Mavzu: “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi bo’yicha maktab dasrliklari bilan ishlash
Download 404.1 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Darslik tahlili
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya fani 7-sinflari uchun darslik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan bo‘lib 2017 yil “Sharq”nashriyotida chop etilgan. Darsliklikning mualliflari Sh.Sharipov, O.Qo‘ysinov va Q.Abdullaevalardir. Darslik mundarija qismi bilan 237 bet. Darslikda texnologiya va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha: 1-bob. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi 1.1. Umumiy tushunchalar 3 ta mavzu 1.2. Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish 3 ta mavzu 1.3. Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish 1 ta mavzu 1.4. Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi 4 ta mavzu 2-bob. Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi 1 ta mavzu 3-bob. Metallga ishlov berish texnologiyasi 3.1. Umumiy tushunchalar 2 ta mavzu 3.2. Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish 2 ta mavzu 3.3. Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish 2 ta mavzu 3.4. Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi 2 ta mavzu 4-bob. Elektrotexnika ishlari 5 ta mavzu 5-bob. Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash 3 ta mavzu Darslikda Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Mustaqil amaliy ish Amaliy mashg‘ulot Jihozlar Ishni bajarish tartibi Muammoli topshiriq Kasb-hunarga oid ma’lumotlar O’quv dasturiga ko’ra o’quvchilarga yog’ochga ishlov berish texnologiyasi 5-sinfdan boshlab o’rgatiladi. Tayyorlangan taxta, brus va hokazolar yog’och materiallar hisoblanadi. Yog’och g’ulalari (tana qismlari) har xil uzunlikda bo’ladi. Yog’och materiallar xalq xo’jaligining juda ko’p sohalarida ishlatiladi. Yog’och matriEllardan romlar, eshiklar, mebellar yasaladi, pol qilinadi va uylar quriladi. Yog’ochlar xalq xo’jaligining ko’p sohalarida keng qo’llaniladi, o’quvchilarga ularning turlari xaqida batafsilroq ma’lumot berish muhimdir. 6-sinfdagi texnik mehnat ta’limi mashg’ulotlarida yog’och materiallar, yupqa metall list va simlar bilan ishlash texnologiyasi davom ettiriladi. O’quvchilarni yog’ochni ishlashda turli xil operasiyalarni bajarish, turli xil detalar tayyorlashni o’rganadilar. 6-sinfda asosiy o’tiladigan mavzular dasto’rga ko’ra o’quvchilarni yog’ochning alohida xossalari bilan tanishtirish, yog’ochlarni mixlarni ushlab qolish xususiyati, uning nuqsonlari, maxalliy yog’och turlarining xususiyatlari hamda duradgorlikda ishlatiladigan Elimlar, ularni tayyorlash va foydalanish qoidalarini o’rgatishni nazarda to’tadi. 7-sinfda o’quv dasturiga ko’ra materialshunoslik asoslaridan o’quvchilarga yog’ochdan ishlanadigan buyumlarga pardoz berishda ishlatiladigan materiallar, yog’ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta’sirlarga chidamliligi, yog’ochni quritish va saqlash qoidalarini o’rgatish mehnat ta’limi darsliklaridan o’rin olgan. 7-sinfda texnik mehnat ta’limi mashg’ulotlarida boshqa o’quv predmetlari qatorida olingan bilimlar yanada kengroq qo’llaniladi. Shuning uchun o’qituvchi texnik mehnat ta’limini boshqa predmetlar bilan bog’lashga doir ayrim ma’lumotlarni takrorlab, o’quv ustaxonsidagi ichki tartib va xavfsizlik texnikasi qoidalarini eslatib o’tadi. O’quv yili mobaynida duradgorlik kasblari bo’yicha anchagina ma’lumotlarni bilib olish mumkinligini uqtiradi. 5-7 sinflarda texnik mehnat ta’limi mashg’ulotlarida yog’och materiallar bilan ishlash texnologiyalari o’rgatiladi. O’quvchilar yog’ochni ishlashda turli xil operasiyalarni bajarish, undan burchakli prizmatik detallar yasash, mix va shruplardan foydalanish, to’g’ri burchakli tekis yuzali buyumlar tayyorlash, harakatni o’zgartiruvchi mexanizmlarni o’rganadilar. O’quv dasturida texnik mehnat ta’limining hamma qismlari bo’yicha yasaladigan buyumlar ifodalangan, amalda esa maxalliy sharoitni hisobga olib mehnat obEktini dastur talab qilgan operasiyalarni saqlagan holda almashtirish mumkin. Buyumlarni yasashdan oldin o’quvchilarni buyumlarning chizmalari bilan tanishtirish, ba’zi hollarda buyum konstruksiyasi, undagi detallarning texnik chizmasi va operasion kartalarni ishlab chiqishni dars vaqtida mustaqil ish yoki uyga vazifa sifatida topshirish maqsadga muvofiqdir. O’quv dasturiga ko’ra 5-sinfda asbob-uskunalar va ularni ishlatishni o’rgatishga jami 10 soat vaqt ajratilgan. 5-sinf o’quvchilariga duradgorlik dastgohining tuzilishi va undan foydalanish qoidalari, o’lchash va rejalash asboblari, arra turlari, tokarlik dastgoh qismlarini o’rganish, iskanalarning turlari ulardan foydalanish, plastinkali vdiskali arralar va ularning qismlarini o’rganish, randa turlari, ularni ishga tayyorlash qoidalari, asboblarni saqlashsh qoidalarini o’rgatish o’quv dasturidan o’rin olgan. Yog’och materiallar bilan ishlashni boshlashdan oldin o’quvchilarga duradgorlik dastgohining vazifasini va undan foydalanish yo’llarini o’rgatish, dastgohni namoyish qilish orqali duradgorlik dastgohi maxsus oyoqlarga o’rnatilgan ish stolidan iborat bo’lib, duradgorlik ishlariga moslangan standart kontstruksiya bilan maxsus duradgorlik zavodlarida ishlab chiqarilishini, bu dastgohda juda ko’p duradgorlik ishlari bajarilishini tushuntirish kerak. Har bir ish o’rnida, ya’ni dastgohda zarur individual asboblar, yog’och materiallar, masalan, arra, randa, bolg’a, iskana, andaza va hokazolar bo’lishi, ular texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgai holda dastgoh noviga, devorga osiladigan maxsus asboblar tokchasiga, dastgoh oyoqlarini biriktiruvchi bo’ylama kataklar ustiga o’rnatilgan taglik taxtaga joylashtirilishi kerak. Mehnat ta’limi o’qituvchisi o’quvchilarning ustaxonada unumli shilashini ta’minlash uchun dastgohlarni ularning bo’yi bastiga moslashtirishi kerak. Shuningdek, dastgoh qismlarining butunligini, ish taxtasining tekisligi va hokazolarni vaqti-vaqtida kuzatib, tekshirib turishi kerak. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar yog’och-taxta materiallari bilan tanishishgach, qo’l arra bilan zagatovkani 45-90 burchak ostida arralashni mashq qiladilar. Buning uchun o’qituvchi ustaxonadagi har bir ish o’rnida bittadan arra va zagatovka tayyorlab qo’yishi kerak. O’quvchilar zagatovkani ikki usulda: yog’och tolalariga ko’ndalang va bo’ylama arralab qurishlari, lekin har ikki usulda ham rejalaovchi asboblar yordamida arraning yo’nalishi uchun reja chiziqlarini o’tkazishlari kerak. O’qituvchi arra reja chizig’idan chetga chiqmasligi lozimligini, ana shundagina zagatovka to’g’ri arralanishini o’qtirishi kerak. 6-sinfda o’quvchilarga yog’ochni o’yish, parmalash qurilmalarining tuzilishi, ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari, duradgorlik asboblaridan unumli foydalanish qoidalari, asboblarni sozlash, yasaladigshan buyumlarning texnologik kartalarini tuzish ishlari o’rgatiladi. O’qituvchi o’quvchilarga buyum detallarini yasash uchun har bir detalning baza yuzasi tayyorlanishini, duradgorlikda detalni rejalash eng asosiy ish hisoblanishini aytadi. Sungra 5-sinfda yog’ochga detalni rejalashda burchaklikdan foydalanilganligini eslatib, duradgorlikdagi rejalash qurollaridan biri xatkashning tuzilishi va uni ishlatish qoidasini tushuntiradi. Xatkash bilan yog’och qirralariga parallel chiziqlarni aniq o’tkazish uchun yog’och-taxta randalanadi. Yog’och-taxtalarni randalash-duradgorlikdagi eng asosiy ko’p mehnat talab qiladigan operasiyadir. O’qituvchi ana shularni ta’kidlab, randaning tuzilishi, uning turlari va vazifalarini qisqacha tushuntirib o’tadi. Shu tariqa mavzular ham nazariy jixatdan to’la yoritilib o’quvchilarning amaliy ko’nikma va malakalari shakllantiriladi. 7-sinfda o’quvchilariga dastgohning kinematik sxemasi, yog’ochga mexaniq ishlov berish, qirqish va randalashda ishlarida ishlatiladigan asbob uskunalar, keskich turlari va ularning ishlatish texnologiyasi, yog’ochga ishlov beruvchi chilangarlik dastgohini ishga tayyorlashni o’rgatish ishlari ko’zda tutilgan. O’quv dasturiga ko’ra 5-sinfda o’quvchilarga yog’ochga ishlov beradigan stanoklar va ular haqida tushuncha, mashinalarning asosiy qismlari dvigatel va uzatish mexanizmi, mashinalarning asosiiy detallari (val, uklar, dastalar, maxkamlash detallari va boshqalar), vintli mexanizm, uning tuzilishi va vazifasi, detallarning konstruktiv elementlarini o’rgatish ko’zda tutilgan, O’qituvchi o’quv ustaxonasida yog’och buyum detallarni silindr, konus va boshqa shakllarda yo’nish ishlari tokarlik stanogida bajarilishini, bu stanok kam vaqt, mehnat va mablag’ sarflab ko’p mahsulot tayyorlash imkonini berishini, mahsulot tannarxini arzonlashtirishini, ishni osonlashtirishi va hokazolarni aytib, o’quvchilarni mazkur stanokning turlari, ularning tuzilishi, vazifasi bilan tanishtiradi. O’quvchilar 5-sinfda esa stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari, tokarlik stanogining ish tamoillari, stanoklarning tuzilishidagi umumiylik tushuntirib beriladi. O’qituvchi kishilarni mehnatini osonlashtiradigan turli mashinalar, apparatlar va qurilmalar mavjudligini aytib, ular haqida texnik-texnologik ma’lumotlar beradi. Masalan: mashinalar, stanoklar va texnik qurilmalarning asosi ulardagi mexanizmlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari har xilligini, ularning hammasi ham uz o’rnida juda muxim ahamiyat kasb etishini tushuntiradi. Bir kancha qismlardan iborat bo’lib, foydali ish bajaradigan mexanizmlar mexanik mashinalar deb atalishi, ulardan xalq xo’jaligining barcha sohalarida keng foydalanilayotgani va hokazolar tushuntirilganch, mexanizmlar haqida ya’ni aylanma harakat uzatmalarining vazifasi, tuzilishi va kullanishi to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Shundan sung amaliy ish sifatida tokarlik stanogining kinematik sxemasini chizish va tasmalar to’rini aniqlash tavsiya etiladi. Bunda avval shkiflar diametrini o’lchash o’qituvchining bevosita raxbarligida bajariladi. O’quvchilar tasmali uzatmalar texnikaning qaysi sohadlarida ishlatilishiga misollar topshiriqni bajargan ishlari yuzasidan hisobot yozishlari, o’qituvchi esa ularning bajargan ishlarini va harakatni o’zgartiruvchi mexanizmlar haqida bilimlarini baxolashi lozim. 7-sinfda esa o’quvchilar tokarlik vint qirqish stanogida rezba qirqish, TSD- 120 stagnogini o’rganish va ishlash, plashka va metchiqlarda ish o’rganish, frezalash stanogining tuzilishini o’rganish, parmalash stanogini tuzilishini o’rganish va ular ish bajarish bilan aynan 7 - s infga borganda tanishadilar va ularning amaliy kunikma va malakalari shakllanadi. Yog’och ishlanadigan tokarlik stanogida mashg’ulot o’tkazishda har qaysi stanokda ikkitadan o’quvchi shugullanadi: bir o’quvchi ishchi, ikkinchi o’quvchi ishchi o’quvchi nazoratchi vazifasini utaydi.nazoratchi o’quvchi ishchi ishiga aralashmaydi, stanokni ishga sozlashda unga yog’och o’rnatish yoki tayyor buyumni olishda, stanokni yurgizish yoki tuxtatishda unga yordam bermayodi. Fakat ishchining harakatini kuzatib xato va kamchiligini kursatadi va undan ish o’rganadi. nazoratchi xavfsizlik texnikasi qoidasi buzilsagina stanokni tuxtatishga yordam beradi. Bir o’quvchi ma’lum ishni bajarib yoki buyumni tayyorlab bo’lgach, ular o’rin almashadilar. O’quv dasturiga ko’ra 5-7 sinflarda mahsulotlar ishlab chiqarish texnoloiyasi bo’yicha o’quvchilarga yoggoch namunalaridan turli xil buyumlar tayyorlash ishlarini o’rgatishni ko’zda tutu ad i. 5-sinfda duradgorlik buyumlari, detallarini biriktirish usuli, ularni Elimlab biriktirish, buyumlarni rezbali birikmalar, mixlar, boshqa vositalar bilan biriktirish, fanera tayyorlash, buyumlar sirtini pardozlash va detallarni konstruksiyalash, yog’ochdan uy-ruzgor buyumlari tayyorlash ham da parmalash ishlari o’rgatiladi. Masalan, 5-sinfda o’quvchilarga «Detallar tayyorlash va buyumni yigish» mavzusi ukitilganda o’quvchilarga to’g’ri burchakli detallarni yasash va ularni buyum qilib yigish tartibini o’rgatiladi. O’qituvchi darsda o’quvchilar oldiga yog’och taxta materialdan to’g’ri burchakli detallarni yasa shva ularni yigib buyum tayyorlash vazifasini kuyadi. Ish obEkti sifatida sabzi taxtani olish mumkin. o’qituvchi sabza taxtani kursatib u nechta detaldan iboratligini, ulaning kanday ko’rinishda ekanini suraydi.Javoblar umumlashtirilgach, o’quvchilar sabzi taxta uchta detaldan iborat ekanligini bilib oladilar. Biror buyumni yasashdan oldin uning shakli, vazifasi, tuzilishi va o’lchamlarini , buyum ga ketadigan materialini aniqlab olish kerakligi ta’kidlanadi. Hamma buyumlarning detallarini tayyorlash va yigishni ogzaki tushuntirish ancha kiyin. Shuning uchun tayyorlanadigan buyumning texnik chizmasida uning shakli va o’lchamlari aks ettiriladi. Eskiz yoki chizmadagi o’lchamlarni to’g’ri talkin qilish usullarini o’qituvchi moxirona o’quvchilar ongigsha Etkazib berishi kerak. 6-sinfda o’quvchilar yog’ochga ishlov berish texnologiyasi yo’nalishi bo’yicha boshqa fanoar bilan alokadorlik masalalariga katta e’tibor karatilishi kerak. Chizmachilik Fani bilan boglangan holda yog’ochlarga turli xil shakllar berish, yog’och uymakorligi, kulda o’yish ishlari o’rgatib borilishi kerak. 7- sinf o’quvchilariga yog’ochlarni kuritish yo’llari, duradgorlikda ishlatiladigan texnologik xujjatlar, texnologik kartalar va ularga kuyiladigan talablar, mehnat xavfsizligi qoidalari, yog’och buyumlarni pardozlash,ularni saqlashsh qoidalari, duradgorlik dastgohining kinematik sxemasi, stanokda yog’ochlarga ishlov berish ishlari o’rgatiladi. Xalq hunarmandchiligi yo’nalishi bo’yicha birinchi navbatda o’quvchilarga yog’ochga ishlov berish sohasidagi xalq hunarmandchiligi kasblari haqida ma’lumotlar beriladi. Yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan asbob va moslamalar, yog’och o’ymakorlik san’atining o’ziga xos hususiyatlari, o’ymakorlikda ishlatiladigan daraxt turlari ( qarag’ay, tilag’och, qarag’ay, arg’uvon, tog’ teragi, terak, oq qayin, shumtol, zarang, chinor, o’rik, archa), bundan tashqari yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan yordamchi materiallar va asboblar, ularning ish uslublari, naqshlar hosil qilish ishlari hammasi 5-sinfda o’rgatilishi ko’zda tutilgan. 6-sinfda esa xalq hunarmandchiligining hozirgi zamondagi roli va o’ziga xos xususiyatlari, imoratsozlik va yog’och o’ymakorligi va o’ymakorlik tarixi, me’morchilik, mehnat buyumlari yasash (beshik, sandiq, lagan, qoshiq) yasash ishlari o’rgatiladi. Bulardan tashqari xalq hunarmandchiligi buyumlariga bo’lgan davlat va aholi extiyojlari ham o’rganib chiqiladi. 7-sinf o’quvchilariga yog’ochga ishlov beradigan xalq hunarmandlarining bozor munosabatlaridagi faoliyatlarini o’rganish, mustaqil ravishda kompozisiyalar tuzish koidalari, naqshlar o’yish, pardozlash, xalq hunarmandchiligida faydalaniladigan materiallar, asbob uskunalar, yog’ochga ishlov berish kasblarining umumiy xususiyatlari xaqidagi ma’lumotlar berib boriladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Texnik mexnat ta’limining mazmuni nimadan iborat? 2. 5- 7 sinflarda kanday texnika xavfsizligi koidalariga rioya kilinadi? 3. 5-7 sinf ukuvchilari ishlaydigan kul asboblarining nomlarini ayting. Duradgorlik ustaxonalarida kanday stanoklar bulishi kerak? Download 404.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling