0S ga etganda SiO2 ning kristall formadan eritma formasiga o’tish nuqtasi. Kvarst shishaning asosiy xususiyatlari – kislota va ishKorlarga chidamlilik, issiqdan kengayish kamligi, mexanik mustaxkamligining o’ta yuqori bo’lishi. Texnika shishasini qo’llanilishi – xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun keng ishlatiladigan universal material. Download 18.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling