Mavzu: Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining o‘quv yiliga va darsga tayyorgarligi


Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari va shaxsiy fazilatlari


Download 41.59 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi41.59 Kb.
#1416343
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 SrtqiМеҳнат таълими ўқитувчисининг ўқув йилига ва дарсга тайёргарлиги

3. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari va shaxsiy fazilatlari. Pedagog-bu yuqori madaniyat va ma’naviyatli mehnat ta’limi yuzasidan mutaxassis. U o‘z kasbini va fanini, tegishli sohaga oid fan va texnikani hamda ishlab chiqarish texnologiyasini, umumiy va kasbiy pedagogika hamda ruhshunoslik, umumiy ta’lim va tarbiya ishining uslubiy asoslarini zamon talabalari darajasida bilishi kerak.
O‘quv jarayonida o‘qituvchi rahbarlik vazifasini bajaradi. Bu umumiy qoida mehnat ta’limi o‘qituvchisiga ham ta’luqlidir. Mehnat ta’limida vaqtning asosiy qismini o‘quvchilarning mustaqil amaliy ishlari egallashi o‘qituvchining rolini yanada oshiradi. Chunki hamma narsa o‘qituvchi tomonidan oldindan puxta o‘ylansa va yaxshi rejalashtirilsagina o‘quvchilar mustaqil ishlay olishlari mumkin.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:

  • o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini rivojlantirish;

  • tanlangan kasb va ixtisosligi o‘quv fanlari bo‘yicha chuqur bilimlarni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;

  • ta’lim jarayonida o‘qitishning samarali usullari, vositalari va shakllarini, yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash;

  • o‘qitadigan fani bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni, to‘garak mashg‘ulotlarni tashkil qilish;

  • o‘quvchilarni bilim sifati, o‘zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish;

  • o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash;

  • o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash;

  • o‘quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida jihozlashda qatnashish;

  • ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va qo‘llash;

  • muntazam ravishda malakasini oshirish.

Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi bundan tashqari mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqarish texnologiyalarini, iqtisod asoslari, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish asoslarini bilishi kerak.

Download 41.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling