Mavzu: Tic tac toe o’yini reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Tic-tac-toe o’yinining vazifalari, afzalliklari va kamchiliklari
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Muxarramning kurs ishi -1
Tic-tac-toe o’yinining vazifalari, afzalliklari va kamchiliklari.
Ushbu tic-tac-toe o’yinida o‘ynash uchun ikkita o’yinchi talab etiladi. O’yin bitta Form da joylashgan 9 ta buttondan iborat bo’lib, uni o’ynash uchun ishtirokchilar ismlari kiritilishi talab qilinadi. Shundan so’nggina o’yinni boshlashga ruxsat etiladi. Birinchi o’yinchi tugmani chertganida “X” yozuvi hosil bo’ladi, ikkinchi o’yinchi tugmachan ichertganida “O” yozuvi hosil bo’ladi. Agarda o’yinchilardan biri tugmachalarning vertical joylashgan uchtasiga yoki bo’lmasa, gorizontal joylashgan uchtasiga, aks holda dioganal bo’ylab joylashgan uchtasiga o’z belgisini joytashtira olsa, ushbu o’yinchi g’olib bo’lgani haqida habar olinadi, aks holda barcha tugmachalar bosilib bo’lgan bo’lsa, durang bo’lganligi haqida habar olinadi. O’yinning afzalliklariga to’xtaladigan bo’lsak, o’yinda ko’zni oluvchi ranglardan foydalanilmagan. Shuningdek, kompyuterga ortiqcha yuklama beradigan holatlar mavjud emas. O’yin qoidasi juda ham oddiy bo’lganligi bu o’yinning eng kata afzalligi bo’lib, mazkur o’yinni kichik yoshdagi bolalar ham qiyinchiliksiz, juda kata qiziqish bilan o’ynashadi. Men ishlab chiqqan tic-tac-toe o’yinining kamchiligi shundan iboratki, mazkur o’yinimning kompyuterga qarshi o’ynaladigan versiyasini ishlab chiqmaganligimdadir. Ma’lumki, kompyuter o‘yinlarining foydali yoki zararli jihatlari haqida ko‘plab fikrlar mavjud. Shunisi qiziqki, har qanday o‘yinchoq kabi bolalar kompyuter o‘yinlari o‘z-o‘zidan alohida foydali yoki zararli xususiyatlarga ega bo‘ladi. Biroq bola o‘yinlardan foydali va bilimini oshiruvchi ta’limiy yoki ko‘ngilochar o‘yinlarni to‘g‘ri tanlashi uchun unda foydali axborotga yondashuv salohiyatini shakllantirish zarur. O’yin - inson dam olishi, charchoq chiqarilishi, bo’sh vaqtini maroqli o’tkazishi, kayfiyat ko’tarilishi va ortiqcha o’ylardan xalos bo’lishi uchun xizmat qiladi. Bolalar uchun mo’ljallangan qiziqarli o’yinlar qatorida tic tac toe o’yinini bolalar fikrlash doirasini kengaytiradi va shunga o’xshash o’yinlarga bolalarni qiziqtiradi. Tic-tac-toe o’yini, fikrlashga undaydi. Bu esa o’z – o’zidan reja va maqsadni yuzaga keltiradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling