Mavzu: Tijorat korxonalarning xususiyatlari. Xususiy korxona


Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona


Download 17.87 Kb.
bet5/5
Sana09.01.2022
Hajmi17.87 Kb.
#268305
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu tijorat korxonalari

Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona mulkdorning yoki u vakil qilgan organning qaroriga muvofiq tashkil etiladi. Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan korxonaning ta’sis hujjati uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavidan iboratdir. Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona o‘z mol-mulkining bir qismini xo‘jalik yuritish uchun belgilangan tartibda topshirish yo‘li bilan yuridik shaxs bo‘lgan boshqa unitar korxona (sho‘‘ba korxona) tashkil etishi mumkin. Muassis sho‘‘ba korxonaning ustavini tasdiqlaydi va uning rahbarini tayinlaydi.

Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, davlat organining qaroriga muvofiq davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin. Davlat korxonasining ta’sis hujjati uning ustavidir. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat korxonasining firma nomi uning davlat korxonasi ekanligini ko‘rsatishi kerak. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli bo‘lmaganida davlat uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi. Davlat korxonasi uni tuzgan davlat organining qaroriga muvofiq qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Download 17.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling