Mavzu: Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalash Reja
Majmuaviy shakllarga taalluqli bo‘lgan holatlar
Download 349.39 Kb. Pdf ko'rish
|
13.JTSN va U 2-III-13
Majmuaviy shakllarga taalluqli bo‘lgan holatlar:
♦ startda maksimal imkoniyatlarcha bo‘lgan tezlikni olish qobiliyati. (start tezlik qobiliyati) sprinterga yugurishdagi start tezligini oshirish, kon’kida yugurish va eshkak eshish sportida, futboldagi, sakrash, tennisdagi koptokni olish; ♦masofa tezligida yuqori darajalarga erishish qobiliyati (masofa tezlik qobiliyati) yugurishda, suzishda. ♦ bir harakatdan boshqasiga tez o‘tishi qobiliyati. Tezlik qobiliyati darajasinirivojlantirish omillari; 1. Asab jarayonining harakatchanligi, ya’ni asab markazining hayajonlanish holatidan tormozlanish holatidagi o‘tish tezligi. 2. Turli mushak to‘qimalari egiluvchanligi va cho‘ziluv-chanligining o‘zaro munosabati. 3. Ichki va o‘rta mushaklarning muvofiqlash samaradorligi. 4. Harakat texnikasining mukammaligi. 5. Iroda fazilatlarini, kuchlarini, muvofiqlash qobiliyatlari, egiluvchanligini rivojlantirish darajasi. 6. Mushaklardagi ATFning miqdori, uning resintezi va parchalanish tezligi (tiklanish). Tezlik qobiliyatlarining hosil bo‘lishi tashqi muhitdagi haroratga ham bog‘liq. Harakatning maksimal tezligi +20-22* haroratda kuzatiladi va +16da* 6- 9% ga tushib ketadi, shuning uchun inson tezlik qobiliyatlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uncha baland bo‘lmagan tezlik masofasida yaxshi start tezkorligini egallagan holda, bir harakatni boshqasiga nisbatan sekin bajarish yoki buning aksi bo‘lishi mumkin. Bu bilimlarni o‘rganish amaliyot uchun foydalidir. Basketbolchilar, futbolchilar, tennischilar uchun start tezligi muhim bo‘lgan mashqlar tanlanadi. Asosiy diqqatni masofa bo‘ylab yugurishga emas, balki turli holatlarda start tezligining harakat yo‘nalishini tez o‘zgartirishga qaratiladi. Tezlik qobiliyatlarining alohida shakllari o‘rtasidagi nisbiy erkinlik harakat vazifalari yuqori tezlikka xatosiz erisha olmasligini ko‘rsatadi. Tezlik qobiliyatining to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘chish harakatlari muvofiqlash - o‘xshashligida kuzatiladi. Mashg‘ulotlardagi oyoqlarni bukish tezligi yadro uloqtirish-da, sprintercha yugurishda, joyidan turib sakrashda yaxshi natijalarni egallashda muhim ahamiyatga ega, lekin suzishda, boksda bu harakat ahamiyatsiz. Tezlik qobiliyatining turli muvofiqlash harakatlardagi ko‘chishi jismonan zaif tayyorlangan sportchilarda kuzatiladi. Download 349.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling