Mavzu: Zamonaviy didaktik konsepsiyalar


Download 1.48 Mb.
bet1/8
Sana09.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1476511
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xolida KURS ISHI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI


“PEDAGOGIKA” KAFEDRASI
“PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK FANLARNI O’QITISH METODIKASI” FANIDAN
Mavzu: Zamonaviy didaktik konsepsiyalar
Kurs ishi
Bajardi: 4-kurs SPP 1-19 ­­talabasi Abdukarimova Xolida
Ilmiy raxbari: _______________________________


Guliston- 2023

MUNDARIJA


KIRISH

ASOSIY QISM

I BOB. Didaktika, uning asosiy kategoriyalari
1.1. Didaktika nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.
1.2 Ta’lim paradigmalari. Ta’lim prinsiplari.

II BOB. Zamonaviy didaktik konsepsiyalar
2.1 Ta’lim mazmuni, davlat ta’lim standartlari.
2.2. “O‘qitish metodlari” va “usullari” tushunchalarining mohiyati. O‘qitish metodlarining tasnifi.O’qitish metodlariga qo’yilidigan pedagogik talablar va ularni guruhlash.


XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Ishning dolzarbligi: Didaktika umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. Didaktika har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va maʼrifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun didaktikaning tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi.
Oʻzbek milliy pedagogikasi tarixida ham didaktikaning asosiy xususiyatlarini aks ettirishga bagʻishlangan koʻpgina tadqiqotlar mavjud. Garchi turkiy mutafakkirlarning asarlarida didaktika hozirgi nom bilan atalmagan boʻlsada, lekin ular taʼlim jarayonining qonuniyatlarini belgilashi, uni tashkil etishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatishi jihatidan beqiyos ahamiyatga ega. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Al-Fargʻoniy, Margʻinoniy, Davoniy, Alisher Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning taʼlimni uyushtirish, uning samaradorligini oshirish, oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlari borasidagi qarashlari jahon ped. taraqqiyotining oʻziga xos bosqichini tashkil etadi. Muayyan yoshdagi bolalarni jamoa tarzida bir joyda oʻqitishning samaradorligi ilk bor Ibn Sino tomonidan koʻrsatib berilgan boʻlsa, muallimning oʻzida ezgu insoniy sifatlar boʻlmasa, bolalarda bunday hislatlarni shakllantirish mumkin emasligi Navoiy asarlarida aks etgan. Margʻinoniy esa, bilimlarni oʻzlashtirish yuzasidan umumiy tavsiyalar beribgina qolmay, oʻrganilgan tushunchalarni bolalar xotirasida uzoqroq saklash yuzasidan aniq metodik usullar ham tavsiya etgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishtandan soʻng oʻzbek ped. fani va amaliyoti milliy asoslarga tayangan holda didaktikaning tamomila yangicha yoʻnalishda taraqqiy etishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ongning oʻzgarishi pedagogik tafakkurning sogʻlomlashuviga, u esa, oʻz navbatida, didaktikaning milliy asoslarda rivojlana boshlashiga olib keldi. Bunda milliy didaktikaning asosiy tamoyillarini toʻgʻri belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Milliy didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri taʼlimning insoniylashuvidir. Mazkur tamoyil taʼlim jarayoni uchun bilim emas, balki oʻquvchi shaxsi asosiy kadriyat ekanligini anglatadi. Bunda oʻquvchi shaxsini shakllantirishga ustuvor oʻrin beriladi. Taʼlimning insonparvarlashuvi tamoyili oʻzbek didaktikasining asosiy talablaridan boʻlib, taʼlim mazmoʻnini belgilash va pedagogik amaliyotni tashkil etishda shaxs maʼnaviyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv fanlariga ustuvor ahamiyat berilishini kuzda tutadi. Estetik, badiiy turkumdagi predmetlarni oʻqitishga alohida eʼtibor qaratish yoʻli bilan bolalarning hissiyotini shakllantirishga erishish, ularda iroda xususiyatlarini tarkib toptirish muhimdir. Oʻquvchi maʼnaviyati bilan uning oʻzlashtirishi oʻrtasida uzviy aloqa borligi zamonaviy psixologiya fani tomonidan asoslab berilgan. Bu holatni hisobga olmay ish koʻrgan ped. muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. Milliy didaktika taraqqiyotini taʼminlaydigan tamoyillardan yana biri taʼlimning yaxlitligidir. Dunyodagi narsa-hodisalar yaxlit va bir-biridan ajralmagan holda mavjud ekan, uni urganish ham imkon qadar yaxlit tarzda amalga oshirilishi kerak. Taʼlim jarayonida oʻquv predmetlari miqdorini koʻpaytirish emas, balki olamni bilish vositasi boʻlmish oʻquv fanlarini imkon qadar umumlashtirish yoʻlidan borish lozim. Shuning uchun ham mustaqil Oʻzbekistonning yangilangan oʻquv rejalarida taʼlimning asosiy yetti tarmogʻi belgilangan boʻlib, oʻquv fanlari miqdorini zaruratga qarab oʻzgarib turishi koʻzda tutilgan. Taʼlim jarayonida oʻquvchilarning alohida jihatlarini hisobga olish ham didaktikaning asosiy tamoyillaridan sanaladi. U oʻqitish jarayonini har bir oʻquvchiga xos xususiyatlarni koʻzda tutgan holda tashkil qilishni taqozo etadi. Maʼlumki, har qanday shaxs muayyan geografik muhitda shakllanadi. Uning tabiatida oʻsha muhitga xos jihatlar muhrlangan boʻladi. Shuning uchun ham oʻqitish jarayonida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili ham didaktikaning zarur talablaridan biridir. OʻzRning „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da mazkur tamoyilga alohida eʼtibor qaratilgan. Tarbiyaning ustuvorligi ham bugungi oʻzbek didaktikasining asosiy tamoyillaridan sanaladi. Komil shaxsni tarbiyalash har qanday taʼlim muassasasining asosiy vazifasiga aylandi. Maʼnaviyatni shakllantirish maksad darajasiga koʻtarilgan sharoitda tarbiyaga ustuvor maqom berilishi tabiiydir. Milliy didaktika oʻquvchilarni taʼlim jarayonining ishtirokchilarigina emas, balki ijrochilari deb qarashni ham koʻzda tutadi. Taʼlim oʻquvchilarning ichki ehtiyojiga aylanmasa, ular bu jarayonda faol ishtirok etmasalar, hech qanday ijobiy samaraga erishib boʻlmaydi.
Didaktika taʼlim usullari muammosini ham qamrab oladi. Oʻqituvchi biror predmet boʻyicha oʻquvchilarning tizimli bilim olishini taʼminlash maqsadi sari intilar ekan, maʼlum ishlarning bajarilish namunasini koʻrsatadi. Ayni vaqtda, u taʼlimning barcha bosqichlarida uquvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlaydi. Oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligida tajriba va kuzatuvlari asosida yangi bilimlarni oʻzlashtiradi. Ularga chuqur va mustaqil oʻzlashtirishlari, oʻrgangan bilimlarini amaliyotda ijodiy qoʻllashlari uchun maxsus topshiriklar beriladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling