Mavzu: Tijorat banklarinig faktoring operatsiyalari (4 soat) reja: 1
Faktoring bitimini tuzish va amalga oshirish mexanizmi
Download 124.37 Kb.
|
Tij.fak.operat.
Faktoring bitimini tuzish va amalga oshirish mexanizmi.
Mahsulot uchun Bank faktoring bo’limi Talabalar Mol etkazib beruvchi Odatda, bank yoki faktoring kompaniyasi korxonadan ariza murojaatnomani olib, 1-2 xafta mobaynida mijozning moliyaviy va iqtisodiy ahvolini, uning xujalik faoliyati hususiyatlarini o‘rganib chiqadi. Agar korxona bankning mijozi bo‘lib qolgan bo‘lsa, u holda u bankka xaridor uchun taqdim etiladigan barcha schyot- fakturalarni beradi. Bank barcha schyot- fakturadarni, shuningdek xaridorning to‘lovga qobilligini to‘liq o‘rganib chiqadi. Bu muddat 24 soatdan 2 xaftagacha chuzilishi mumkin. SHundan sung bank to‘lovni belgilangan muddatda yoki undan avval xam amalga oshirishi mumkin.Faktoring operatsiyalarida bank schyot- faktura qiymatining, odatda, 80 foizi miqdorida, ayrim holatlarda esa, masalan, korxonaning mazkur bank uchun juda ishonchli mijozga aylanib qolganligi sababli ham mahsulot qiymatining 90 foizigacha miqdorini o‘tkazib berishi mumkin. Kolgan 10-20 foizi esa, zahira hisoblanadi, ya’ni to‘lovning qolgan qismi debitor tomonidan barcha qarz summalari qaytarilgandan so‘ng bank tomonidan amalga oshirildi.Banklarning faktoring operatsiyasini amalga oshirish bosqichlri qo‘yidagilardan iborat.Birinchi bosqichi shartnoma deb atasak, chunki bu bosqichda ikkita korxona o‘rtasida biron bir tovar yoki xizmatlar uchun o‘zaro shartnoma tuziladi.Albatta, keyingi ikkinchi-bosqichda oldindan qisman to‘lash jaryonii, ya’ni, Uzbekiston Respublikasi Prezidientining 1995 yil 12 maydagi 1154-Farmoniga asosoan 15 foizdan kam bo‘lmagan to‘lovdir. Uchinchi bosqich, bu etqazib berilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar va turtinchi bosqich esa mol etkazib beruvchi tomonidan to‘lovchining hisob raqamiga qo‘yilgan to‘lov talabnomasi. YUqoridagi to‘rtta bosqichdan so‘ng shartlar bajarilsa, faktoring jarayonini amalga oshirish uchun qo‘lay sharoit yuzaga keladi.Beshinchi bosqich faktoring operatsiyasini amalga oshirish uchun mol etkazib beruvchi va uning banki bilan shartnoma, 90966-Faktoring. Ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha ushbu hisob raqamida faktoringni balansdan tashqari hisobi olib boriladi. Ushbu schyot debetida sotib olingan debitor qarz summasi, kreditida esa to‘liq yopilgan faktoring turadi.Oltinchi bosqichda bank shartnoma asosida memorial order bilan quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiradi: 1. Dt 11101 Kt 202 - Ushbu yozuv umumiy qarz summasidan bankda qoladigan diskont chegirib tashlashdan qolgan qismi mol etkazib beruvchining asosiy depozit hisobraqamiga tushurib beriladi va ushbu hisobraqamdan qonunda belgilangan to‘lovlar amalga oshiriladi. 2. Dt 11101 Kt 11195 - Ushbu yozuv diskont summasi bo‘ladi va bu diskont faktoring asosiy qarzi kelib tushishi davomida bank daromadlari hisobraqamiga olib boriladi.Ushbu summa, ya’ni faktoring summasiga amalga oshiriladigan yozuv faktoring tuliq yopilgandan so‘ng teskari yozuv bilan chiqim qilinadi. Dt 11101 Dt 11195 Kt 11195 Kt 45217 Ya’na shuni aytib o‘tish kerakki, faktoring operatsiyalariga doir mablag‘larni etqazib beruvchining hisobraqamiga o‘tkazilishi ikki nushada memorial order bilan rasmiylashtiriladi, ulardan bittasi shu operatsiya amalga oshirilgan kunga tegishli kunlik xujjatlarga tikiladi, ikkinchi nushasi esa mijozning hxisobraqamidan ko‘chirmasiga ilova qilinadi.Yuqoridagi amallar bajarilganidan so‘ng, qarzdorlik mol etkazib beruvchidan bank nomiga o‘tadi. Demak, to‘lovga mol etkazib beruvchi tomonidan qo‘yilgan talabnomadan pul mablag‘larini oluvchi, ya’ni mol etkazib beruvchi nomidan ko‘chirilib (7- bosqich) debitor qarzni sotib olgan bank nomiga o‘tadi. Download 124.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling