Mavzu: Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining o‘quv yiliga va darsga tayyorgarligi


Download 41.59 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi41.59 Kb.
#1416343
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 SrtqiМеҳнат таълими ўқитувчисининг ўқув йилига ва дарсга тайёргарлиги


Mavzu: Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining o‘quv yiliga va darsga tayyorgarligi
Reja:

    1. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining o‘quv yiliga va darsga tayyorgarligi

    2. Asbob-uskunalarni ishga sozlash, xom-ashyo, namuna, ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalarni tayyorlash.

    3. Rexnologiya ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari va shaxsiy fazilatlari



Tayanch iboralar: Dars, asbob-uskuna, xom-ashyo, namuna, ko‘rgazmali qurollar, texnik vosita, lavozim vazifalari, shaxsiy fazilat.



  1. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining o‘quv yiliga va darsga tayyorgarligi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rsagina, bu darslardagi ta’lim­tarbiya jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. O‘quv yili boshlanishi oldidan o‘qituvchi dasturdagi hamma mavzularni o‘rganish vaqtini taqsimlab chiqadi, o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali va mazkur fanni o‘rganishga o‘quv rejasidan ajratilgan haftalik soatlarning miqdorini hisobga olgan holda unga muvofiq bo‘lgan taqvimiy muddatlarni o‘rnatadi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisining o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘quv rejasini, mehnat ta’limi va kasbga yo‘llash fanining o‘quv dasturini va taqvimiy mavzuli rejani o‘rganishdan boshlanadi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi bu hujjatlar bilan tanishar ekan, tegishli sinf o‘quvchilarida umumiy mehnat bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini qaysi mehnat turlari bo‘yicha va qanday hajmda shakllantirish lozimligini aniq tasavvur qiladi. Buning uchun qanday asbob­uskunalar, moslamalar va ish qurollari kerakligi, o‘quvchilar mehnat ta’limi va kasbga yo‘llash dasturi talablarini to‘liq bajarish uchun darslarda qanday buyumlarni tayyorlashlari kerakligini va shunga binoan ularni tayyorlash uchun qanday materiallar talab qilinishini bilib oladi. Mehnat o‘qituvchisi olingan ma’lumotlar asosida va mehnat ta’limi dasturidan foydalangan holda ancha batafsil rejalashtiruvchi hujjatlarni, ya’ni taqvimiy mavzuli rejani va o‘quv ishlab chiqarish ishlari ro‘yxatini tuzib chiqadi. Shunday tarzda belgilab chiqilgan dastur o‘qituvchi uchun fan yuzasidan ishlarning taqvimiy mavzuli rejasi sifatida xizmat qiladi.

O‘quvchilar tayyorlashi uchun rejalashtirilgan buyumlarga mehnat ta’limi o‘qituvchisi texnikaviy hujjatlar ishlab chiqadi, zarur ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydi, asbob­uskunalarning, o‘quvchilar ish joyi va ish qurollarining texnikaviy holatini, shuningdek, o‘quv ustaxonalari binosining va ulardagi jihozlarning xavfsizlik texnikasi, sanitariya­gigiena talablariga muvofiq kelishi tekshirib chiqadi.
O‘qituvchi texnologiya ta’limi dasturidagi mavzularga tayyorlanar ekan, har bir mavzuning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, ular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar mazmuni va darajasini aniqlaydi, o‘quvchilar bajarish lozim bo‘lgan amaliy ishlarning xarakteri va miqdorini belgilab chiqadi, mustaqil topshiriqlarning mazmuni va hajmini, ularning tobora murakkablashib borishini hisobga olgan holda o‘ylab ko‘radi, mavzuni muvaffaqiyatli o‘tish uchun moddiy asos tayyorlaydi.
Darsga tayyorlanish vaqtida o‘qituvchi o‘tgan mashg‘ulotning mazmuni va natijalarini tahlil qilishi, ularning izchil aloqasini belgilab chiqishi, kelgusi darsning ta’lim va tarbiya maqsadini to‘g‘ri belgilashi, darsning tuzilishini va uning har bir elementiga ajratiladigan vaqtni aniqlashi, mavzuga oid savollar tuzishi va kirish yo‘riqnomasi mazmunini ishlab chiqishi, asosiy mehnat usullarini tanlashi va o‘ylab chiqishi kerak.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida darsning tashkiliy tomonlariga ­ navbatchilarni tayinlash, o‘quvchilarga asbob va materiallar tarqatish, o‘quv ustaxonalarida tartib­intizomning qat’iy saqlanishiga, ishlarga baho qo‘yish va ularni tahlil qilishga alohida e’tibor berishi kerak.
Zamonaviy darsning tarkibiy tuzilishi o‘qituvchilarning boshqaruvchilik roli va o‘quvchilarning anglash faoliyatlarini tashkil etishning o‘ziga xosligini aks ettira turib, juda ham turli-tuman shakldaligi bilan farq qiladi. Darsning muvaffaqiyatli o‘tishi o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning darsga tayyorlanishlariga bog‘liqdir.
Darsga miridan-sirigacha tayyorlanish, xususan yetarli darajada pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilar uchun juda zarur.
O‘qituvchining darsga bevosita tayyorlanishi har bir darsda qo‘llaniladigan mavzuni rejalashtirishni konkretlashtiradi. Darsning rejasi har bir o‘qituvchi uchun zarurdir. Odatda faqat uning hajmi farq qiladi: endigina o‘zining o‘qituvchilik faoliyatini boshlayotganlar o‘zlarining hamma harakatlari va darsning borishini tasvirlash, kichik bo‘laklarigacha ko‘rsatilgan mukammal ishlanma yozadilar. Tajribali o‘qituvchilar esa qisqa, ixcham reja tuzadilar.
Darsning rejasi ixtiyoriy shaklda tuziladi, ammo unda quyidagi tarkibiy qismlarning aks etishini ta’minlash zarur: darsning o‘tkazilish muddati va uning mavzuiy reja bo‘yicha tartib raqami; o‘tkaziladigan sinfning, dars mavzusining nomi; ta’limning vazifalari, shakllantiriladigan bilim, iqtidor va ko‘nikmalar; o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish; dars bosqichlarining davomiyligi va ushbu bosqichlarda vaqtning taxminiy taqsimlanishini ko‘rsatgan holdagi tarkibiy tuzilishi; o‘quv materialiniig mazmuni; darsning har bir qismida o‘qituvchi va o‘quvchining ish usullari hamda metodlari; ta’limning ko‘rgazmali va texnik vositalarini qo‘shib hisoblaganda darsni o‘tkazish zarur bo‘lgan o‘quv qurollari; darsda bevosita o‘tkaziladigan test sinovlari; uy vazifalari, topshiriqlar.
Darsning yutug‘i va uning natijalari nafaqat o‘qituvchining tayyorligiga, balki o‘quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilarning navbatdagi darsga (yoki darslarga) ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan tayyorlanishlari ularda ijobiy psixologik kayfiyatni vujudga keltiradi, anglashga, bilishga bo‘lgan yuqori darajadagi qiziqishni tug‘diradi. O‘quvchilarni oldinda turgan darslarga tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutadi: ularni oldinda turgan darsning dasturiy o‘rganish rejasi bilan tanishtirish; (bu xususan yuqori sinflar bilan o‘quv ishlarida juda ham zarurdir) o‘quvchilarning tushunishi mumkin bo‘lgan darslarning ayrim bo‘limlari bilan tanishish; oldinda turgan darsda ko‘tariladigan masalalar yuzasidan ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qish, yangi materialni o‘rganishga ko‘maklashadigan kuzatishlar va uncha murakkab bo‘lmagan tajribalarni o‘tkazish.
Dars hozirgi zamon o‘quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’limi shakli hisoblanadi. Bir necha asrlar davomida ta’limning dars shaklidan boshqa bir yangi shaklini pedagogika nazariyasi ham, amaliyoti ham taklif etgancha yo‘q.
O‘tkaziladigan dars o‘quvchilarni ham, o‘qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun ma’lum darajada umumiy talablarga javob berishi kerak. Ayrim olingan biron-bir dars fanning taqvimiy mavzuli rejasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, maqsadi aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Dars o‘tish jarayonida shakllantirilili lozim bo‘lgan bilim, iqtidor va ko‘nikmalar alohida aniqlanishi darkor. Shu bilan birga mazkur dars davomida bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning erishiladigai darajasi ham belgilanishi ma’qul bo‘ladi. Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq bo‘lishi oldindan belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsga qo‘yiladigan didaktik talablardan yana biri shuki, beriladigan o‘quv materiali sistemali ravishda osondan-qiyinga, oddiydan- murakkabga, o‘quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilish kerak.
O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rar ekan, o‘quvchilar o‘quv faoliyatini aktivlashtiruvchi ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning muqobil rejalarini amalga oshirishni ko‘zda tutmog‘i lozim. Har bir dars ma’lum darajada g‘oyaviy yo‘nalgan aniq tarbiyaviy vazifalarni bajarishi, olingan ilmiy bnlimlar asosida dunyoqarashni, yuqori axloqiy fazilatlarni, estetik didni shakllantirib ta’limni xayot bilan mustaqil aloqalarini ta’minlashi zarur. O‘quvchilarda bilimga qiziqishni, bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmalarini qaror toptirish, ijodiy tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularning tasavvurlari chuqurligi, rivojlanish darajasini hisobga olish kerakligini o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida hisobga olishi kerak.
Darsga tayyorgarlik ko‘rishda uni tashkil etishni aniq rejalashtirib olish kerak talablar: taqvimiy mavzuli reja asosida dars o‘tkazishning ishlab chiqilgan aniq rejasi mavjud bo‘lishi, dars o‘z vaqtida boshlanib, o‘z vaqtida tugashi kerak. Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi va darsning boshidan to oxirigacha o‘quvchilar ongli intizomi ta’minlanmog‘i lozim. Darsni tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o‘quv-texnik, kompyuter, statsionar va dinamik ko‘rgazmali qurollardan foydalanish ko‘zda tutiladi.
Darsning tarkibiy tuzilishi o‘rganilayotgan materialning mazmuniga, darsda foydalaniladigan ta’limning usullari va metodlariga, o‘quvchilarning tayyorlanish hamda rivojlanish darajasiga, o‘quv jarayonida darsning o‘rniga bog‘liq bo‘ladi.
Mehnat ta’limi o‘qituvchisi darsga tayyorlanishida quyidagilarni hisobga olish zarur:
­ Darsning maqsadi:
a) darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda yangi atamalarga oid tushunchalarni shakllantirish;
b) darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
v) darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning tasavvuri, xotirasi, kuzatuvchanligi, tafakkuri, nutqi, o‘quv jarayonida ko‘nikma, o‘quv va malakalarini shakllantirish va ularni rivojlantirish.
­ Dars materialining murakkablik darajasini aniqlash: dars materialining amaliyot bilan va oldingi o‘tilgan materiallari bilan bevosita bog‘lanishini aniqlash, o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun vazifa berish dars jihozini tayyorlash, qo‘shimcha beriladigan topshiriqlar hajmini aniqlash;
­ Darsning didiaktik vazifasini, ya’ni maqsadga olib keluvchi masalalarning ketma-ketligini aniqlash.
­ O‘qitish usullarining optimal variantlarni tanlash.
­ Darsning tuzilishini aniqlash: darsni samarali boshlash va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, darsning rejasi va yaxlitligini, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro uzviyligini ta’minlash.
Darslar juda ham turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bo‘lib, darslarni bir marta doimiy ravishda mavjud bo‘ladigan ko‘rinish tarzida rejalashtirish va o‘zgarmaydigan qotib qolgan namuna asosida o‘tkazaverish mumkin emas. Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar qatorida mazkur sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari, shuningdek, o‘qituvchi ish faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta’sir ko‘rsatadi. Har bir dars boshqa darslardan hatto ular bitta fan, bitta mavzu yuzasidan teng, yonma-yon sinflarda o‘tkazilganda ham o‘zining o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra farq qiladi. Darsda har doim o‘qituvchining maxsus «pedagogik yondoshuv tarzi»ni ko‘rish mumkin.


  1. Download 41.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling