Mavzu: Tijorat banklari va ularning operatsiyalari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Boylik mulkka egalik qilishda emas, balki undan samarali foydalanishdadir». (Aristotel)
27 III BOB. TIJORAT BANKLARINING LIZING OPERATSIYALARI 3.1 Lizing operatsiyalari moxiyati va huquqiy asoslari «Boylik mulkka egalik qilishda emas, balki undan samarali foydalanishdadir». (Aristotel) Yuqorida keltirilgan fikr orqali Aristotel birinchi bo’lib lizing g’oyasini yaratgan. Lizingning rivojlanish bosqichi XIX asrning II yarmi va XX asrning dastlabki yillaridan boshlangan. Xozirgi kunda lizingga turlicha ta’riflar berilgan. Jumladan: Yevropa Federatsiyasining lizing buyicha milliy assotsiyatsiyasi tomonidan lizingga quyidagicha ta’rif berilgan: «Lizing – bu ijarachilarning ishlab chikarish maqsadida zavod, sanoat tovarlari, uskunalar va quzgalmas mulklardan foydalanish bo’yicha ijara shartnomasi bo’lib, bunda mazkur tovarlar ijara beruvchi tomonidan sotib olinib, u mulkka bulgan egalik qilish huquqini beradi.» Lizing bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir taraf (lizing oluvchi)ning topshirig’iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi)dan lizing shartnomasiga muvofiq lizing ob’ekti bo’lgan mulkni o’z mulki qilib sotib olib, uni lizing oluvchiga haq evaziga lizing shartnomasida belgilangan shart bilan vaqtinchalik foydalanish, egalik qilish uchun hamda shart tugagandan so’ng lizing ob’ektini sotib olish huquqi bilan beradigan mulkiy munosabatlar majmuasidir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri iqtisodiyotida O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tezkor sur’atlar bilan rivojlantirish , bir tomondan zamonviy uskuna va texnologiyalarni qo’llashni , ikkinchi tomondan esa zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni izlab topishni talab etadi. Zamonaviy yangi texnika ,uskuna va texnologiyalar ishlab chiqaruvchilar ,moliyaviy resurslarga ega bo’lgan va bu mablag’larni samarali ishlatish maksadlarida faoliyat yurituvchilar hamda tadbirkorlik faoliyati soxiblari o’zaro manfaatli munosabatlarni yo’lga qo’yishida lizin juda ham qo’l keladi. Lizingning oddiy ijaradan farqi shundaki, lizingda ijaraga berilgan asbob uskunalar shartnoma muddati tugagandan so’ng ularni qoldiq qiymat bo’yicha sotib olish ko’zda tutiladi. Lizing muomalalarining turlaribir necha bo’lib, amalda ularning ikki turi nisbatan ko’proq qo’llanadi.Ular: operativ moliyaviy Lizing iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni, uning muxim tarmoqlari korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jixatdan faol davom ettirish,ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ichki istemol va maxalliy ishlab chiqarishni rag’batlantirish, ekport qiluvchi korxonalarni, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik subektlarini xar tomonlama qo’llab quvvatlash hamda zamonaviy taxnika taxnologiyalarni jalb etishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. 28 Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, Evropaning rivojlangan davlatlarida lizingning YaIM dagi ulushi sezilarli darajada bo’lib, bir yillik asosiy vositalarga qilingan jami investitsiyalarning o’rtacha 12.5 foizi lizing hisobiga to’g’ri keladi. AQSH, Yaponiya, EI mamlakatlarida lizing kech muomalaga kirib kelganiga qaramasdan, jadal rivojlangan. Buning asosiy sabablari hukumat tomonidan berilgan bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalari hisoblanadi. Ushbu istiqbolli soxani rivojlantirish maqsadida respublikamiz xukumati tomonidan muxim chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Jumladan , O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil avgust oyida chikarilgan «Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora -tadbirlari to'g'risida» gi Farmoni , lizing sektorining rivojlanishini murakkablashtiradigan soliq to’siklarini bartaraf etdi. 2004 yil 26 aprelda «Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirsh chora-tadbirlari to'g'risida» qarorning qabul qilinishi esa, lizing oluvchilarga soliqqa tortish maqsadlarida jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llash imkonini berdi. Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan lizing operatsiyalarining huquqiy asoslari: 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 587-599 – moddalari; O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apreldagi «Lizing to‘g‘risida»gi qonuni; 2001 yil 1 fevraldan kuchga kirgan «Xalkaro moliyaviy lizing to'g'risida»gi Konvensiya; «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonunning 4-moddasida Tijorat banklariga mazkur faoliyat turi bilan shug’ullanishga ruxsat berilgan; Markaziy bankning «O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan moliyaviy lizingni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom va boshqalardir. Respublikamizda qabul qilingan ushbu huquqiy asoslarda, lizing operatsiyalarini amalga oshirishda bir qator imtiyoz va preferansiyalar berilganligini hisobga olsak, lizing amaliyotiga jadaj o’sish kuzatilmoqda. Biz quyida liizing xizmatlari xajmining o’sishini YaIM o’sishi bilan taqqoslash imkoniga egamiz. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling