Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati va unga ta’sir qiluvchi omillar Reja: Kirish
Download 242 Kb.
|
Tijorat banklarining foiz siyosati va unga ta’sir qiluvchi omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bazaviy stavka pasayganda 2.1
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz stavkalar bazaviy stavkalarning ko‘tarilishi sharoitida «praym ko‘paytirish» usuli bo‘yicha hisoblangan ko‘rsatkichlar «praym plyus» usul bo‘yicha hisoblangan ko‘rsatkichlarga nisbatan tez o‘sadi. Bu usullarda «praymreyt» stavkasiga bank tomonidan qo‘yiladigan ustama mos ravishda qo‘shish yoki ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Misol uchun bazaviy stavka 14 foizni tashkil qilsa va unda qarz oluvchiga qisqa muddatli kredit bo‘yicha «praym + 2%» usulida 16 foiz belgilanadi. «Praym ko‘paytirish» usulida esa («praym-reyt*1.2») 16,8 foiz o‘rnatiladi. Bazaviy stavkalarning pasayish sharoitida esa teskari holat kuzatiladi. Boshqacha qilib aytganda, «praym ko‘paytirish» usuli geometrik progressiyaga, «praym plyus» usul arifmetik progressiyaga muvofiq tarzda o‘zgaradi. 1970 yillardan boshlab, xo‘jalik sub’ektlarga taqdim etiladigan kreditlar bo‘yicha asos sifatida ishlatiladigan foiz stavkalar «praym- rayt» bilan bir qatorda tijorat banklari LIBOR (London banklararo taklif stavkasi) stavkasini keng doirada foydalana boshladilar. Bu bank tizimining globallashuvi bilan hamda etakchi banklar tomonidan evrodollarni kredit resurs sifatida tobora ko‘p ishlatilishi bilan bog‘liq. Kredit bo‘yicha «praym-rayt» asosida foiz stavkalarning takomillashgan modeli 1980 yillarda paydo bo‘ldi. «Praym-rayt» modelining paydo bo‘lishi kuchli raqobat sharoitida yirik banklarning bozorni egallash va mijoz bazasini kengaytirishga qaratilgan faoliyati bilan izohlanadi. Bank kreditlariga talab ortib borgan sari, foiz stavkani kerakli darajada ushlab turish va boshqa banklar bilan raqobatlasha olish muammosi paydo bo‘la boshlaydi. Misol uchun AQSH da ko‘pchilik banklar ba’zi yirik va o‘rta korporatsiyalarga «praym-reyt»dan past pul bozori stavkasi bo‘yicha bir necha kun va hafta muddatga operatsion xarajatlar, riskni qoplash va daromad olish uchun unchalik katta bo‘lmagan marja (0,25 foizdan 0,75 foizgacha) qo‘shib boriladigan foizlarda kredit berishni amalda qo‘llay boshladi. Ushbu stavka quyidagi formula asosida aniqlanadi: Download 242 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling