Mavzu: Texnologik jihozlarning tuzilishi, ishlab chiqarish qobiliyati va texnologik jihozlarga qo’yiladigan asosiy talablar
Texnologik jihozlarning ishlash qobiliyati
Download 296.59 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg\'ulot 2 (1)
Texnologik jihozlarning ishlash qobiliyati. Texnologik jarayonlar asosiy
va yordamchi amallar (operastiya) dan tashkil topadi, amallar esa o’z navbatida — elementlar (o’tish va ma’lum vaqt ishlash) yig’indisidir. Asosiy amal bajarilganda mehnat predmetiga texnologik ta’sir ko’rsatilib, uning mexanik, fizik-kimyoviy va boshqa xususiyatlari hamda shakli, o’lchami, yuza g’adir-budurligi o’zgartiriladi. Yordamchi amallar degand mehnat predmetini o’rnatish-echish, boshqarish hamda sifatni tekshirish ishlari tushuniladi. Avtomobillar va ularning agregat va tizimlariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jarayoni takrorlanadigan jarayon bolganligi sababli, texnologik jihozlar ham davriy harakatlanuvchi turkumga kiradi. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash amallari ketma — ketlikda bajariladi. Ushbu amallar orasida nazorat, qayta o’rnatish, tozalash- yig’ishtirish kabi yordamchi amallami bajarish uchun tanaffuslar bo’ladi. Jihozni ishlatish jarayonini o’rganish uchun texnologik sikl tushinchasi kiritilgan. Kinematik va quvvat sikllari ham mavjud bo’lib, ammo avtomobil transporti sohasida ishlatiladigan jihozlarda ular bir - biriga mos keladi. Texnologik sikl bir xil mahsulotga ishlov berishda davriy qaytariladigan ishchi va jihozlarning harakat va amallari yig’indisi bo’lib, sarflanadigan davr vaqti bilan o’lchanadi. T j =t o’ +∑t i a +t y (1.1) Bu yerda t o’ - o’rnatish vaqti; t i a - asosiy amalni bajarish vaqti; t y yechib olish vaqti. Texnologik sikl davri jihozning ishlab chiqarish qobiliyatini hisoblashda ishlatiladi. Kinematik sikl texnologik jarayonda qatnashadigan va ish yakunida dastlabki holatga qaytadigan ishchi organning barcha harakatlari va turishlarini yig’indisidir. Kinematik stikl jihozning kinematik shaklini va ishchi organlarning optimal harakatlanishini loyihalashda ishlatiladi. Quvvat sikli jihoz sarflayotgan quvvat o’zgarish davri bo’lib, yuritma, elektrodvigatel turi va quvvatini aniqlashda ishlatiladi. Jihozning ishlab chiqarish qobiliyati vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot soni bilan aniqlanadi. Sikl bo’yicha ishlab chiqarish qobiliyati quyidagi formula bilan aniqlanadi: Q=1/T j , dona/soat (1.2) bu erda T j , texnologik sikl davri, soatda. Ushbu ishlab chiqarish qobiliyatini hisoblashda bekor turishlar e’tiborga olinmaydi. Shuning uchun haqiqiy ishlab chiqarish qobiliyati quyidagicha aniqlanadi: Q h =1/T j +t tex +t b , dona/soat (1.3) bu erda t tex - texnik xizmat ko’rsatishlar vaqti; t b - bekor turgan vaqt. Jihozdan foydalanish koeffitsienti yillik kesimda aniqlanishi maqsadga muvofiq bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi: K f =Q h /Q c (1.4) Ushbu koeffitsient bekor turishlarni hisobga olganligi uchun u doimo birdan kichik bo’ladi. Avtotransport korxonalari sharoitida jihozning ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish uchun uning konstruktsiyasini mukammallashtirish, bekor turishlarni kamaaytirish, quvvat sarfini kamaytirish kabi chora - tadbirlar ishlab chiqish zarar. Download 296.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling