Mavzu: “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi bo’yicha maktab dasrliklari bilan ishlash


Download 404.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.04.2023
Hajmi404.1 Kb.
#1359933
1   2
Bog'liq
3-Maruza

Darslik tahlili 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya fani 7-sinflari uchun 
darslik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan bo‘lib 2017 yil 
“Sharq”nashriyotida chop etilgan. 
Darsliklikning mualliflari Sh.Sharipov, O.Qo‘ysinov va Q.Abdullaevalardir. 
Darslik mundarija qismi bilan 237 bet. Darslikda texnologiya va dizayn yo‘nalishi 
bo‘yicha: 
1-bob. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi 
1.1. Umumiy tushunchalar 
3 ta mavzu 
1.2. Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish 
3 ta mavzu 


1.3. Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish 
1 ta mavzu 
1.4. Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi 
4 ta mavzu 
2-bob. Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi 
1 ta mavzu 
3-bob. Metallga ishlov berish texnologiyasi 
3.1. Umumiy tushunchalar 
2 ta mavzu 
3.2. Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish 
2 ta mavzu 
3.3. Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish 
2 ta mavzu 
3.4. Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi 
2 ta mavzu 
4-bob. Elektrotexnika ishlari 
5 ta mavzu 
5-bob. Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash 
3 ta mavzu 
Darslikda Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
Mustaqil amaliy ish 
Amaliy mashg‘ulot 
Jihozlar 
Ishni bajarish tartibi 
Muammoli topshiriq 
Kasb-hunarga oid ma’lumotlar 
 
O’quv dasturiga ko’ra o’quvchilarga yog’ochga ishlov berish texnologiyasi 
5-sinfdan boshlab o’rgatiladi. 


Tayyorlangan taxta, brus va hokazolar yog’och materiallar hisoblanadi. 
Yog’och g’ulalari (tana qismlari) har xil uzunlikda bo’ladi. Yog’och materiallar 
xalq xo’jaligining juda ko’p sohalarida ishlatiladi. Yog’och matriEllardan romlar, 
eshiklar, mebellar yasaladi, pol qilinadi va uylar quriladi. Yog’ochlar xalq 
xo’jaligining ko’p sohalarida keng qo’llaniladi, o’quvchilarga ularning turlari 
xaqida batafsilroq ma’lumot berish muhimdir. 
6-sinfdagi texnik mehnat ta’limi mashg’ulotlarida yog’och materiallar, 
yupqa metall list va simlar bilan ishlash texnologiyasi davom ettiriladi. 
O’quvchilarni yog’ochni ishlashda turli xil operasiyalarni bajarish, turli xil detalar 
tayyorlashni o’rganadilar. 
6-sinfda asosiy o’tiladigan mavzular dasto’rga ko’ra o’quvchilarni 
yog’ochning alohida xossalari bilan tanishtirish, yog’ochlarni mixlarni ushlab 
qolish xususiyati, uning nuqsonlari, maxalliy yog’och turlarining xususiyatlari 
hamda duradgorlikda ishlatiladigan Elimlar, ularni tayyorlash va foydalanish 
qoidalarini o’rgatishni nazarda to’tadi. 
7-sinfda o’quv dasturiga ko’ra materialshunoslik asoslaridan o’quvchilarga 
yog’ochdan ishlanadigan buyumlarga pardoz berishda ishlatiladigan materiallar, 
yog’ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta’sirlarga 
chidamliligi, yog’ochni quritish va saqlash qoidalarini o’rgatish mehnat ta’limi 
darsliklaridan o’rin olgan. 
7-sinfda texnik mehnat ta’limi mashg’ulotlarida boshqa o’quv predmetlari 
qatorida olingan bilimlar yanada kengroq qo’llaniladi. Shuning uchun o’qituvchi 
texnik mehnat ta’limini boshqa predmetlar bilan bog’lashga doir ayrim 
ma’lumotlarni takrorlab, o’quv ustaxonsidagi ichki tartib va xavfsizlik texnikasi 
qoidalarini eslatib o’tadi. O’quv yili mobaynida duradgorlik kasblari bo’yicha 
anchagina ma’lumotlarni bilib olish mumkinligini uqtiradi. 
5-7 sinflarda texnik mehnat ta’limi mashg’ulotlarida yog’och materiallar 
bilan ishlash texnologiyalari o’rgatiladi. O’quvchilar yog’ochni ishlashda turli xil 
operasiyalarni bajarish, undan burchakli prizmatik detallar yasash, mix va 


shruplardan foydalanish, to’g’ri burchakli tekis yuzali buyumlar tayyorlash, 
harakatni o’zgartiruvchi mexanizmlarni o’rganadilar. 
O’quv dasturida texnik mehnat ta’limining hamma qismlari bo’yicha 
yasaladigan buyumlar ifodalangan, amalda esa maxalliy sharoitni hisobga olib 
mehnat obEktini dastur talab qilgan operasiyalarni saqlagan holda almashtirish 
mumkin. Buyumlarni yasashdan oldin o’quvchilarni buyumlarning chizmalari 
bilan tanishtirish, ba’zi hollarda buyum konstruksiyasi, undagi detallarning texnik 
chizmasi va operasion kartalarni ishlab chiqishni dars vaqtida mustaqil ish yoki 
uyga vazifa sifatida topshirish maqsadga muvofiqdir. 
O’quv dasturiga ko’ra 5-sinfda asbob-uskunalar va ularni ishlatishni 
o’rgatishga jami 10 soat vaqt ajratilgan. 5-sinf o’quvchilariga duradgorlik 
dastgohining tuzilishi va undan foydalanish qoidalari, o’lchash va rejalash 
asboblari, arra turlari, tokarlik dastgoh qismlarini o’rganish, iskanalarning turlari 
ulardan foydalanish, plastinkali vdiskali arralar va ularning qismlarini o’rganish, 
randa turlari, ularni ishga tayyorlash qoidalari, asboblarni saqlashsh qoidalarini 
o’rgatish o’quv dasturidan o’rin olgan. 
Yog’och materiallar bilan ishlashni boshlashdan oldin o’quvchilarga 
duradgorlik dastgohining vazifasini va undan foydalanish yo’llarini o’rgatish, 
dastgohni namoyish qilish orqali duradgorlik dastgohi maxsus oyoqlarga 
o’rnatilgan ish stolidan iborat bo’lib, duradgorlik ishlariga moslangan standart 
kontstruksiya bilan maxsus duradgorlik zavodlarida ishlab chiqarilishini, bu 
dastgohda juda ko’p duradgorlik ishlari bajarilishini tushuntirish kerak. 
Har bir ish o’rnida, ya’ni dastgohda zarur individual asboblar, yog’och 
materiallar, masalan, arra, randa, bolg’a, iskana, andaza va hokazolar bo’lishi, ular 
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgai holda dastgoh noviga, devorga 
osiladigan maxsus asboblar tokchasiga, dastgoh oyoqlarini biriktiruvchi bo’ylama 
kataklar ustiga o’rnatilgan taglik taxtaga joylashtirilishi kerak. 
Mehnat ta’limi o’qituvchisi o’quvchilarning ustaxonada unumli shilashini 
ta’minlash uchun dastgohlarni ularning bo’yi bastiga moslashtirishi kerak. 


Shuningdek, dastgoh qismlarining butunligini, ish taxtasining tekisligi va 
hokazolarni vaqti-vaqtida kuzatib, tekshirib turishi kerak. 
Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar yog’och-taxta materiallari bilan 
tanishishgach, qo’l arra bilan zagatovkani 45-90 burchak ostida arralashni mashq 
qiladilar. Buning uchun o’qituvchi ustaxonadagi har bir ish o’rnida bittadan arra va 
zagatovka tayyorlab qo’yishi kerak. 
O’quvchilar zagatovkani ikki usulda: yog’och tolalariga ko’ndalang va 
bo’ylama arralab qurishlari, lekin har ikki usulda ham rejalaovchi asboblar 
yordamida arraning yo’nalishi uchun reja chiziqlarini o’tkazishlari kerak. 
O’qituvchi arra reja chizig’idan chetga chiqmasligi lozimligini, ana shundagina 
zagatovka to’g’ri arralanishini o’qtirishi kerak. 
6-sinfda o’quvchilarga yog’ochni o’yish, parmalash qurilmalarining 
tuzilishi, ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari, duradgorlik asboblaridan unumli 
foydalanish qoidalari, asboblarni sozlash, yasaladigshan buyumlarning texnologik 
kartalarini tuzish ishlari o’rgatiladi. 
O’qituvchi o’quvchilarga buyum detallarini yasash uchun har bir detalning 
baza yuzasi tayyorlanishini, duradgorlikda detalni rejalash eng asosiy ish 
hisoblanishini aytadi. Sungra 5-sinfda yog’ochga detalni rejalashda burchaklikdan 
foydalanilganligini eslatib, duradgorlikdagi rejalash qurollaridan biri xatkashning 
tuzilishi va uni ishlatish qoidasini tushuntiradi. Xatkash bilan yog’och qirralariga 
parallel chiziqlarni aniq o’tkazish uchun yog’och-taxta randalanadi. 
Yog’och-taxtalarni randalash-duradgorlikdagi eng asosiy ko’p mehnat talab 
qiladigan operasiyadir. O’qituvchi ana shularni ta’kidlab, randaning tuzilishi, uning 
turlari va vazifalarini qisqacha tushuntirib o’tadi. Shu tariqa mavzular ham nazariy 
jixatdan to’la yoritilib o’quvchilarning amaliy ko’nikma va malakalari 
shakllantiriladi. 
7-sinfda o’quvchilariga dastgohning kinematik sxemasi, yog’ochga mexaniq 
ishlov berish, qirqish va randalashda ishlarida ishlatiladigan asbob uskunalar, 
keskich turlari va ularning ishlatish texnologiyasi, yog’ochga ishlov beruvchi 
chilangarlik dastgohini ishga tayyorlashni o’rgatish ishlari ko’zda tutilgan. 


O’quv dasturiga ko’ra 5-sinfda o’quvchilarga yog’ochga ishlov beradigan 
stanoklar va ular haqida tushuncha, mashinalarning asosiy qismlari dvigatel va 
uzatish mexanizmi, mashinalarning asosiiy detallari (val, uklar, dastalar, 
maxkamlash detallari va boshqalar), vintli mexanizm, uning tuzilishi va vazifasi, 
detallarning konstruktiv elementlarini o’rgatish ko’zda tutilgan, 
O’qituvchi o’quv ustaxonasida yog’och buyum detallarni silindr, konus va 
boshqa shakllarda yo’nish ishlari tokarlik stanogida bajarilishini, bu stanok kam 
vaqt, mehnat va mablag’ sarflab ko’p mahsulot tayyorlash imkonini berishini, 
mahsulot tannarxini arzonlashtirishini, ishni osonlashtirishi va hokazolarni aytib, 
o’quvchilarni mazkur stanokning turlari, ularning tuzilishi, vazifasi bilan 
tanishtiradi. 
O’quvchilar 5-sinfda esa stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari, tokarlik 
stanogining ish tamoillari, stanoklarning tuzilishidagi umumiylik tushuntirib 
beriladi. 
O’qituvchi kishilarni mehnatini osonlashtiradigan turli mashinalar, 
apparatlar va qurilmalar mavjudligini aytib, ular haqida texnik-texnologik 
ma’lumotlar beradi. Masalan: mashinalar, stanoklar va texnik qurilmalarning asosi 
ulardagi mexanizmlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari har xilligini, ularning 
hammasi ham uz o’rnida juda muxim ahamiyat kasb etishini tushuntiradi. Bir 
kancha qismlardan iborat bo’lib, foydali ish bajaradigan mexanizmlar mexanik 
mashinalar deb atalishi, ulardan xalq xo’jaligining barcha sohalarida keng 
foydalanilayotgani va hokazolar tushuntirilganch, mexanizmlar haqida ya’ni 
aylanma harakat uzatmalarining vazifasi, tuzilishi va kullanishi to’g’risida 
ma’lumotlar beriladi. 
Shundan sung amaliy ish sifatida tokarlik stanogining kinematik sxemasini 
chizish va tasmalar to’rini aniqlash tavsiya etiladi. Bunda avval shkiflar diametrini 
o’lchash o’qituvchining bevosita raxbarligida bajariladi. O’quvchilar tasmali 
uzatmalar texnikaning qaysi sohadlarida ishlatilishiga misollar topshiriqni bajargan 
ishlari yuzasidan hisobot yozishlari, o’qituvchi esa ularning bajargan ishlarini va 
harakatni o’zgartiruvchi mexanizmlar haqida bilimlarini baxolashi lozim. 


7-sinfda esa o’quvchilar tokarlik vint qirqish stanogida rezba qirqish, TSD-
120 stagnogini o’rganish va ishlash, plashka va metchiqlarda ish o’rganish, 
frezalash stanogining tuzilishini o’rganish, parmalash stanogini tuzilishini 
o’rganish va ular ish bajarish bilan aynan 7 - s infga borganda tanishadilar va 
ularning amaliy kunikma va malakalari shakllanadi. 
Yog’och ishlanadigan tokarlik stanogida mashg’ulot o’tkazishda har qaysi 
stanokda ikkitadan o’quvchi shugullanadi: bir o’quvchi ishchi, ikkinchi o’quvchi 
ishchi o’quvchi nazoratchi vazifasini utaydi.nazoratchi o’quvchi ishchi ishiga
aralashmaydi, stanokni ishga sozlashda unga yog’och o’rnatish yoki tayyor 
buyumni olishda, stanokni yurgizish yoki tuxtatishda unga yordam bermayodi. 
Fakat ishchining harakatini kuzatib xato va kamchiligini kursatadi va undan ish 
o’rganadi. nazoratchi xavfsizlik texnikasi qoidasi buzilsagina stanokni tuxtatishga 
yordam beradi. Bir o’quvchi ma’lum ishni bajarib yoki buyumni tayyorlab 
bo’lgach, ular o’rin almashadilar. 
O’quv dasturiga ko’ra 5-7 sinflarda mahsulotlar ishlab chiqarish texnoloiyasi 
bo’yicha o’quvchilarga yoggoch namunalaridan turli xil buyumlar tayyorlash 
ishlarini o’rgatishni ko’zda tutu ad i. 
5-sinfda duradgorlik buyumlari, detallarini biriktirish usuli, ularni Elimlab 
biriktirish, buyumlarni rezbali birikmalar, mixlar, boshqa vositalar bilan biriktirish, 
fanera tayyorlash, buyumlar sirtini pardozlash va detallarni konstruksiyalash, 
yog’ochdan uy-ruzgor buyumlari tayyorlash ham da parmalash ishlari o’rgatiladi. 
Masalan, 5-sinfda o’quvchilarga «Detallar tayyorlash va buyumni yigish» 
mavzusi ukitilganda o’quvchilarga to’g’ri burchakli detallarni yasash va ularni 
buyum qilib yigish tartibini o’rgatiladi. O’qituvchi darsda o’quvchilar oldiga 
yog’och taxta materialdan to’g’ri burchakli detallarni yasa shva ularni yigib buyum 
tayyorlash vazifasini kuyadi. Ish obEkti sifatida sabzi taxtani olish mumkin. 
o’qituvchi sabza taxtani kursatib u nechta detaldan iboratligini, ulaning kanday 
ko’rinishda ekanini suraydi.Javoblar umumlashtirilgach, o’quvchilar sabzi taxta 
uchta detaldan iborat ekanligini bilib oladilar. Biror buyumni yasashdan oldin 


uning shakli, vazifasi, tuzilishi va o’lchamlarini , buyum ga ketadigan materialini 
aniqlab olish kerakligi ta’kidlanadi. 
Hamma buyumlarning detallarini tayyorlash va yigishni ogzaki tushuntirish 
ancha kiyin. Shuning uchun tayyorlanadigan buyumning texnik chizmasida uning 
shakli va o’lchamlari aks ettiriladi. Eskiz yoki chizmadagi o’lchamlarni to’g’ri 
talkin qilish usullarini o’qituvchi moxirona o’quvchilar ongigsha Etkazib berishi 
kerak. 
6-sinfda o’quvchilar yog’ochga ishlov berish texnologiyasi yo’nalishi bo’yicha 
boshqa fanoar bilan alokadorlik masalalariga katta e’tibor karatilishi kerak. 
Chizmachilik Fani bilan boglangan holda yog’ochlarga turli xil shakllar berish, 
yog’och uymakorligi, kulda o’yish ishlari o’rgatib borilishi kerak. 
7- 
sinf o’quvchilariga yog’ochlarni kuritish yo’llari, duradgorlikda 
ishlatiladigan texnologik xujjatlar, texnologik kartalar va ularga kuyiladigan 
talablar, mehnat xavfsizligi qoidalari, yog’och buyumlarni pardozlash,ularni 
saqlashsh qoidalari, duradgorlik dastgohining kinematik sxemasi, stanokda 
yog’ochlarga ishlov berish ishlari o’rgatiladi. 
Xalq hunarmandchiligi yo’nalishi bo’yicha birinchi navbatda o’quvchilarga 
yog’ochga ishlov berish sohasidagi xalq hunarmandchiligi kasblari haqida 
ma’lumotlar beriladi. Yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan asbob va moslamalar, 
yog’och o’ymakorlik san’atining o’ziga xos hususiyatlari, o’ymakorlikda 
ishlatiladigan daraxt turlari ( qarag’ay, tilag’och, qarag’ay, arg’uvon, tog’ teragi, 
terak, oq qayin, shumtol, zarang, chinor, o’rik, archa), bundan tashqari yog’och 
o’ymakorligida ishlatiladigan yordamchi materiallar va asboblar, ularning ish 
uslublari, naqshlar hosil qilish ishlari hammasi 5-sinfda o’rgatilishi ko’zda tutilgan. 
6-sinfda esa xalq hunarmandchiligining hozirgi zamondagi roli va o’ziga xos 
xususiyatlari, imoratsozlik va yog’och o’ymakorligi va o’ymakorlik tarixi, 
me’morchilik, mehnat buyumlari yasash (beshik, sandiq, lagan, qoshiq) yasash 
ishlari o’rgatiladi. Bulardan tashqari xalq hunarmandchiligi buyumlariga bo’lgan 
davlat va aholi extiyojlari ham o’rganib chiqiladi. 


7-sinf o’quvchilariga yog’ochga ishlov beradigan xalq hunarmandlarining 
bozor 
munosabatlaridagi 
faoliyatlarini 
o’rganish, 
mustaqil 
ravishda 
kompozisiyalar 
tuzish 
koidalari, 
naqshlar 
o’yish, 
pardozlash, 
xalq 
hunarmandchiligida faydalaniladigan materiallar, asbob uskunalar, yog’ochga 
ishlov berish kasblarining umumiy xususiyatlari xaqidagi ma’lumotlar berib 
boriladi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Texnik mexnat ta’limining mazmuni nimadan iborat? 
2. 5- 7 sinflarda kanday texnika xavfsizligi koidalariga rioya kilinadi? 
3. 5-7 sinf ukuvchilari ishlaydigan kul asboblarining nomlarini ayting. 
Duradgorlik ustaxonalarida kanday stanoklar bulishi kerak? 

Download 404.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling