Mavzu: “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi bo’yicha maktab dasrliklari bilan ishlash
Download 404.1 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
3-MA’RUZA MASHG‘ULOTI Mavzu: “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi bo’yicha maktab dasrliklari bilan ishlash (2 soat) Reja: 1. 5-sinf “Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha maktab darsliklari bilan ishlash. 2. 6-sinf “Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha maktab darsliklari bilan ishlash. 3. 7-sinf “Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha maktab darsliklari bilan ishlash. Tayanch so‘z va iboralar: darslik, o‘quv qo‘llanma, adabiyot, uzluksiz ta’lim, uy vazifasi, tushuntirish, tushuncha, og‘zaki nutq. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati 1. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’limi standartlari va o’quv dasturlari. «Ta’lim taraqqiyoti» 1U- maxsus son. 1999 yil. 2. Texnologiya fani bo‘yicha 5-7 sinflar bo‘yicha yaratilgan darsliklar. 3. Muslimov N.A., Sharipov Sh.S. va boshqalar. Mehnat ta`limi metodikasi. Kasb tanlashga yo‘llash. T.2014 y. 4. Jo‘rayev D.X., Tolipov O‘.Q. Pedagogik atamalar lug‘ati. Toshkent. O‘z.Res.FA “Fan” 2008. 5. J.Ramizov «O’quv ustaxonalarida amaliy mashg’ulotlar» T.»O’qituvchi» 1984. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya fani Texnologiya va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha darsliklarning yaratilishi va ularni tahlil qilish quyidagilardan iborat. Eng avvalo darsliklarni yaratishga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi. 1. Davlat ta’lim standartlariga javob berishi; 2. Dastur asosida yaratilishi; 3. Yo‘riqnoma (konsepsiya) ga muvofiq bo‘lishi; 4. Ta’lim bosqichlari orasidagi uzviylik va uzluksizligiga javob bera olishi; 5. Darsliklar hajm jihatidan javob bermasligi; 6. Tili sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi; 7. Mavzular va beriladigan topshiriqlar bolaning yoshiga mos bo‘lishi. Texnologiya fani bo‘yicha yaratiladigan darsliklar, birinchi navbatda o‘quvchini qiziqtiradigan, faqat bilim berish bilan cheklanib qolmasdan, bolani faoliyatiga, amaliy ishga chorlaydigan bo‘lishi, uning mustaqil fikrlashiga, ijodiy izlanishiga, ichki imkoniyatini ro‘yobga chiqarishiga yordam berishi zarur. Chunki texnologiya fanidan o‘tiladigan mavzularning asosiy va ko‘p qismini amaliy ish bajarish bilan tashkil qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya fani 6-sinflari uchun darslik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan bo‘lib 2017 yil “Sharq”nashriyotida chop etilgan. Darsliklikning mualliflari Sh.Sharipov, O.Qo‘ysinov va Q.Abdullaevalardir. Darslik mundarija qismi bilan 238 bet. Darslikda texnologiya va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha: 1-bob. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi 1.1. Umumiy tushunchalar 2 ta mavzu 1.2. Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish 5 ta mavzu 1.3. Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish 3 ta mavzu 1.4. Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi 8 ta mavzu 2-bob. Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi 3 ta mavzu 3-bob. Metallga ishlov berish texnologiyasi 3.1. Umumiy tushunchalar 1 ta mavzu 3.2. Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish 2 ta mavzu 3.3. Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish 2 ta mavzu 3.4. Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi 8 ta mavzu 4-bob. Elektrotexnika ishlari 11 ta mavzu 5-bob. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari 2 ta mavzu Darslikda Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Mustaqil amaliy ish Jixozlar Muammoli topshiriq Kasb-hunarga oid ma’lumotlarga shartli belgilar berilgan. Download 404.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling