Mavzu: Tic tac toe o’yini reja: I. Kirish II. Asosiy qism
C# dasturlash tili haqida malumot
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Muxarramning kurs ishi -1
C# dasturlash tili haqida malumot.
Kompyuter tillari oʻz-oʻzidan emas, balki oʻzaro bir-biriga bogʻliqlikda mavjud boʻladi. Har qanday yangi til u yoki bu shaklda oldingi yaratilgan tillarning xossalarini oʻziga meros qilib oladi, yaʼni ketma-ketlik prinsipi amalga oshiriladi.Natijada bitta tilning imkoniyatlari boshqalari tomonidan foydalaniladi (masalan, yangi xususiyatlar mavjud kontekstga birlashtiriladi, tilning eski tuzilishlari esa oʻchirib yuboriladi). Kompyuter tillarining evolyutsiyasi shunday tarzda roʻy beradi va dasturlash mahorati takomillashtiriladi. C# tili yuqoridagilardan istisno emas, u boshqa dasturlash tillarining koʻplab foydali imkoniyatlarini meros qilib oldi va dunyoda eng koʻp qoʻllaniladigan ikkita kompyuter tillari C, C++, shuningdek Java tili bilan uzviy bogʻliqdir. C# tili 1972-yilda Nyu-Djersi shtatining Myurrey-xill shahrida Bell Laboratories kompaniyasining tizimli dastur tuzuvchisi Dennis Richie tomonidan yaratilgan. Bu til oʻzini shunchalik yaxshi koʻrsatdiki, oxir oqibatda unda Unix operatsion tizimlarining 90 % yadro kodlari yozildi (oldin quyi darajadagi til assemblerda yozilgan). C# ning vujudga kelishidan oldinroq yaratilgan tillardan yetarli darajada muvaffaqiyatli foydalanilgan, lekin aynan C# tili dasturlashning zamonaviy davri boshlanishini belgilab berdi.
1960-yillarda dasturlash texnologiyalaridagi strukturaviy dasturlashlarning paydo boʻlishiga olib kelgan inqilobiy oʻzgarishlar C# tilini yaratish uchun asosiy imkoniyatlarni belgilab berdi. strukturaviy dasturlashlarning paydo boʻlishiga qadar katta dasturlarni yozish qiyin boʻlgan, satr kodlari miqdorining oshishi sababli dasturlarning oʻtish joylari chalkash massalariga aylanib ketishiga olib keladi. Strukturaviy tillar dastur tuzuvchi instrumentariysiga shartli operatorlarni, lokal oʻzgaradigan tartiblarni va boshqa mukammallashtirishlarni qoʻshib bu muammoni hal qildi. Shunday tarzda nisbatan katta dasturlarni yozish imkoniyati vujudga keldi. Aynan C# tili kuch, elegantlik va maʼnodorlikni oʻzida muvaffaqiyatli birlashtirgan birinchi strukturaviy til boʻldi. C# dasturlash tili 2000-yilda ishlab chiqilgan, lekin uning 1.0 versiyasi 2002-yilda ishlab chiqilgan. Bunga sabab aynan shu yili Windowsning .Net platformasi 1.0 versiyasi ishlab chiqilganligidir. C# dasturi 90-yillarning oxirida ishlab chiqilib Microsoft.NET ning bir qismiga aylandi. Al`fa versiya sifatida 2000- yildan boshlab ishlatila boshladi. C # bosh arxitektori butun dunyo dasturchilari ichida birinchilar qatorida turgan va butun dunyo tomonidan tan olingan dasturlash tilidir. Asoschisi Anders Hejlsberg bo`ldi. C# bevosita C, C++ va Java bilan bog`liq. Chunki bu uchta til dasturlash olamida eng mashhur tillardir. C# tili ham obe`ktga mo`ljallangan tillar sirasiga kiradi. Uning butun dasturlash tanasi bo‘ylab boshqarishni EHM ga topshiradi va faqat bajarilishi lozim bo‘lgan shartnigina dasturchi tomonidan yozilishi va shu bilan birga, u tomonidan qo‘llaniladigan ― aqlli dasturlash (ya‘ni har bir kodning boshlang‘ich harfi yoki belgisi kiritilganida u kodning qolgan Java C C++ C# 14 qismini o‘zi namoyish etadi ) ham bu dasturlash tilining keng ommaga ma‘qul kelishini ta‘minlab berdi. VS dagi C# tili ham huddi shu vazifani bajarib beradi. Uning Console Application qismida qora oynali muloqot oynasi yaratiladi va shu qora oyna dastur ishga tushganda paydo bo‘ladi. Uning ko‘rinishi avtomatik tarzda VS tomonidan shakllantirilgan bo‘lib u dasturchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin emas. Consolda ishlatiladigan barcha komponentalar, ularning kodlari, parametrlar boshqa loyihalarda ham qo‘llanilishi mumkin. Birinchi navbatda New Project Visual C# Console Application buyruqlar ketma ketligi bajarishi kerak va quyidagicha bo‘ladi. Dastur tuzilishi: C# da dastur birta yoki bir necha fayllardan iborat bo‘ladi. Har bir fayl o‘zida bir yoki bir necha nomlarni saqlab turishi mumkin. Har bir nom esa o‘zida qo‘yilgan nom yoki tipni, qaysiki sinflar, struktura, interfeys, hisoblash va delegate – funksional tiplardir. C# da yangi loyiha yaratish paytida, VS muhitidagi10 ta loyiha tiplaridan biri tanlanadi. Bularga Windows Application, Class Library, ASP.NET Application va ASP.NET Web Service misol bo‘ladi. Birortasi tanlansa avtomatik tarzda C# va C++ ning shu loyiha tipiga mos qolipi hosil bo‘ladi. 1. Birinchi bo‘lib C/C++ tillari oilasida ob‘yektga yo‘naltirilgan dasturlash tilini yaratish; 2.Shunday ob‘yektga yo‘naltirilgan dasturlash tilini yaratish kerakki, unda hamma narsa ob’yekt sifatida yaratilsin(o‘zgaruvchilar, formalar, massivlar, sinflar); 3. C++ tilini osonlashtirish,
lekin shunday yo‘l bilanki, C++ tilining kuchi va konstruksiyalari saqlanib qolsin. Bu tilning eng katta yangiligi uning ob‘yektga murojaati bo‘lib, komponentlar yangi loyihalar yaratishdagi tuzilmalarni tuzishdagi barcha muammolarni hal etadi. Komponentlar tuzilishi faqatgina dasturlash tiliga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki, uning qanday platformaga ega ekanligiga ham bog‘liq. C# da dasturlashning asosiy qismi: C# sistemasi asosan quyidagi qismlardan iborat. Bular dasturni yozish redaktori, C# tili va standart kutubhonalardir. C# dasturi ma'lum bir fazalardan o'tadi. Birinchisi dasturni yozish va tahrirlash, ikkinchisi preprosessor amallarini bajarish, kompilyatsiya, kutubhonalardagi ob'ekt va funksiyalarni dastur bilan bog'lash (link), hotiraga yuklash (load) va bajarish (execute). Uning boʻlishi mumkin boʻlgan xatolar masʼuliyatini tilga emas dastur tuzuvchi zimmasiga yuklaydigan prinsiplar bilan inobatga olgan holda sintaksisdan foydalanishdagi qisqalik va osonlik kabi xususiyatlari tezda koʻplab tarafdorlarini topdi. Bugungi kunda biz mazkur sifatlarni oʻz-oʻzidan anglashiladigan deb hisoblaymiz, lekin C da birinchi marotaba dastur tuzuvchiga zarur boʻlgan ajoyib yangi imkoniyatlar mujassamlashtirilgan. Natijada 1980-yillardan boshlab C strukturaviy dasturlash tillari orasida eng koʻp foydalaniladiganlaridan biri boʻlib qoldi. Biroq, dasturlashning rivojlantirish choralariga koʻra bundanda kattaroq dasturlarni qayta ishlash muammosi kelib chiqmoqda. Loyiha kodi maʼlum bir hajmga yetgan zahoti (uning raqamli ahamiyati dastur, dastur tuzuvchi, foydalanilgan instrumentlarga bogʻliq boʻladi, lekin taxminan 5000 satr kodlari nazarda tutilayapti) C-dasturlarini tushunish va kuzatib borishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling