Mavzu: til, ong va tafakkur reja: Til (nutq) ning vujudga kelishi 2
Download 143.61 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu. Til ong va tafakkur.
MAVZU: TIL, ONG VA TAFAKKUR Reja: 1. Til (nutq) ning vujudga kelishi 2. Nutqiy tafakkur nazariyalari
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to‗plangan nazariy va amaliy materiallar tahliliga ko‗ra, akustik nutq signallari murakkab muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo‗luvchi majmuaviy holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi. Odatda o‗pka va nafas olish tana a‘zolarining muskul harakatlari bosimning oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar qatnashishini uzluksiz ravishda ta‘minlab turadi. Nutqni vujudga keltiruvchi umumiy apparat sxemasi uchta jihatni o‗zida aks ettiradi. Nutqning anatomik tasviri: Ko‗krak qafasi. O‗pka. Traxeya. Ovoz paychalari (aloqalari). Tomoq trubkasi. Halqum bo‗shlig‗i. Tanglay pardasi. Og‗iz bo‗shlig‗i. Burun bo‗shlig‗i. Nutqning funksional elementlari: Nafas olish tomirlari, muskullarining kuchi. O‗pka sig‗imi. Traxeya harakati. Ovoz paychalari tebranishi yoki harakati. Tomoq trubkasining funksiyasi. Halqum bo‗shlig‗ining organik vazifasi. Tanglay pardasining holati (torayishi, kengayishi, shilimshiqligi). Og‗iz bo‗shlig‗i (uning tarkiblari, a‘zolari: tish, havo harakati, kuchaytirgich, susaytirgichlar va hokazo). Burun bo‗shlig‗i va uning tarkibiy a‘zolari (kataklari, tuklari, namligi, quruqligi). Og‗izdan nurning (yorug‗lik) kirib kelishi, ya‘ni nurlanishi. Burundan nurning kirib kelishi. Og‗iz va burundan havo oqimining kirishi. Ichki tana a‘zolaridan havo oqimining chiqib ketishi. Nutqning ekvivalent blok sxemasi: 2,3 – o‗pka va traxeya sig‗imi, 4 - ovoz (tovush) tebranishining manbai, 5,6 – hiqildoq va tomoq a‘zolarining sig‗imi, 7 – tanglay pardasi mexanizmi, 8 – og‗iz bo‗shlig‗i sig‗imi, 9 – burun bo‗shlig‗i sig‗imi, 10 – og‗iz traktidan chiqish signali, 11 – burun traktidan chiqish signali, 12 – shovqin manbai. A. Tomoq - havo bo‗shlig‗i – konfiguratsiya – nutqning paydo bo‗lishi keskin ravishda o‗zgaradi. Gapning bo‗lagi, tarkibiy qismi lotincha ―konfiguratsiya‖ deyiladi, frazeologik jihatdan ushbu atamada o‗z ifodasini topadi: ―qo‗li gul‖. B. Bunda yetakchi rol o‗ynaydi: a) tanglay pardasining harakati, b) til,
v) lab, g) pastki jag‗. Akustik tebranishning qo‗zg‗atuvchi mexanizmlari tomoq faoliyati, shovqin va impulsiv, ya‘ni ixtiyorsiz qo‗zg‗atish, tovushlarning paydo bo‗lishi, havo oqimining (massasining) tor oralig‗idan o‗tishi, nutq aktining ayrim o‗rinlari bilan uzviy aloqadordirlar. Akustika yunoncha ―acustika‖, ya‘ni eshituv, tovush nazariyasi demakdir. CHastotali filtratsiya akustika manbai bo‗lib hisoblanadi. Har qaysi tilda nutqning paydo bo‗lishida cheklangan tana a‘zolari harakati ishtirok etishi mumkin (artikulyar imo-ishoralar). Artikulyar imo-ishora nutq apparatining xususiyati va holatiga mos tushadi va muayyan nutq tovushining paydo bo‗lishiga olib keladi. Artikulyar imo-ishoralar tartib bilan birin-ketin amalga oshiriladi. Nutqning xususiyatlari. Matn – ma‘no – fikr bildirish. Ma‘lumot (xabar, axborot) bayoni. Og‗zaki nutqda axborotning muayyan darajada yo‗qolishi. Nutqning fonetik elementi. Nutqni idrok qilish nazariyasi: Shkalalashtirish. Unutish. Halaqit beruvchi vaziyat va sharoitda idrok qilish: a) akustik, b) vizual, v) taktil... Dinamik spektogramma: a) undosh, b) unli. Nutq faoliyati: Anglash tushunish Qayd qilish (fiksatsiya): a) nazariy va amaliy axborotlar, b) takroriy fikrlar, v) diqqatni yo‗naltirish (soxta diqqat), g) inson shaxsiyatini (shaxs, motiv, motivatsiya, emotsiya, hissiyot, iroda: emotsional-motivatsion, shaxsiy, irodaviy, kognitiv, regulyativ va boshqalar). Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bag‗ishlangan bir talay ilmiy tadqiqot natijalarimavjud bo‗lsa-da, lekin bu borada umumiylik, ta‘riflar birligi, uning evolyusion va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga oid qarashlarda mohiyat hamda shakl jihatdan o‗xshashlik yo‗q. Nutqning neyropsixologik asoslari, mexanizmlari, artikulyasion va fonetik apparatlari, psixolingvistik tuzilishi (fonema, fleksiya) to‗g‗risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar hamda umumlashmalar umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning filogenetik va ontogenetik xususiyatlari, paydo bo‗lishi, o‗sishi, o‗ziga xos tavsiflanishi, bosqichlari, fazalari, patologiyasi bo‗yicha xilma-xil yondashuvlar mavjuddir. Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o‗rganilishi ham o‗ziga xoslik, uning qirralari, shakliy tuzilishi, mantiqan izchilligi, tasniflanishi, mavjud bo‗lib, ilmiy talqinining tub mohiyati, bayoniyligi bilan o‗zaro tafovutlanadi. YOndashuvlar tahliliga to‗xtalishdan oldin, nutqning psixologik tavsiflari yuzasidan mulohaza yuritish, uning tatbiqiy jihati qiymatini oshirishga xizmat qiladi. Bizningcha, nutqning muayyan asoslarga suyangan holda noan‘anaviy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson – texnika munosabatini amaliy jihatdan namoyish qilgan bo‗ladi: verbal va noverbal. Genetik kelib chiqish jihatidan noverbal nutq birlamchi hisoblanadi, chunki insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so‗zsiz nutq turlarini paydo bo‗lgan bo‗lib, u o‗z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini qamrab olgandir. Insoniyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyasion apparati paydobo‗lgunga qadar, imo-ishora negiziga qurilgan. Ma‘lumki, qadimgi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida qanday funksiyani bajarayotgan bo‗lsa, o‗sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, ma‘lumotlar ko‗lami torbo‗lganligi tufayli insonlar noverbal nutqdan ko‗p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar. Avlodlar tarbiyasi ma‘lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimoiy va xususiy (shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu tariqa namoyon bo‗lgan, tobora takomillashib borgan. Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko‗rinishlarga ajratish mumkin: Imo-ishora, Mimika, Pantomimika, Exologik, ya‘ni aks sado, Signifikatsiya, Daktilogik (barmoq nutqi).
Inson yer yuzasidan hayot va faoliyat ko‗rsatish davrining dastlabki pallasida asosiy nutq turi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etgan. SHuning uchun etnik stereotiplar asosida muayyan kechinmalarni, ma‘lum axborotlarni shaxslararo munosabat jarayonida uzatish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, lekin ma‘noli, mazmunli nutq turi imo-ishorali nutq deyiladi. Masalan, o‗zbeklarda fikrni tasdiqlash old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xuddi shu ma‘noni bulg‗orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib keladi. Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jimjiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilinmaydi. Aksariyat hollarda imo-ishora his-tuyg‗usiz namoyon bo‗ladi va shaxslararo munosabatning tub ma‘nodagi ham quroli, ham vositasi funksiyasini bajarib kelgan. Lekin uni his-tuyg‗usiz deb nomlash ham ilmiy-amaliy qiymatini pasayishiga olib keladi, bu holat uning ijtimoiy funksiyani o‗zida aks ettiradi, shaxslararo munosabat mag‗zini tashkil etib kelgan, ba‘zida hozirgi zamonda ham undan keng ko‗lamda foydalaniladi. Psixologlar fikricha insoniyat tilini o‗rganish quyidagi jihatlari bilan qiziqarli: • Tilning homo sapiens vakillarida taraqqiy etganligi mavhumlashtirishning noyob turini namoyon qiladi, chunki bu mexanizm bilishning asosini belgilaydi. Boshqa mavjudotlarda (asalari, qushlar, delfinlar, kuchuklar va b.)
ham kommunikatsiyaning murakkab vositalari mavjud, maymunlar esa til
abstraksiyalariga o‗xshash vositalardan foydalanadilar. Lekin inson tilining mavhumlik darajasi juda yuqoridir. Til quyidagi vazifalarni amalga oshirish davomida o‗z tabiatining fenomenallik darajasini ifodalaydi: • tilni qayta ishlash — ma‘lumotlarni qayta ishlash va saqlashning muhim komponentidir. • intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilish (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, echimni topishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish). Muammoli vaziyatlarni hal qilish ―ichki‖ tarzda amalga oshiriladi va bu tashqi ta‘sir(stimul)larning ishtirokisiz ro‗y beradi. Verbal (nutqiy) belgilar bilan ifodalangan abstraksiyalar bizga ana shu muammoli vaziyatlarda echimga kelish uchun yordam beradi. • til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‗ladi. • til bilishning asosiy qirrasi sifatida idrok qilish jarayonining qanday ro‗y berishini izohlaydi. Ba‘zi olimlarning ta‘kidlashicha, til insonning dunyoni qay yo‗sinda idrok qilishini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, tilning taraqqiyoti qandaydir ma‘noda olamni idrok qilishga asoslanadi. SHu sababli perseptiv nutqiy jarayon o‗zaro aloqadorlikda ro‗y beradi, ya‘ni biri ikkinchisiga bevosita ta‘sir ko‗rsatib boradi. • so‗zlarni qayta ishlash, nutq va semantika miyaning ma‘lum bir markazlarini faollashtiradi va bu bilan til va neyroanatomik tizimning o‗zaro aloqasini ta‘minlaydi. SHuningdek, miyaning buzilishlarida nutqiy funksiyalarning o‗zgarishlari ro‗y berishi tadqiqotlarda o‗z isbotini topgan. Noem Xomskiy transformatsion grammatikani kashf qilgan holda tilga oid qarashlarni o‗zgartirdi. Quyida ushbu nazariyaning muhim jihatlari keltirilgan: • til shunday vositaki, u orqali biz fikrning mantiqiyligini, mazmunga bog‗liqligini ko‗ramiz. SHu tufayli tilni izohlashda yuzaki tavsif berish mumkin emas • til rivojlanuvchi tizim hisoblanadi. • til tuzilishining asosida barcha tillarga xos bo‗lgan elementlar yotadi va ular orqali kognitiv jarayonlarning namoyon bo‗lish prinsiplari ifodalanadi. Mazkur prinsiplar bevosita tilni o‗rganish hamda generatsiya qilishga ta‘sir etadi.
E‘tiborli jihati Noem Xomskiy bixeviorizm yo‗nalishining S—R prinsipiga asoslangan o‗rganish metodini tanqid qilgan holda shunday deydi: ―Tilning taraqqiyotini faqat operant o‗rganish tushunchasi doirasida tahlil qilish mumkin emas, psixologiyaga oid nazariyalar yuzaki jarayonlarni emas, balki sof ichki jarayonlarni tadqiq qilishi lozim‖. Ba‘zi psixologlar Noem Xomskiyning ushbu tanqidiy qarashlarini inkor etsalarda, umumiy holda uning yuqoridagi fikrlari kognitiv psixologiyaning nazariy asoslarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‗shdi. Noem Xomskiy nazariyasidagi uchta tushunchaning talqin qilinishi diqqatga sazovordir. Bular — yuzaki tuzilish, ichki tuzilish va transformatsiya qonunlari. Bu atamalar quyidagi mazmunlarni ifodalaydi: YUzaki tuzilish — gapning shunday qismiki, u orqali oddiy grammatik tahlil aniqlanadi; Ichki tuzilish — asosiy shakl bo‗lib, u fikrlarni uzatishga xizmat qiladigan ma‘lumotning ahamiyatli qismidan iborat; Download 143.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling