Mavzu: Til va nutq Mavzuning maqsadi
Download 22.17 Kb.
|
yulduz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastur bilan muvofiqligi: Shakllantirilayotgan ko’nikmalar
- Mavzuga oid tanlangan materiallar
- Lingvistik mashqlar va lingvistik qoidalarning berilishi
- Nutqiy mavzu bo’yicha o’qituvchi kitobi tahlili
- O`quvchilardan kutilayotgan natija
Mavzu: Til va nutq Mavzuning maqsadi: 1.Ta`limiy maqsad-o`quvchilarga o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq ,tushunarli bayon qila olishni o`rgatish 2.Tarbiyaviy maqsad- o`quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish. 3.Rivojlantiruvchi maqsad-o`quvchilar savodxonligini o`stirish, zehn va sinchikovlik qobilyatlarini rivojlantirish. Dastur bilan muvofiqligi: Shakllantirilayotgan ko’nikmalar: O`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq, tushunarli bayon qila olish; Mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish; O`zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish; Shaxsning kamolotga intilishi va o`zini nazorat qilishi. Mavzuga oid tanlangan materiallar: darslik, tarqatmalar,ko`rgazmali qurol, rag`bat kartochkalari. Matn yuzasidan tuzilgan savol va topshiriqlar 1.Til deb nimaga aytiladi? 2.Nutq haqida bilganlaringizni gapirib bering. 3.O’zbek tili nima uchun bizga ona tili sanaladi? Har bir shaxs ma`lum bir jamiyat vakili hisoblanadi. Jamiyat a`zolari o`zaro doimo aloqada bo`ladilar. Bir obyektiv olamda o`z sezgi a`zolari orqali his etgan ma`lum narsa va hodisa haqida boshqalarga tovush to`lqinlari yordamida axborotni yetkazadi.Axborot uzatuvchi so`zlovchi, eshituvchi esa tinglovchi sanaladi. So`zlovchi va tinglovchi o`rtasidagi ana shunday axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi..Nutqiy faoliyat yozma tarzda ham amalga oshirilishi mumkin. Shvetsariyalik olim Ferdinand de Sosyur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshirishni ta`kidlaydi; tilshunoslikda tiul va nutq tushuncha-larini farqlaydi. Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi. Hali voqealanmagan imkoniyat tarzidagi, ma`lum jamiyat a`zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi – til , shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo`lishi , voqelanishi nutqdir. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o’ziga xos hususiyatlarini ajratish mumkin: 1.Til aloqa materiali bo’lsa, nutq aloqa shaklidir. 2.Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa bir shaxs yaratadi. 3.Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog’liq holda uzoq bo’ladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og’zaki nutq so’zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin. 4.Til nisbatan turg’un, barqaror bo’lsa, nutq doim harakatda bo’lib, o’zgaruvchan hodisa sanaladi. 5.Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, matn shaklida bo’lishi mumkin. Lingvistik mashqlar va lingvistik qoidalarning berilishi: Mmavzuda berilgan lingvistik mashqlar ona tili bo’yicha bilimlarni oshirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda boshqa fanlar (ko’pincha, tabiat) ga oid qiziqarli ma’lumotlar va miyani charxlaydigan boshqotirmali topshiriqlarni o’z ichiga oladi. Aslida Qutb yulduzi sarlavhasi ostidagi mavzuda ona tiliga oid atoqli otlar imlosi, uyushiq bo’laklar, vergul qo’llash, ijodiy matn tuzish kabi bir qancha bilimlarga ega bo’lish maqsadi yotibdi. Lingvistik mashqlarning turli qiziqarli matn va topshiriqlar bilan berilishi o’quvchining zerikmasligi va fanga yana ham qiziqishiga olib keladi. Ulardan quyidagilariga e’tibor beraylik: 1-mashq. Matn o’qitiladi dunyodagi tillar va ular orasida o’zbek tilining tutgan o’rni haqida bahs yuritiladi. 2-mashq. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” kitobidan olingan parcha o’qitiladi. Undagi asosiy g’oya haqida suhbatlashiladi. 3-mashq. Gaplar ko’chiriladi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi va uning ahamiyati haqida bahs uyishtiriladi. Nutqiy mavzu bo’yicha o’qituvchi kitobi tahlili: Har bir dars jarayoni kirish, asosiy qism, uyga vazifadan iborat. Kirishda dars avvalida o’quvchilarni mavzuga yo’naltirish uchun savollar beriladi. Asosiy qismda topshiriqlar berilib, topshiriqlarning shartlari kengroq yoritilgan. O’quvchiga topshiriqni bajarishi uchun yo’nalish berish uchun xizmat qiladi. Mavzuda berilgan har bir savollar javob berish jarayonida o’quvchilar qanday bilimga ega bo’lishlari kerakligi batafsil yozilgan. Savol va topshriqlarning javoblari ham berilgan. Uyga vazifa qismida berilgan topshriqning bajarilish usuli bo’yicha o’qituvchilarga ma’lum yo’nalish berib o’tilgan. Har bir dars uchun ajratilgan topshiriqlar har bir yo’riqnimada yuqoridagidek shaklda berilgan. O`quvchilardan kutilayotgan natija: Mavzu yakunlangandan so’ng o’quvchilarda og’zaki va yozma nutq rivojlanishi, biror ma’lum jarayonlarda fikrni to’g’ri yo’naltirish, fikrlarini to’ldirish, til birliklarini to’g’ri qo’llay olish, mavzuga oid til birliklaridan o’rinli foydala olish, tasvirlash, olinma so’zlarning ma’nolarini o’zlashtirish, ularning imlosi va talaffuzi haqida nazariy ma’lumotga ega bo’lish, tasviriy matn yaratish, bosh harflar imlosini o’rganish, ravishlardan nutqd foydalanish, matnlarni o’qib tushunish, fikrlarini asoslab berish, izohlash, munosabat bildirish, so’z boyligini oshirish, so’zlarga to’g’ri so’roq berish, ularning imlosini o’rganish, uyushiq bo’laklar haqida nazariy ma’lumotga ega bo’lish, atoqli otlarni aniqlash, ma’lumot to’plash, tahrirlash, iboralarning ma’nolarini o’rganish, matnda ifodalangan ma’lumotni topish, axborot qabul qilish, tushunish, mustaqil kommunikativ aloqaga kirisha olish ko’nikmalarining shakllanishi maqsad qilingan. Download 22.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling