Mavzu: Tijorat banklarinig faktoring operatsiyalari (4 soat) reja: 1
Faktoring amaliyotida halqaro faktoring operatsiyalarining qator hususiyatlari namoyon bo‘ladi
Download 124.37 Kb.
|
Tij.fak.operat.
Faktoring amaliyotida halqaro faktoring operatsiyalarining qator hususiyatlari namoyon bo‘ladi:
- ushbu operatsiyalar faqat mijoz eksport bitimlariga nisbatan qo‘llaniladi; - mijozni moliyalashtirish debitorlik qarzi valyutasida amalga oshiriladi; - faktoring operatsiyalarining 2 omilli sxemalari doirasida bevosita kreditlash funksiyasi va qarzlarning to‘lanmay qolishi risklarini qoplash tegishli tarzda eksportchi va importchining faktoring bo‘limlari o‘tasida taqsimlanadi; - mazkur operatsiyalar, odatda, qarzni sotuvchiga regress huquqisiz va kamida har 2 davlatning qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi; - importchinig faktoring bo‘limii qarzni to‘lash grafigini ko‘zatib borish va tushumni inkassatsiya qildirish bilan bog‘liq barcha funksiyalarni o‘z zimmasiga oladi; - mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati, ko‘p jihatdan, importchining faktoring bo‘limiga bog‘liq bo‘ladi, u bilan mijoz to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liqlikka ega bo‘lmaydi. Xalqaro faktoring operatsiyalari ichki faktorngdan farqli, u nafaqat mijozlarni qisqa muddatli moliyalshtirish muammosini hal etadi, balki halqaro bozorlarda o‘sib borayotgan raqobat sharoitida eksportchi va importchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni optimallashtirish imkonini beradi. Xalqaro faktoring operatsiyalari doirasiga faktoring bo‘limlari tomonidan, nafaqat, yirik korxonalar- eksportchi va importchilar, shuningdek mamlakatning kichik kichik biznes sub’ektlarini ham keng jalb etish muhim va o‘ziga hos ahamiyatga egadir.Odatda, mahsulot eksportidan eksportchining kredit riski sezilarli ravishda o‘sadi. Bundan tashqari, tashqi savdo faktoringi to‘grisidagi bitim ikki va undan ortiq valyutalardan foydalanishni nazarda tutishi mumkinligi sababli valyuta riskining kelib chiqishi ham ko‘zatiladi- xorijiy valyuta kursining milliy valyutaga nisbatan o‘zgarishi oqibatida valyutaning yuqotilishi havfi kabi holatlar. Risk darajasining kutarilishi bilan bog‘liq holda faktoring bo‘limi mol etkazib beruvchiga ichki bozordagiga nisbatan ancha qat’iy bulgan talablarni ko‘yadi.Eksportchiga faktoring bo‘limida xizmat ko‘rsatilishida u importchi- mamlakat faktoring bo‘limii bilan shartnoma imzolaydi va ishning ma’lum bir qismini unga beradi. Mazkur bitim o‘zaro qarzdorlikni nazarda to‘tadi, ya’ni eksportchining faktoring bo‘limii o‘z mamlakatida xorijiy mazkup ikki davlatning ishtirok etishini nazarda tutuvchi shartnoma bo‘yicha faktoring bo‘limlari nomidan va topshiriqlari bo‘yicha faoliyat olib boradi. Bunday faktoring ikki omilli, deb nomlandi.Eksportchining faktoring bo‘limii importchiga xizmat qiluvchi faktoring bo‘limiga shartnoma bo‘yicha qo‘yidagi ish turlarini berishi mumkin: - importchining kreditga layoqatliligini baholash, kredit riskidan sug‘urtalash, o‘xshash hollardan kelib chiqib, amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan sug‘urtalash summalari miqdori va chegarasini aniqlash, kreditni qaytarish muddati kelganidan so‘ng muayyan davrda mijoz tomonidan to‘lanmagan kredit summasini qoplash majburiyatiбsudga murojaat qilish zaruriyati xollarini xisobga olib ham qarz talabnomalarini inkassatsiya qilish,eksportchining faktoring bo‘limii hisobraqamiga valyutada to‘lovlarni o‘tkazish.Bu turdagi faktoringning afzalliklari shundaki, bunda importchi faktoring bo‘limii uchun qarz talabnomalari eksportchi faktoring bo‘limii uchun bo‘lgani kabi tashqi emas, aksincha, ichki hisoblanadi.Shu bilan birga tomonlarnig katta xarajatlarini talab qiladi.Mazkur munosabatlarda eksportchi faktoring bo‘limining asosiy roli kreditlashda namoyon bo‘ladi va agar eksportchi undan manfaatdor bo‘lmasa, u holda unga bevosita importli faktoring to‘g‘risida eksportchi mamlakatida faktoring bo‘limii biln to‘g‘ridan- to‘g‘ri bitim tuzish afzalrok hisoblanadi. Biroq bu aynan eksportchi bir yoki ikki davlatda ish olib borsagina shunday holatdagi ma’noni kasb etadi. Agar eksportchining ko‘pgina davlatlarda hamkorlari mavjud bo‘lsa, u holda boshqa davlatlardagi faktoring bo‘limlari bilan ko‘p sonli bevosita bitimlarni to‘zgandan ko‘ra o‘z mamlakatidagi faktoring bo‘limii bilan yagona bitimni oshirishi ancha qo‘lay hisoblanadi.Kichik biznes sub’ektlariga xalqaro faktoring kreditlari berish hajmin oshirish maqsadida, birinchidan, kichik biznes sub’ektlarining eksport tushumini forvad shartnomasi asosida sotib olish yo‘li bilan faktoring kreditlarini qaytarilish tartibini joriy qilish kerak. Ikkinchidan, xalqaro faktoring kreditlari barqaror eksport tushumiga ega bo‘lgan va muddati o‘tgan qarz majburiyatlari mavjud bo‘lmagan kichik biznes sub’ektlariga berilishi lozim.Hozirgi kunda tjorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlariga xalqaro faktoring kreditlari berilmayapti. Xolbuki, faktoring kreditlarini berish kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmining elementlaridan biri hisoblanadi.Muddati o‘tgan faktoring kreditlarini o‘z vaqtida muddati o‘tgan faktoring kreditlari hisobrakamida aks ettirish va zaxira ajratmalarini to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlash lozim. Muddati o‘tgan faktoring kreditlarining o‘z vaqtida muddati o‘tgan ssuda hisobraqamidagi olib qo‘yish quyidagi amaliy natijalarga olib keladi: - sof faktoring kreditlari darajasi va dinamikasini tahlil qilish va mavjud tendensiyalani aniqlash imkonini beradi; - faktoring kreditlaridan kuriladigan zararlarni qoplashga muljallangan zaxira ajratmalarini to‘g‘ri shakillantirish imkonini beradi; - muddati o‘tgan faktoring kreditlarini haqiqatdan so‘ndirilgan qismini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, respublikamizning yirik tijorat banklarida muddati o‘tgan faktoring operatsiyalari xajmining nisbatan yuqori ekanligi ulardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga muljallangan ehtimoliy yo‘kotishlar zaxirasini o‘z vaqtida va to‘liq shakillantirishning muhim amaliy ahamiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi.Kreditlardan ko‘riladigan zararlani qoplashga muljallangan zaxira ajratmalari o‘ziga hos amortizatsiya vazifasini o‘taydi. Kredit umuman qaytmay qolgan taqdirda bank tashkil qilingan zaxiralar hisobidan qo‘rilgan zararni qoplaydi.Shunisi ahamiyatliki, O‘zbekiston Respublikasida kreditlardan qo‘rilgan zaralarni qoplashga muljallangan zaxira ajratmalari to‘liq tijorat bankining xarajtiga olib boriladi. Bu esa, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash nuqtai- nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, bankning soliqqa tortish bazasi yaratilgan zaxira miqdoriga kamayadi.Banklarning faktoring operatsiyalari samaradorligini baholashda aniqlikni ko‘chaytirish maqsadida faktoring operatsiyalarini amalga oshiruvchi bo‘limini aloxida qilib tashkil qilish zarur.Buning natijasida faktoring operatsiyalaridan olinadigan daromadlaning darajasi va dinamikasini hamda ushbu operatsiyalardan qurilayotgan zararlarning darajasi va dinamikasi va faktoring bo‘limini saqlash xarajatlarining haqiqatdagi xolatini aniq hisob- kitob qilish va baholash imkoni yuzaga keladi.Faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobini ham bo‘limning xodimlari yuritishi lozim. Faktoring operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya provodkalari va hisob- kitoblar buxgalteriya boshqarmasida emas, balki faktoring bo‘limini o‘zida amalga oshirilshi lozim. Bankning kreditlash boshqarmasi barcha turdagi kreditlarni tasdiqlash va rasmiylashtirish uchun javobgar bo‘lishi mumkin. Faqat faktoring kreditlari uchun ular javob bermasligi kerak. Faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritayotgan xodimlar uchun aniq tarzda mansab yo‘riqnomasi ishlab chikilishi va tasdiqlanishi hamda nushasi xodimga imzo bilan berilishi lozim. Download 124.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling