Mavzu: Texnologiknik reglamentlari va ularni ishlab chiqish Reja: Kirish Texnologik tartibga solish


Texnologik jarayonlari avtomatlashtirish sxemalari


Download 41.6 Kb.
bet5/6
Sana08.05.2023
Hajmi41.6 Kb.
#1442105
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Texnik reglamentlari va ularni ishlab chiqish

Texnologik jarayonlari avtomatlashtirish sxemalari



2.1Texnologik jarayonlari avtomatlashtirish sxemalari
Avtomatlashtirishning prinsipial sxemasi loyihaning asosiy texnikaviy xujjati bo’lib, u texnologik qurilmaning avtomatlashtirilish darajasi va prinsipini ko’rsatadi. Bunda boshqarish sistemasini tuzishning bosh bosqichida qabul qilingan barcha prinsipial echimlar o’z ifodasini topadi. CHizma boshqarish ob’ekti, nazorat, rostlash, dasturli boshqarish, signalizasiya, blokirovka, himoya va avtomatlashtirishda ishlatiladigan vositalar haqida tushuncha berishi lozim. Odatda signalizasiya, blokirovka va himoya maxsus chizmalarda kengaytirib beriladi. Prinsipial chizmalarda boshqarish organlari va kommunikasiyalar bilan birga texnologik qurilmani chizmasi, avtomatlashtirish vositalarini, texnologik agregatlarining turli qurilmalari bilan avtomatlashtirish vositalari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni sxematik ko’rsatiladi.
Avtomatlashtirish masalalari texnologik vositalaridan foydalanib hal etiladi, bu vositalarga tanlangan qurilmalar, dastlabki axborotni aniqlovchi, axborotni almashtirish va qayta ishlov berish vositalari, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga axborotni tanishtirish va chiqarib berish vositalari hamda yordamchi vositalar kiradi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sxemalarini (TJAS) ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 
1) avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlashda texnologik jarayonning xarakterini, jarayonning yong’inga va portlashga moyilligini; atrof muhitning zaharliligini va agressivligini; o’lchanayotgan muhitning fizik-kimyoviy xossalarini va parametrlarni; o’lchov o’zgartkichlarining o’rnatilgan joydan nazorat va boshqaruv punktlarigacha axborot signallarini uzatish uzoqligini, boshqarish sistemasiga ishonchliligi aniqligi va tez ta’sir ko’rsatishi xususidagi talablarni hisobga olish zarur;
2) TJAS avtomatlashtirishning XT ning seriyalab ishlab chiqariladigan vositalari asosida ko’rilishi kerak; bunda qo’shilishi soddaligi, o’zaro bog’lanuvchanligi, shchitlarda va boshqaruv pultlarida joylanishi qulayligi bilan ifodalanuvchi bir xillashtirilgan sistemalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir;
3) avtomatlashtirish sistemalari faqat seriyalab chiqarilgan apparatura asosidagina yasalishi mumkin bo’lmagan xollarda loyihalash jarayonida yangi avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish uchun texnik vazifalar beriladi;
4) yordamchi energiyadan foydalanuvchi avtomatlashtirish vositalarini tanlash avtomatlashtiriladigan ob’ektning yong’in chiqishi va portlashga xavflilik sharoitlari bilan, axborot va boshqarish signallarining tez ishlashi va uzatish masofasiga qo’yiladigan talablar bilan belgilanadi;
5) dispetcherlik shchitlari va pultlarida o’rnatiladigan signalizasiya va boshqarish asboblari va apparaturasi miqdori cheklangan bo’lishi kerak. Apparaturaning ortiqcha bo’lishi xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning diqqat e’tiborini texnologik jarayonning kechishini belgilovchi asosiy avtomatlashtirish vositalaridan chetga tortadi, qurilmani ishlatishni murakkablashtiradi, uning tannarxini oshirib yuboradi;
6) TJASini ishlab chiqishda sistemadagi boshqarish vazifalarini orttira borish imkonini hisobga olish kerak.



    1. Download 41.6 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling