Mavzu: til, ong va tafakkur reja: Til (nutq) ning vujudga kelishi 2


Download 143.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana28.10.2021
Hajmi143.61 Kb.
#169343
1   2
Bog'liq
10-mavzu. Til ong va tafakkur.

Transformatsiyalar qonuni — bir tuzilishning boshqasiga aylanish qonuni. 

Transformatsion  grammatika  —  Xomskiy  tizimining  inqilobiy  qismi 

hisoblanadi; unga ko‗ra nutqiy ma‘lumotlar bir turdan ikkinchisiga shakliy jihatdan 

o‗tish qonunlari belgilanadi. Masalan, quyidagi gapni tahlil qilsak: ―Sportchi qizni 

olomon orasida sezdi‖ va ―Olomon ichidagi  qiz sportchi tomonidan sezildi‖. Ichki 

tuzilishga ko‗ra ikkala gapda bir xil g‗oya berilgan, lekin ikkala gapning shakllari 

(yoki  yuzaki  tuzilishi)  bir-biridan  farq  qiladi  va  o‗zaro  transformatsiya  qonunlari 

bilan bog‗langan. 

 

Uolter Kinch nutqiy tushunish nazariyasini yaratgan. Mazkur 



model propozitsiyalarga asoslanadi. Propozitsiya bu abstraksiya, ya‘ni mavhumlik 

bo‗lib,  aniq  izohlanishi  murakkab  bo‗lgan  atama  hisoblanadi.  Biroq  bu  atamani 

yaxshiroq  tushunish  uchun  propozitsiyalarning  bir  necha  tavsiflarini  ko‗rsatib 

o‗tishimiz mumkin: kuzatishga asoslangan mavhumliklar (abstraksiyalar) – matnni 

o‗qish  yoki  biron  axborotni  tinglash  davomida  ro‗y  beradi;  ular  xotirada 

saqlanadilar  va  xotiraning  qonuniyatlariga  bo‗ysunadilar.  Kinch  tizimida 

propozitsiya  predikat  hamda  bir  va  bir  nechta  argumentlardan  iborat.  Predikatni 

fe‘l, sifat, ravish kabi so‗z turkumlari yoki og‗zaki va yozma nutqning elementlari 

hisoblangan  bog‗lovchi  qismlar  tashkil  qiladi.  U  yuzaki  tuzilish  deb  ataladi, 

bunday  atamani  bir  nechta  lingvistlar,  jumladan  Noem  Xomskiy  ham  qo‗llagan. 



Argumentni ot, olmosh kabi so‗z turkumlari va klauzlar tashkil qiladi. 

 

Download 143.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling