Mavzu: til, ong va tafakkur reja: Til (nutq) ning vujudga kelishi 2
Download 143.61 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu. Til ong va tafakkur.
Transformatsiyalar qonuni — bir tuzilishning boshqasiga aylanish qonuni.
Transformatsion grammatika — Xomskiy tizimining inqilobiy qismi hisoblanadi; unga ko‗ra nutqiy ma‘lumotlar bir turdan ikkinchisiga shakliy jihatdan o‗tish qonunlari belgilanadi. Masalan, quyidagi gapni tahlil qilsak: ―Sportchi qizni olomon orasida sezdi‖ va ―Olomon ichidagi qiz sportchi tomonidan sezildi‖. Ichki tuzilishga ko‗ra ikkala gapda bir xil g‗oya berilgan, lekin ikkala gapning shakllari (yoki yuzaki tuzilishi) bir-biridan farq qiladi va o‗zaro transformatsiya qonunlari bilan bog‗langan.
Uolter Kinch nutqiy tushunish nazariyasini yaratgan. Mazkur model propozitsiyalarga asoslanadi. Propozitsiya bu abstraksiya, ya‘ni mavhumlik bo‗lib, aniq izohlanishi murakkab bo‗lgan atama hisoblanadi. Biroq bu atamani yaxshiroq tushunish uchun propozitsiyalarning bir necha tavsiflarini ko‗rsatib o‗tishimiz mumkin: kuzatishga asoslangan mavhumliklar (abstraksiyalar) – matnni o‗qish yoki biron axborotni tinglash davomida ro‗y beradi; ular xotirada saqlanadilar va xotiraning qonuniyatlariga bo‗ysunadilar. Kinch tizimida propozitsiya predikat hamda bir va bir nechta argumentlardan iborat. Predikatni fe‘l, sifat, ravish kabi so‗z turkumlari yoki og‗zaki va yozma nutqning elementlari hisoblangan bog‗lovchi qismlar tashkil qiladi. U yuzaki tuzilish deb ataladi, bunday atamani bir nechta lingvistlar, jumladan Noem Xomskiy ham qo‗llagan. Argumentni ot, olmosh kabi so‗z turkumlari va klauzlar tashkil qiladi. Download 143.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling