Mavzu: Tibbiy xizmat ko’rsatishni rivojlanishi va iqtisodiyoti Reja


Sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilish yoʼllari


Download 21.97 Kb.
bet3/4
Sana19.04.2023
Hajmi21.97 Kb.
#1367342
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy soha 1

3. Sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilish yoʼllari
Аholi sogʼligʼi potentsiali milliy boylikning muhim tarkibiy qismi va madaniyatli jamiyatning fundamental xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Аholi sogʼligʼini muxofaza qilish xizmatini har tomonlama rivojlantirish jamiyat taraqqiyotining muhim sharti va ijtimoiy rivojlanish darajasining integrallashgan koʼrsatkichidir.
Islohotlarning asosiy maqsadi-mamlakatda jahon tajribasini hisobga olgan holda sogʼliqni saqlashning extiyojlari uchun davlat sarf-xarajatlarini yoʼl qoʼyilishi mumkin boʼlgan darajada eng koʼp qisqartirilgan holda respublikaning butun aholisini tibbiy xizmatlar bilan yalpi qamrab olishni taʼminlovchi samaraliroq tizim yaratishdir. Bu sogʼliqni saqlash singari oʼziga xos va aloxida sohada markazlashtirilgan davlat boshqaruvi usullari va qoʼllab-quvvatlashni bozorga xos yoʼnaltirish mexanizmlari bilan maqbul qshib olib borishni izlash zarurligini koʼrsatadi.
Respublika sogʼliqni saqlash sohasini isloh qilish dasturini amalga oshirishda xalqaro amaliyot yutuqlaridan foydalanishni taqazo etadi. Masalan, ingliz tilida soʼzlashadigan beshta yirik mamlakat (Аvstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada, Yangi Zellandiya va АQSh) sogʼliqni saqlash tizimi keyingi oʼn yillik mobaynida davlat xizmatlari va vrachlarning faoliyatidan norozilik tufayli jiddiy oʼzgarishlarga uchradi. Ushbu mamlakatlar koʼpchiligining rasmiy shaharlari konsensusga erishish va oʼzgarishlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida koolitsiyani shakllantirish uchun islohotlarni modellashtirish va strategiya bilan shugʼullandilar. Sogʼliqni saqlashga xarajatlar kamaytirishiga urinish uning sifat jihatdan yaxshilanishiga eʼtiborni kuchayishi bilan muvofiqlashtirilishi kerakligi toʼgʼrisida nuqtai nazar kuchaymoqda.Iqtisodiy nuqtai nazardan sogʼliqni saqlash istiqbolini uchga ajratib koʼrsatish mumkin: ijtimoiy yoki davlat, pulli va tibbiy sugʼurta yoʼllari.Bizning fikrimizcha, eng muhim bozor munosabatlariga oʼtish sogʼliqni saqlash tizimini nafaqat kengaytirish, uning moddiy-texnika bazasini takroran ishlab chiqarishning ham mamlakatda yuz berayotgan iqtisodiy oʼzgarishlar sharoitida davlatning mazkur tizimni moliyalashtirish hajmini qisqartirish sharoitida tibbiy sugʼurtalashning faol kiritilishning muqobilligini tushunmoqlikdir.
Sogʼliqni saqlashni bozor munosabatlari asosida yoʼnaltirish xalqaro tajribasini qoʼllash ushbu sohaning bir qancha prinsipal jihatdan yangi xarakterli belgilarida oʼz aksini topadi. Ulardan asosiylari:
-xoʼjalik yurituvchi subʼekt beliglariga ega boʼlgan tibbiyot muassasasining yangi iqtisodiy maqomi;
-tibbiy xizmatlar pulli ekanligi surʼatlarini kuchaytirish;
-muassasaning xoʼjalik faoliyati jarayonida paydo boʼluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimida tibbiyot xodimlari oʼrni va rolining oʼzgarishi.
Oʼzbekistonda tibbiy xizmatni bozor rivojlanishi printsiplariga moslashish mumkinligini koʼrsatadigan yoʼllar quyidagi:
-sogʼliqni saqlash sohasi subʼektlari faoliyatining barcha jihatlariga ustun darajada iqtisodiy munosabatlarning yoyilishi va tegishlicha iqtisodiyotdan tashqari, maʼmuriy usullarni keskin qisqartirish;
-sogʼliqni saqlashni mablagʼ bilan taʼminlashning printsipal jihatdan boshqa sxemasiga oʼtish tibbiyot muasssasalarni emas balki tibbiy yordam koʼrsatishni mablagʼ bilan taʼminlash, xizmatlarni taʼminlashdan qayta yoʼnaltirilgan moliyaviy xisob-kitoblar printsipi, shuningdek sogʼliqnisaqlashni mablagʼ bilan taʼminlashga davlatning roli oʼzgarishiga olib keladi;
-sogʼliqni saqlashni mablagʼ bilan taʼminlovchi respublika va mahalliy byudjetlar bilan bir qatorda majburiy va ixtiyoriy tibbiyot sugʼurta mablagʼlari, tibbiy xizmatlarga mijozlar tomonidan xaq toʼlanishi hisobiga manbalarning koʼpayishi;
-tadbirkorlik sogʼliqni saqlash sohasida shakllanishi, shu jumladan chegarali iqtisodiy vaziyat barqarorlanishi davomida soʼzsiz kengayib boradigan davlat davolash muassasalari doirasida shakllanish;
-raqobat muxiti yaratilishi, ushbu yoʼnalishda birinchi va ayon koʼrinib turgan qadam axaliga tibbiy yordam koʼrsatishda davlat buyurtmasini raqobatli joylashtirish printsipi joriy etish yoʼli bilan qoʼyilishi mumkin. Mablagʼ bilan taʼminlovchi tomonlar-byudjetlar, tibbiyot sugʼurta jamgʼarmalari - «aholi extiyojlarini qondirish darajasi-xarajatlar» parametri boʼyicha tibbiy xizmat koʼrsatishi mumkin boʼlgan xizmatlarining qiyosiy samaradorligini malakali baxolashi zarur;
- sogʼliqni saqlash sohasida xususiy kichik tadbirkorlik yaratilishini qoʼllab-quvvatlash hamda ularni tanlov asosida davlat buyurtmalarini bajarishga jalb qilish mexanizmi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur va boshqalar.



Download 21.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling