Mavzu: Texnologiya fanini o'zbek milliy xalq hunarmanchiligi bilan integratsiyalash metodikasi
Download 13.9 Kb.
|
Mavzu Texnologiya fanini o\'zbek milliy xalq hunarmanchiligi bil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari
- Adabiyotlar tahlili
Mavzu: Texnologiya fanini o'zbek milliy xalq hunarmanchiligi bilan integratsiyalash metodikasi.
KIRISH Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev islohotlari bilan O’ zbekiston Respublikasida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda tub o’ zgarishlar amalga oshirildi. Ijtimoiy soha, jumladan, ta’ lim tizimida amalga oshirilgan g’ oyalar, yangi ta’ lim muassasalarining yaratilishi, davlat ta’ lim standartlarining takomillashishi, mavjud ta’ lim mazmunining yangilanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 2017-2021- yillarda O’ zbekistonni rivojlantirish bo’ yicha harakatlar strategiyasi O’ zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 7- fevral kuni tasdiqlandi. Bu strategiya 5 ta ustuvor yo’ nalishdan iborat bo’ lib, 4-yo’ nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishdir. bandi.Ta’ lim va fan sohasini rivojlantirish: uzluksiz ta’ lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘ lini davom ettirish, sifatli ta’ lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash; ta’ lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’ mirlash, ularni zamonaviy o‘ quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va o‘ quv-metodik qo‘ llanmalar bilan jihozlash bo‘ yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘ rish; maktabgacha ta’ lim muassasalari tarmog‘ ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ushbu muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’ lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’ minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; umumiy o‘ rta ta’ lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘ lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘ rganish; bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ ullanishga, ularni musiqa hamda san’ atga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va san’ at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish; kasb-hunar kollejlari o‘ quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘ yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish; ta’ lim va o‘ qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’ lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’ lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘ paytirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘ batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘ quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish. bandi. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: jismonan sog‘ lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’ iy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; o‘ rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’ lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish; yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘ llab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar o‘ rtasida sog‘ lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’ lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish. Hozigi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga fan texnika, ilg’ or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash , o’ qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni ,metodlari, vositalari vatashkiliy shakillarini ilmiy ta’ minlash kiradi. Shu nuqtayi nazarga ko’ ra bugungi kunda xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va ayni vaqtda jadal sur’ atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Kurs ishi sifatida menga berilgan mavzu 6-sinf o’ quvchilariga “ Xalq hunarmandchiligi” mavzularini o’ qitishda innovatsion ta’ lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Hozigi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga fan texnika, ilg’ or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash , o’ qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni ,metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta’ minlash kiradi. Bugungi kunda ta’ lim sohasida fan va texnikaning so’ nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan informatsion texnika va yangi ta’ lim texnologiyalarning qo’ llanilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ularning didaktik imkoniyatlari bilan tanishib chiqish va mashg’ ulotlarda ularni qo’ llashni o’ rganish dolzarb pedagogik muammolardan biri sanaladi. Inson taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olg’ a harakatlantiruvchi asosiy omil bo’ lib kelgan. Shunday yosh avlodni ijodiy mehnatga o’ rgatish uni zamonasining eng ilg’ or bilimlar bilan qurollantirish, barcha davrlarda barcha xalqlar uchun dolzarb vazifa hisoblangan. Jamiyat rivojlanar ekan har bir sohada rivjlanishni talab etadi. Buning uchun o’ quvchi yoshlarimizning qiziqish va qobiliyatlariga qarab rivojlantirib borishimiz lozim. Kurs ishining maqsadi: Texnologiya fani darslarida “ Servis xizmati” yo’ nalishini o’ qitishda o’ quvchilarning tikuvchilikka oid ijodkorligini oshirish va hunarmandlar faoliyati bilan birga xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash bosqichlari, elementlari bilan tanishtirish, milliy g’ urur va iftixor ruhida tarbiyalash, ta’ limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, 6-sinf o’ quvchilariga “ Xalq hunarmandchiligi” mavzularini o’ qitishni tashkil etishda noananaviy dars ishlanmalar ishlab chiqish. Kurs ishining vazifalari:- Fanning o’ quv dasturi mazmunini tizimli tahlil qilish; -“ Xalq hunarmandchiligi” mavzularini o’ qitishda ta’ lim texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; Texnologiya darslarida o’ quvchilarning faolligini rivojlantirishda innovatsion ta’ lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqish; Innovatsion ta’ lim texnologiyalaridan foydalangan holda o’ qitishning imkoniyatlari, afzalligi va samaradorligini pedagogik asoslash; Texnologiya fanining nazariy va amaliy mashg’ ulotlarini ta’ lim texnologiyalari asosida o’ qitish bo’ yicha metodik dars ishlanmalar ishlab chiqish. Adabiyotlar tahlili:Download 13.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling