Mavzu: Tijorat korxonalarning xususiyatlari. Xususiy korxona
Download 17.87 Kb.
|
Mavzu tijorat korxonalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unitar korxona
Xo‘jalik shirkati deganda muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo‘lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo‘lgan tijorat tashkiloti tushuniladi, bunday shirkatda muassislar yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar.
Xo‘jalik shirkati to‘liq shirkat yoki kommandit shirkat turlariga bo‘linadi. Aksiyadorlik jamiyati deb ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hisoblanadi. Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog‘ida huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Jamiyat o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko‘rsatilgan yumaloq muhriga ega bo‘lishi lozim. Muhrda ayni paytning o‘zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi. Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Bunday jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo‘lishi mumkin emas. Unitar korxona o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi. Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas. Unitar korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir. Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo‘lib, bu rahbar mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi. Download 17.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling