Mavzu: Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining o‘quv yiliga va darsga tayyorgarligi


Asbob-uskunalarni ishga sozlash, xom-ashyo, namuna, ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalarni tayyorlash


Download 41.59 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi41.59 Kb.
#1416343
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 SrtqiМеҳнат таълими ўқитувчисининг ўқув йилига ва дарсга тайёргарлиги

Asbob-uskunalarni ishga sozlash, xom-ashyo, namuna, ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalarni tayyorlash. O‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarni yaxshi tashkil etish, ularni o‘tkazishning to‘g‘ri metodikasini qo‘llash, o‘quvchilar tomonidan tehnikaviy bilimlar, mehnat malakalari va ko‘nikmalari muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi uchun o‘quv ustaxonalarning jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak mehnat madaniyatiga muvofiq kelishi va ularda mehnat ta’limi dasturining barcha mavzularini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.

Texnologiya ta’limining asosiy darslari nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan iborat. O‘quvchilar mehnat ta’limining nazariy asoslarini o‘zlashtirishlari uchun taxminan 20 % o‘quv vaqtini sarflashga rejalanadi. Uyda va mehnat kutubxonasida mustaqil ravishda har bir mavzuning nazariy asoslarini o‘zlashtirishlari lozim. Bu holatni ilmiy jihatdan aniqlashda mehnat ta’limi o‘qituvchisi uchun maktab kutubxonasi va tegishli zamonaviy texnik-texnologik, umumiy ta’lim fanlarga, fan-texnikaga oid jurnallar va boshqa manbalar ro‘yxati, internet va qo‘lda tayyorlangan modellar, moslamalar, didaktik materiallar, axborotnomalar, o‘quvchilarga mo‘ljallangan kichik to‘plamlar qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchi ustaxonalarda mavjud bo‘lgan stanoklar, asbob-uskunalarni dastgohlarni, moslamalarni ta’mirlab, amaliy va laboratoriya darslariga tayyorlab qo‘yish, amaliy ish ob’ektlar uchun xom ashyolar to‘plash, eskizlar, chizmalar, texnologik xaritalar ishlab chiqish lozim.
O‘quvchilar tayyorlagan buyumlarni, ishlarni yakunlagan holatini nazorat etishga qaratilgan savollar, testlar, namunalarni ishlab chiqish darsga tayyorgarlikni tashkil etadi.
So‘ngi yillarda mehnat ta’limi jihozlari ro‘yxati ta’limining yangi vositalari hisobga sezilarli kengaydi va hozirgi kunda 400 nomdan iborat. Bular 220 har xil turli asboblar, moslamalar, stanoklar, 16 xil priborlar, 30 xildan ortiq modellar va ularning qisimlari, 14 xil to‘plamdagi jadvallar va plpkatlar, 120 dan ortiq ekran vositalar va qo‘llanmalaridan iborat. Buning hammasi mehnat ta’limining politexnik yo‘nalishini kuchaytirish, o‘quvchilarga texnika,texnalogiya, iqtisodiyot va hozirgi zamon ishlab chiqarishni tashkil asoslarini chuqurroq va to‘liqroq ochib berish, ulardan har turli materiallarga mexanik ishlov berishning dastlabki ko‘nikmalarini ertaroq shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan.
Pedagogik nuqtai­nazardan o‘quv-moddiy ta’minot o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini va sifatini oshirishga, ta’limning politexnik va kasbga yo‘naltiruvchi jihatlarni to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga zamin yaratishi kerak. O‘quvchilarga ta’lim vositalari orqali beriladigan axborot ilmiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oshirishga imkon berishi lozim.
Iqtisodiy jihatdan o‘quv-moddiy baza maqsadlarni mehnat o‘quv-tarbiya jarayoni sifatiga zarar yetmaydigan holda amalga oshirish imkonini beradigan o‘quv jihozlaridan to‘liq foydalanishga qaratilgan bo‘lishi zarur.
O‘quv-ko‘rgazmalar va o‘quv jihozlari tarkibida, odatda kamyob va qimmatbaho materiallar bo‘lmasligi, ularni tayyorlash asossiz ravishda ortiqcha harajatlar talab qilmasligi va ommaviy ravishda maktablar sotib olish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Iqtisod nuqtai­nazaridan o‘quv jihozlari ustida o‘qituvchilar va o‘quv ustalari ishlashlari lozim.
Umumiy ta’lim maktablari sharoitida o‘quvchilarning mehnat va kasb-hunarga yo‘naltirish sifatini yaxshilash xamda takomillashtirish uchun o‘quv ustahonalari va laboratoriyalarida har bir kiritilgan kasb va ixtisosliklarning asbob-uskunalarini, moslamalarini ishga sozlash, ta’mirlash hamda qayta tayyorlashni tashkil etish va ularning metodikasini hal qilish axamiyatga ega. Chunki o‘quvchilar xuddi ana shular orqali texnik-texnalogik operatsiyalarni bajarish asosiy faoliyatlariga yo‘naltirilgan. Shuningdek, mehnat ta’limining har bir yo‘nalishi bo‘yicha asbob-uskunalarni ishga sozlash uchun o‘quvchilar eng avvalo qo‘llaydigan asbob-uskunalarni tuzilishini mukammal o‘rganishlari zarur.
Asbob-uskunalarni ishlatish va ularni qo‘llashga sozlashni asbob-uskunalar va moslamalar yuzasidan bajariladi:

  1. Turlari, tuzilishlari, xususiyatlarini o‘rganib mavjud kamchiliklarni bartaraf etib ishga sozlash;

  2. Qo‘llanishlari, qo‘llanish usullari va texnologiyasini o‘rganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etib ish ob’ektlarga sozlash;

  3. Tayyorlash texnologiyasi standartlar, sifat belgilarni o‘rganib mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, stanok mashinaga qo‘llash;

  4. Tayyorlashda qo‘llaniladigan usullar, operatsiyalar, asbob-uskunalar, moslamalar, stanoklarni o‘rganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etib moslashtirish; Ishchilar mutaxassislarni qayta tayyorlash, malaka oshirish;

  5. Tayyorlashda ishlatiladigan, materiallar, texnologiyasi, sifatlarini yaxshilash.

Texnologiya ta’limi nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni qo‘llaniladigan xom-ashyolar va namunalar bilan tanishtirish hamda foydalaniladigan metodikasini yoritish o‘ziga xos o‘rin egallagan. Mehnat ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha joriy etilayotgan tashkiliy, metodika va boshqa masalalar qatorida moddiy­texnik baza, ayniqsa xom-ashyo va namunalar bilan ta’minlash eng murakkab va dolzarb muammodir. O‘quvchilar buni inobatga olishlari bilan birga mavjud imkoniyatlardan xabardor bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Yog‘och ishlov berishda amaliy tashkilot hamda yog‘ochsozlik korxonalaridan asosiy mahsuloti (eshik, rom, imoratsozlik detallari va boshqa buyurtmalardan ortib qolgan bo‘laklar, qirindilar, bahor va kuz davrlarda daraxtlarni kaltalash holatida paydo bo‘lgan sarjinchalar va ko‘zsiz dumaloq bo‘laklar - yog‘ochsozlik mehnati uchun xom-ashyo tarzda qo‘llanishi eng ommaviy tajriba hisoblanadi, ulardan mehnat ta’limi jarayonida turli buyumlar (bolg‘a va iskanalar uchun dastalar, sabzavot to‘g‘raydigan taxtalar, yog‘och g‘o‘lasining arralangan namunalari, yelimlangan yog‘och vaza va hokazo) tayyorlanib ijtimoiy foydali mehnat mahsulotlarga aylanadi.
Texnologiya ta’limida o‘quvchilarni xom-ashyolar bilan tanishtirish, shuningdek, ularni nazariy hamda tarixiy ma’lumotlar bilan ham tanishtirish, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan namunalar (detallar, mexanizmlar, stanoklar, texnik-texnologik jarayonlar xaritalari, qog‘oz-kartonlardan tayyorlangan maketlar) keng qo‘lanilmoqda.
Metallarga ishlov berishda otaliq tashkilot hamda metalsozlik korxonalarida asosiy ishlab chiqarishda tayyorlanadigan mahsulotlar jarayonida ortib qolgan chiqindilar: tunuka, quyma va boshqa qoldiqlar, metallsozlik ishlarida paydo bo‘lgan parchinlar, brak holiga kelgan turli shakldagi detallar, berish mehnat ta’limida metalga ishlov uchun xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Shu bilan birga metallarni qirqish jarayonida shu tariqa yig‘ilgan metal chiqindilari ham xom-ashyo bo‘la oladi. Ulardan mehnat ta’limi darslarida metaldan tayyorlagan o‘yinchoqlarning buzilgan qismlari, simlar ham mehnat ta’limi darslarida asboblar, maketlar, modellar yasash mumkin. Ular turli shakldagi detallarni shtangensirkul bilan o‘lchash, nazorat ishlarni bajarish uchun mehnat ob’ekti vazifasini bajaradi.
Metallardan tanlab olingan shvellersimon detallar parmalash operatsiyalarini bajarishga tayyorlanadi. Shundan o‘quvchilar tushunadilarki, tashlandiq detallardan (qaysi shaklda bo‘lmasin) ham o‘quv ishlarini bajarishda foydalanish mumkin. Bu birinchidan, o‘quvchilarni izlanish, ijod qilishga undaydi, chunki ma’lum bo‘lmoqdaki, detallar qaysi holatda bo‘lmasin, ulardan har xil texnologik operatsiyalarni bajarishda foydalanish uchun imkoniyat topiladi, ikkinchidan, o‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishga yordam beradi.
Texnologiya ta’limida xom-ashyo va namunalar qaysi holatda, shaklda va qanday materialdan bo‘lmasin, ular o‘quvchilar uchun u yoki bu texnologik operatsiyalarni o‘zlashtirishlarida o‘quv ob’ekti bo‘la oladi. Turli o‘lcham va shakldagi tunuka bo‘laklari kavsharlash operatsiyalarning turli xillarni o‘zlashtirishga olib keladi. Mazkur tunuka barchalari xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Xom-ashyo materiallardan o‘quvchilar chilangarlik ustaxonasida knopkalar ishlab chiqaradigan asbob tayyorlashlari maqsadga muvofiq bo‘adi. Bunday moslamani 8-10 mm li simdan tayyorlash mumkin.
Shunday qilib xom-ashyo turlari va namunalar o‘quvchilar uchun texnika-texnologiya, materialshunoslik, qirqish nazariyasi, ustaxonada o‘zlashtirilgan chilangarlik, tokarlik, frezerlash, parmalash va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha shakllangan bilim, ko‘nikmalarni malaka darajaga ko‘tarish uchun zamin yaratiladi.
Shu tarzda gazlamaga ishlov berish texnologiya, pazandachilik, qishloq xo‘jalik hamda milliy hunarmandchilik yo‘nalishlarida ham mavjud xom-ashyo va namunalardan foydalanish holatlarini yaratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 41.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling