Mavzu: Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining o‘quv yiliga va darsga tayyorgarligi


Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining shaxsiy fazilatlari


Download 41.59 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi41.59 Kb.
#1416343
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 SrtqiМеҳнат таълими ўқитувчисининг ўқув йилига ва дарсга тайёргарлиги

Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining shaxsiy fazilatlari. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘z fanining ilmiy asoslari mukammal bilish bilan birga, mustahkam mehnat va kasb ko‘nikmalari va malakalarini egallagan bo‘lishi, ularni o‘quvchilarga mohirlik bilan yetkazib bera olish kerak. Shu munosabat bilan o‘z sohasida yaxshi malaka ortirgan va ishining ustasi bo‘lgan kishigina o‘quvchilarga o‘z ishini egallashda yordam bera oladigan bo‘lishi lozim.
Shuning uchun mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘zining metodik, pedagogika fani, texnika va ishlab chiqarish sohalaridagi eng yangi yutuqlardan xabardor bo‘lib qolmasdan, balki ilg‘or mehnat usullarini xam bilishi zarur. Shu maqsadda mehnat ta’limi o‘qituvchisi mehnat ta’limi va tarbiya masalalari, kasbga yo‘llash yuzasidan chiqarilgan psixologik, pedagogik va metodik adabiyot yangiliklarini, o‘z ixtisosi bo‘yicha xozirggi zamon texnikaviy adabiyotini, ishlab chiqarish ilg‘orlari, ixtirochilarning tajribasini o‘rganadi, mehnat mashg‘ulotlarining metodik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi xaqida g‘amxo‘rlik qiladi.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi yuksak mahorati va madaniyati, uning ish joyini to‘g‘ri tashkil eta olishi, ishga oid usullarini to‘g‘ri ko‘rsata olish buyum namunasini tayyorlay olishi, uning nutqi, o‘quv-tarbiya jarayonining eng murakkab jarayonlarida o‘zini tuta bilishi, o‘quvchilarga va o‘z xamkasablariga xushmuomala bo‘lishi-bularning hammasi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinadi va ularning hammasi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinadi va ularning mehnat tarbiyasiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi talabchan bo‘lishi kerak. Lekin uning yuqori talabchanligi o‘z tarbiyalanuvchilarining insoniy qadr-qimmatini chuqur hurmat qilish bilan ajralmasdir. Xatto, o‘qituvchi biror nojo‘ya xatti-harakatlari uchun o‘quvchiga jazo berganda ham uni xaqorat qilishga, masxara qilib yerga urishga, laqab qo‘yishga va hokozolarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. U guruhdagi o‘quvchilar orasida ana shunday xolat ro‘y berishiga qat’iy chek qo‘yish kerak. Shuning uchun o‘z ishini yaxshi biladigan mehnat va mehnat ta’limi o‘qituvchisining metodik-pedogogik va kasbiy-mutaxassislik mahorati o‘z o‘quvchilarining shaxsga nisbatan bo‘lgan hurmat ehtirom bilan, ularning har biri to‘g‘risida mehribonlik va g‘amxo‘rlik qilish bilan uyg‘unlashib ketadi. Bu esa o‘z navbatida uning obro‘sini oshiradigan zarur shartdir.
O‘qituvchining obro‘si o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida o‘sib va tarkib topib boradi. Mashg‘ulotlar vaqtida uning shaxsi, xarakteri va mahoratinig shunday sifatlari namoyon bo‘ladiki, bular tarbiyalanuvchilarlarning umumiy tarzda e’tirof etishi va hurmat qilishga sazovor bo‘ladi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘zining o‘quvchilari oldidagi obro‘si to‘g‘risida doimo g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Agar o‘qituvchi o‘z vazifalariga yuzaki qarasa, uning so‘zlari bilan ishlari bir-biriga muvofiq kelmasa, agar u o‘quvchilar bilan bo‘lgan munosabatlarida adolatli bo‘lmasa, uning obro‘si tezda yo‘qolishi mumkin.
O‘quvchilarning moddiy ishlab chiqarish sohasida hayot va mehnatga tayyorlanishda mehnat ta’limi o‘qituvchisi yetakchi rol o‘ynaydi. U o‘z mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning turli kasblarga bo‘lgan qiziqishni aniqlash va rivojlantirilishi lozim. Buning uchun sinf rahbarini, shu sinfda ishlaydigan boshqa fanlarning o‘qituvchilarning va ota-onalarning jalb qilishi kerak. Ular bilan muntazam uchrashib turish va suhbatlashib bu guruhdagi o‘quvchilarni yaxshiroq bilish, ularning qiziqishlari va individual xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatini beradi.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi o‘quvchilarga ish joyi tashkil etishda, topshiriqlarni bajarishda mustaqillikni tarbiyalashi, shaxsning halollik, kamtarlik, qat’iylik, dadillik, faollik, sabot-matonat xislatlarini, o‘rtoqlik, do‘stlik, mas’uliyatni sezish hislarini tarkib toptirishi kerak.
Darsning, o‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil etishni hamma shakllarida ta’lim jarayoni ishtirokchilari orasidagi munosabatlar xarakteri muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ya’ni bunda talim jarayonining ishtirokchilari bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchi hamda o‘quvchilarning o‘zlari orasidagp munosabatlar nazarda tutilmoqda. Ushbu munosabatlarning ijobiy xarakteri o‘quvchilarning anglash, bilish faoliyatini rag‘batlantiradi, uning natijaviyligini oshiradi.
O‘qituvchi darslarda o‘quvchilarga bo‘lgan talabchanlikni bolalarga hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqe, obro‘sini saqlagan holda yondoshishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Darsda o‘quvchilarga o‘qituvchining murojaati shakli ham farqsiz emas. O‘quvchilarni o‘z ism-shariflari bilan atashi maqsadga muvofiqroqdir.
Pedagog sifatida o‘zligini namoyon etishni talab qilish zarur holatlarda o‘qituvchi tomonidan o‘z hissiyotini aks ettirish inkor etilmaydi: u darslarda faqatgina ziyrak va mehribon, quvnoq, hushyor, ko‘ngilchan bo‘libgina qolmasdan, balki jiddiy, hafa va noroziligi bilingan qiyofada bo‘lishi ham kerak.
O‘qituvchining pedagogik optimizmi, uning o‘quvchilarga munosabatidagi ishonch, o‘quv faoliyatini tashkil etishning turli-tuman shakllarida darsda ularning hamjihatlikdagi izlanuvchanligini tashkil etish, o‘quvchilarning ishlariga hakqoniy baho berish, ularga doimiy zarur yordam ko‘rsatishga tayyor turishlik - bularning barchasi juda katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi, o‘quvchilarda jamoaviy mehnat malakalarini hamda ijobiy axloqiy fazilatlarni shakllantiradi.

Download 41.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling