Mavzu: Texnik tizim xatoliklariga yo’l qo’yish sabablari Reja: Texnik tizimlar xatoliklarini baholash


Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish


Download 49 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2023
Hajmi49 Kb.
#1074735
1   2
Bog'liq
3-ma\'ruza

Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish
Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish xavf tahlilining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Tavsiyalarda xavfni baholash natijalari bо‘yicha asoslangan xavfni kamaytirish choralari kо‘rsatiladi.
Xavfni kamaytirishga doir chora-tadbirlar texnik va (yoki) tashkiliy xususiyatga ega bо‘lishi mumkin. Chora-tadbir turini tanlashda xavfga ta’sir kо‘rsatish choralarining amaliyligi va ishonchliligiga berilgan umumiy baho, shuningdek ularni amalga oshirish uchun sarf-xarajatlar kо‘lami hal qiluvchi
ahamiyatga ega bо‘ladi. Tashkiliy choralar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bosqichida xavfni kamaytirish bо‘yicha yirik texnik choralar qabul qilishda cheklagan imkoniyatlarning о‘rnini bosishi mumkin. Xavfni kamaytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, resurslarning cheklanishi mumkinligidan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda sodda va eng kam sarf-xarajat talab etiladigan tavsiyalar, shuningdek istiqboldagi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi nazarda tutilishi lozim. Kо‘p hollarda xavfsizlikni ta’minlashga doir birinchi navbatdagi choratadbirlar, odatda, avariyalarni oldini olish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Tatbiq etish rejalashtirilayotgan xavfsizlik chora-tadbirlarini tanlashda quyidagilar ustuvorlikka ega:
a) avariya vaziyatlarining yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishga doir
chora-tadbirlar. Ularga quyidagilar kiradi:
noxush hodisalarning yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishga doir choratadbirlar, noxush hodisalarning avariya vaziyatini yuzaga keltirish ehtimolini kamaytirishga doir chora-tadbirlar;
b) avariya oqibatlarini yumshatishga doir chora-tadbirlar. Ular, о‘z navbatida, quyidagi ustuvor chora-tadbirlarni о‘z ichiga oladi:
xavfli obyektni loyihalashda kо‘zda tutiladigan chora-tadbirlar (masalan, tutib turuvchi konstruksiyalarni, qulf armaturani tanlash);
avariyadan himoyalash va nazorat tizimlariga taalluqli chora-tadbirlar (masalan, gaz analizatorlaridan foydalanish), foydalanuvchi tashkilotning avariya oqibatlarini lokallashtirish va bartaraf etishga tayyorligi bilan bog‘liq chora-tadbirlar.
Xavfni kamaytirish bо‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarni asoslash va ularning samaradorligini baholash zarur bо‘lganda ularni optimallashtirishning ikkita muqobil maqsadi kо‘zda tutilishi tavsiya etiladi:
1) berilgan vositalar yordamida xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish xavfini maksimal kamayishini ta’minlash;
2) minimal sarf-xarajatlar bilan xavfni qabul qilsa bо‘ladigan darajagacha
kamaytirishni ta’minlash.
ajratilgan vositalar yoki resurslarning cheklanganligi sharoitida xavfni kamaytirish bо‘yicha chora-tadbirlarning bajarishdagi ustuvorligini aniqlash uchun quyidagilar bajarilishi lozim:
belgilangan moliyalashtirish hajmlari doirasida amalga oshirilishi mumkin
bо‘lgan chora-tadbirlar majmuini aniqlash;
bu chora-tadbirlarni «samaradorlik-xarajatlar» kо‘rsatkichi bо‘yicha ajratish;
taklif etilayotgan chora-tadbirlarni asoslash va ularning samaradorligini baholash.
Tayanch so’z va iboralar: xavf, tahlil, tashkiliy choralar, xavfni kanaytirish, avariya vaziyati, noxush xodisalar, texnik tizim xatoliklari, xavfni aniqlash.


Nazorat savollari.
1. Tizimlarni miqdoriy baholashlar qanday solishtiriladi?
2. Foydalilik funksiyasi nima?
3. Xavf tahlilini о‘tkazish jarayoni qaysi asosiy bosqichlarni о‘z ichiga oladi?
4. Xavfni baholash bosqichining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5. Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish xavf tahlilining qaysi
bosqichi hisoblanadi?
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling