Bundan foyda bormi?
Olimlar bergan ma'lumotlarga qaraganda, turganimizda biz o‘tirgan holatga qaraganda ikki marta ko‘p kaloriya sarflar ekanmiz. O‘tirganimizda daqiqasiga bir kaloriya, turganimizda – ikki, yurganimizda – to‘rt kaloriya sarflanar ekan.
Statistikaga ko‘ra, ortiqcha vaznga ega odamlar ozg‘inlarga qaraganda o‘rtacha 2,5 soat ko‘p o‘tirishar ekan. Bu sog‘liq uchun turish o‘tirishdan ko‘ra foydali ekanini anglatadi.Biroq bunda ko‘proq og‘irlik umurtqa va oyoqqa tushadi. Organizmda hamma narsa bir-biriga uzviy bog‘liq. Umurtqa deformatsiyasi, osteoxondroz oyoqlardagi og‘riqlarga sabab bo‘ladi. Venadagi harakatsizlik hissi umurtqadagi yoqimsiz og‘riqlarga sabab bo‘ladi, og‘ir oyoqlar sindromi rivojlanadi.Marina BerezkoShuning uchun o‘tirib hamda turib ishlashni birgalikda amalga oshirgan ma'qul. Beldagi og‘riqdan xalos bo‘lish uchun quyidagi mashqlarni bajarib ko‘ring. Tik oyoqda ishlab, og‘irlik hissini sezmaslik
Tananing barcha og‘irligini oyoq kaftining yumshoq qismiga o‘tkazing, tizzani biroz buking. Ana shunda bo‘ksa va tizza kamroq charchaydi. Vaqt o‘tishi bilan vaznni oyoqlarga o‘tkazishni o‘rganasiz. Bu qon aylanishi uchun foydaliroq. Bu yana oyoqning boldir qismini mustahkamlaydi.
Ish davomida biroz vaqtni turib, boshqa qismini o‘tirgan holatda o‘tkazing. Biz juda ko‘p o‘tiramiz: transportda, kechki payt divanda, ovqat paytida, krovatda. Shuning uchun ko‘proq turing, biroq kun bo‘yi tik oyoqda bo‘lmang.
Venalar salomatligini saqlash uchun doimiy ravishda har 2-3 soatda holatni o‘zgartirish, harakat qilish, yengil mashqlar bajarish kerak. Oyoqlardagi yoqimsiz og‘riqlar – og‘irlikni his qiladiganlarga profilaktik kompression trikotaj kiyib yurish tavsiya etiladi
.
Marina Berezko
Do'stlaringiz bilan baham: |