Mavzu: Tijorat banklarining yangi xizmat turlari (4 soat) reja


Bank xizmatlarini rivojlanishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi


Download 269.47 Kb.
bet5/14
Sana13.04.2023
Hajmi269.47 Kb.
#1355701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yangi xizmat turlari

Bank xizmatlarini rivojlanishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

  1. An’anaviy;

  2. Noana’naviy.

Telefon banking-statsionar telefonning tonal xizmatiyoki bankning Call-sentriorqalio‘z hisobraqamini boshqarish.
RS banking-Shaxsiy kompyuter modemi va “Bank-mijoz” dasturi orqali o‘z hisobraqamini boshqarish.
Video-banking – “Infokiosk”lar va videokonferensiyalar orqali o‘z hisobraqamini boshqarish.
Mobil banking – Mobil telefon orqali o‘z hisobraqamini boshqarish.
Internet-banking-Shaxsiy kompyuter va internet tarmog‘i orqali o‘z hisobraqamini boshqarish.
ATM banking – bankomatlar orqali o‘z hisobraqamini boshqarish.
2010 yil oxiriga qarab Respublikada jami savdo terminallari soni 56706 tani, bankomat va infokiosklar 373 tani, bank terminallari 3925 donani tashkil qildi.
Qiyoslash uchun, 2010 yilda: Moldova – 766 ta bankomat, Ukraina – 7000 dan ortiq bankomat, Rossiya – 148911 ta bankomat. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, Rossiyada 1 mln. aholiga 1049 ta bankomat to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 13 ga teng.Zamonaviy bankomat narxi 15-17 ming AQSH dollaridan, 60 ming AQSH dollarigacha.
Interaktiv televizion banking – zamonaviy televizor va internetdan foydalangangan holda o‘z hisobraqamini boshqarish.
Mobil banking turlariga tavsif:
WAP-banking– mobil telefon va internet tarmog‘i orqali o‘z hisobraqamini boshqarish.
SMS-banking – qisqa xabarlar orqali o‘z hisobraqamini boshqarish.
STK-banking – mobil telefon sim-kartasiga o‘rnatilgan maxsus dastur orqali boshqarish (bunda aniq mobil tarmoq operatoriga bog‘liq bo‘ladi);
Java-banking – mobil telefon o‘ziga o‘rnatilgan maxsus dastur orqali boshqarish (bunda mobil tarmoq operatoriga bog‘liq bo‘lmaydi);
NFC-banking (Near Field Communication) – 5-10 sm oralig‘ida ishlaydigan radiotarmoq orqali foydalaniladi. Bunda maxsus chip sotuvchining terminalida joylashtiriladi va mijoz to‘lovini o‘tkazmoqchi bo‘lganida o‘z mobil telefonini ushbu terminalga yaqinlashtiradi, maxsus identifikatsion raqamlarni teradi va to‘lovni amalga oshiradi.
Savdo-sanoat palatasi va SSP “Maroqand” kompaniyasi qo‘shma loyihasi orqali 2011 yil boshida O‘zbekiston aholi uchun “SMS-to‘lov” va “NFC-banking” xizmatlari joriy etilmoqda.Bank xizmatlari bozorini mijozlarni yuridik maqomi jihatidan 2 ga bo‘lishi mumkin:
1. Yuridikshaxslarga ko‘rsatiladigan korporativ bank xizmatlari;
2. Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan chakana bank (riteyl) xizmatlari.
Riteyl so’zi lugatlarda chakana savdo deb tarjima kilinadi. Bank xizmatida chakana va ulgurji faoliyat nimadan iborat Banklar ulgurji xizmati deganda mijozlarning turli guruxlariga xizmatni nazarda tutadilar. Ularga xazinachilik va yirik korparatsiyalarga xizmat kursatish, xatto ayrim mijozlarnining maishiy xizmatlarga tulovlari, valyutalarni almashtirish , depozitlar va boshkalar bu xizmat turiga kiritiladi. Bundan mijozlarning katta kichikligiga karab xizmatlar ulgurji va chakana buladi deb xulosa chikarish mumkin. Demak, riteyl banklardagi kichik mayda xizmatlardir. Bunday yondashuv bilan riteyl xizmatlari tula aks ettirilmaydi. Chunki ayrim banklar ancha katta mikdorda yillik oborotga ega bulgan mijozlarini riteyl mijozlarga kiritadilar. Riteyl xizmatlari deganda kichik mijozlarga va asosan jismoniy shaxslarga kursatiladigan xizmatlarni tushunish lozimdir.Bank chakana xizmatlariga utish jarayonini boshidan kechirgan mamlakatlar tajribasi shuni kursatadiki, bu yunalishlagi strategiyalar va taktikalarni belgilab olish uchun xamma tomonlarni joy – joyiga kuyish kerak. Maishiy o’ulovlarni - gaz, suv, telefon xatto kabel televideniya uchun tulovlarni amalga oshirish imkoni tugilganda, banklar bu soxani xam egallab boshladilar. Vakt utishi bilan chet eldan tulovlarni utkazish va unga boglik ravishda chet el valyutasini konvertatsiya kilish xizmatlari iste’mo bozorining muxim segmentlaridan biriga aylandi. Birok bunday yunalish paydo bulishi bilan xam banklar xizmat kursatish texnologiyalarini uzgartirmadilar.Bundan kuyidagicha xulosa kilindi, ya’ni bu segmentni rivojlantirish uchun aрoliga рududiy yakinlashish kerak deb karaldi. Sрundan beri banklarning filiallari va bulimalri soni turli xududlarda usib bormokda.Ilk davrlarda bu soxada eng kuchli banklarning yagona ustunligi ularning filial va bulimlarining ish vakti buldi. Kimdir kechki soatlarda va shanba yakshanba kunlari ishlab boshladi. Kimdir doimiy grafik bilan, ya’ni tushliksiz ishlab boshladi. Birok bu davrda xech bir texnologik usish kuzatilmadi. Aksincha kup banklar dam olish kunlarisiz ishlashi va navbatda kutadigan mijozlar uchun tayyorlangan maxsus joylarga kilingan xarajatlar yangi orttirilgan mijozlardan tushgan foyda xisobiga kondira olinmadi.Riteyl xizmatlarining anik bir shakllari 1998 yil kuzidagi krizisdan chikkandan sung boshlangan. Bu davrda sobik sovet davlatlarining barchasida mijozlarni jalb kilish buyicha anik maksadli keng turli bank xizmatlari taklif etila boshlandi. Bulardan shu davrda boshlanib xozirgi kungacha davom etib kelayotgani axolini plastik kartochkalarga urgatishdir. Bu banklarning chakana xizmatlari davrini boshlab bergan birinchi poydevor buldi. Bunda e’tiborni eng oddiy ustunlikka-yuqori darajadagi texnologik ustunlikka karatish mumkin. Masalan, bankomat-oddiy narsa, biroq u 24 soat davomida bank xizmatlarini amalga oshiradi.





Bu texnologik yangilikning kiritilishi xamda savdo joylarida urnatilgan post – terminallar bankning ichki texnologiyalarining ayrimalrini kayta tashkil etilishiga olib keldi. Bular eng avvalo, ma’lumotlarni kayta ishlash, xodisalarni on layn va operativ kuzatish borasida kechdi. Bunda aloxida bank tomonidan urnatilgan bankomatning bulim bulimi uning obrusiga katta putur etkazishi mumkindir. Bu esa uning boshka banklar bilan rakobatiga slbiy ta’sir kusatadi. Internet banking, kol banking va boshka turli xizmatlarni kiritish xam bank ichki texnologik xolatiga katta talablar kuyadi. Bunday xizmatlar xamma banklarning chuntagiga va elkasiga tugri kelmaydi. Bankning barcha bulimlarining bosh ofis bilan on layn tizimida ishlashi bugungi kun talabidir. Busiz bankning riteyl soxasida shakllanishi va rivojlanishi xakida gapirib xam bo’lmaydi.Eng oddiy riteyl xizmati bulgan-aholining depozitlariga xizmat kursatish, axolining xurmatli kismida bankning ish vaktiga emas, uzining ish vaqtiga karab ish kurish fikrini shakllantirgan. Oylik maosh dasturi buyicha oydan oyga rivojlanib borgan kartochka texnologiyalari banklarga resurslarni jalb kilish va ushlab turish buyicha boshkalarga nisbatan ancha ustunliklar berdi.Riteyl xizmatlar orkali axolini kreditlash yunalishi bank uchun yangi faoliyat turidir. Ko’p banklarda riteyl rivojlanishining kadamlaridan biri sifatida muddatli depozitlarni garovga kuyib kredit olish xizmatini kursatish mumkin.

Download 269.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling