Mavzu: Til va nutq munosabatlari. Nuqt odobi. Til va madaniyat


Download 23.48 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi23.48 Kb.
#1583259
Bog'liq
Til va madanyat


Mavzu: Til va nutq munosabatlari. Nuqt odobi. Til va madaniyat.
Reja.

1. Til bilan nutqning bir-biriga bog`liqligi


2. Til madaniyati va nutq madaniyati

1.


Tilga xos xususiyatlar.

2.
Nutqqa xos xususiyatlar

3.

Xulosa.


Til va nutq bir-biriga bog`liq hodisalardir, ularni bir-biridan ajratib qarab bo`lmaydi.


Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi.

Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo`ladi.


Tilda ruhiy va moddiy material mavjud. So`z, moro’ema, fonemalarning kishi

xotirasidagi obrazlari ruhiy material hisoblanadi. Nutq yaratish jarayonida ma`lum tovush
to`plamida namoyon bo`ladigan so`z shakllari moro’emalar, tovushlar moddiy materialdir.

Bunday til bir tomondan, moddiy hodisa bo`lsa, ikkinchi tomondan ruhiy hodisadir, degan

xulosa kelib chiqadi. Tilning ruhiy hodisaligini uning ongda saqlanishi ko`rsatadi. Uning

moddiyligini esa nutq jarayonida yuzaga keluvchi mavjud real tovushlar belgilaydi.

Biz xotiramizda saqlangan qoidalardan tezkorlik bilan foydalanib, biror fikrni yuzaga

chiqarish uchun so`zlar va grammatik ma`no tashuvchi morfemalardan so`z shakllarini va

gaplarni hosil qilamiz. Masalan, miyamizda u kitobni qayerdan olganini bilish fikri tug`ildi,

deylik. Uni savol tariqasida shunday yuzaga chiqaramiz. Sen kitobni qayerdan olding? Bunda biz

sen, kitob, qayer, ol leksemalardan: -ni, -dan, -da, -ng morfemalaridan va so`roq gap modelidan

hamda qoidasidan foydalandik. Bu gapni aytish jarayonida ongimizdagi leksemalar alohida

mofemalarnn qabul qilib, so`z shakllaridan aylandi va yuqoridagicha tartibni egalladi. Til ruhiy

hodisadan moddiy hodisaga aylandi. Bu jarayon tugashi bilan tilga tegishli narsalar yana

alohidalik holiga qaytadi va ongimizda avvalgidek saqlana beradi. Demak, ma`lum til

jamoasidagi kishilar ongida tovush obrazlari sifatida saqlanadigan va hamma vaqt haqiqatga

aylanishga tayyor turgan so`z, fonema, tufayli lisoniy qoidalar, gapning modellari tilga

tegishlidir. Chegaralangan narsalar miqdoridadir, nutq esa cheksizdir.

Tilda paydo bo`lgan narsalar dastlab ayrim shaxslar nutqida ko`rinadi, so`ng asta-

sekinlik bilan butun jamoa ongiga singadi. Nutq tildagi mavjud ifoda vositalardan foydalangan

holda mavjudlikka aylangan fikrdir. Nutq nutq a`zolarining harakati jarayonida paydo bo`ladi.

Ruhiy hodisa bo`lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o`tgach, haqiqatga aylanadi.

Til bilan nutq orasidagi munosabatga dialektik nuqtai nazardan yondashilgandagina u
haqdagi tasavvur bilimlarimiz to`laqonli bo`ladi, mukammallashadi. Til bilan nutqning o`zaro

munosabatini yaxish anglamoq uchun avvalo, tilning o`zini, uning qanday qurilma ekanligini

aniq his etmoq kerak. Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichda amalga oshadi:

Birinchi bosqich til vositalarini bilishdan iborat. Bu nutqni tinglaganda unda ishlatilgan til

vositalarining ma`nosi va vazifasini anglashda ko`rinadi. Ya`ni tinglovchi tinglagan va o`qigan

narsalarinp tushunadi. Bunday shaxs o`zgalar nutqini yaxshi tushunadi. Ammo o`zining nutqi

tilning rang-barang imkoniyatlaridan mahrum qilmoq bo`ladi.

Ikkinchi bosqich til sistemasi taqdim etgan imkoniyatlarining katta qismini chuqur

o`zlashtirishdan ularni nutq tezkorligiga aylantirib olishdan iboratdir. Bunga erishgan shaxsning

nutqi ravon, boy, obrazli, o`rindi bo`ladi. Birinchi bosqichda anglab olingan nutq vositalari

ustida doimiy mashq qilish, ularni xotirada saqlashga doimo e`tibor berish, bu imkoniyatlarni

nutqiy tezkorlikka aylantiradi.


Mustahkamlash uchun savollar.

1. Til bilan nutqning bir-biriga bog`liqligi haqida nimalarni bilasiz?
2. Til madaniyati va nutq madaniyati tushunchasini qanday izohlaysiz?

3. Tilga xos bo’lgan xususiyatlar haqida so`zlang .

4. Nutqqa xos bo`lgan xususiyatlar qaysilar?

5. Nutq madaniyati nima?

6. Nutq va uning turlari.

7. Nutq madaniyati lingvistik soh

8. Nutq madaniyati muammolari.

Nutq madaniyati fani hozirgi davr tilshunoslik fanining aktual muammolaridan biridir.

Tafakkur nutq yordamida ro`y berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog`laydilar.

Nutq madaniyati esa biror tilda to`g`ri so`zlash va yozish, o`sha tilda o’ikri qisqa va aniq, sodda

va obrazli, uslub jihatdan ravon ifodalash demakdir.

Tinglovchida kuchli taassurot qoldirish va kishining nutqi noaniq bo`lmasligi uchun dastlab til

qoidalarini puxta bilish lozim.

Nutq turli shaklga ega bo`lib, quyidagicha klassifikatsiya qilinadi.

Nutq, ko`pincha, ovoz chiqarmasdan, o`ylash protsessida ham ifodalanadi. Bunday odam

ichida gapiradigan, ya`ni passiv nutqdir. Bunday ichki nutqda ikkinchi kishiniig bo`lishi shart

emas. Ichki nutq og`zaki va yozma nutqning asosi sifatida muhim o`rin tutadi.

Nutq

Ichki nutq

нутq

Таshqи
nutq

Passiv nutq


Аktiv nutq

Оg’zaki nutq

Yozma

nutq
Моnоlоgik

нутq

Дialogik



nutq

Tashqi muhit aktiv o’ikrlashni talab qiladi. Bunday nutq og`zaki va yozma formada


amalga oshiriladi. Odatda, tovushli so`zlashuv protsessiga og`zaki nutq deyiladi. Bundan

tashqari kishilar intonatsiya orqali mimika va imo-ishora orqali ham o`z fikr, his-

tuyg`ularini boshqalarga yetkazadi. Og`zaki nutq hamisha bir yoki bir necha kishi tomonidan

monolog yoki dialog shaklida namoyon bo`ladi. Monologik, nutq bir kishining ko`pchilikka

qaratilgan fikrlarining ifodasidir.

Dialogik nutq ikki va undan ortiq shaxs o`rtasida amalga oshiriladi.

Nutq madaniyati hodisasining o`zini maxsus ilmiy tushuncha, maxsus lingvistik soha

sifatida asoslab berishga bag`ishlab yozilgan adabiyotlar juda kam.

O`zbek tilshunosligida, shuningdek, deyarli butun turkologiya fanida, nutq madaniyati

sohasi yangi bo`limdir Bu masala bo`yicha endigina sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi vaqtdagi eng muhim narsa shuki, nutq madaniyatini ilmiy muammo sifatida

qo`yish va ishlash lozimligi ko`pchilik olimlar tomonidan tan olindi. Nutq madaniyati deb

yuritiluvchi tushunchaning ilmiy muammo sifatida «asoslanishi, dastlab rus tilshunosligida

yuzaga keldi. Bu masalaning ilmiy muammo sifatida asoslalanishi atoqli rus tilshunosi Grigoriy

Osipovich Vinokur (I897-1947) ning nomi bilap bog`liqdir.

O`zbek tilshunosligi nutq madaniyati oldida quyidagi aktual nazariy hamda amaliy

muammolar turibdi:

1.Nutq madaniyatining umumnazariy muammolari.

2.Yozma nutq madaniyati muammolari.
3.Og`zaki nutq madaniyat muammolari.

Mazkur muammolarning ilmiy hal qilishni tilshuni.

O`zbek tilshunosligida nutq madaniyati tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan yana bir qator

masalalar ham borki, ularni umumlashtirib tubandagicha gruppalashtirish mumkin:

1.Nutq madaniyati yoki til madaniyati deb nomlanuvchi tushuncha, hodisaning

mohiyatini aniqlash kerak.

2.Nutq madaniyati tushunchasining tilshunoslik fanida paydo bo`lishi tarixan

asoslanishi lozim.

3.Nutq

madaniyati


va

til
madaniyati

terminlariii

ifodalovchi tushunchalarning aloqador va farqli xususiyatlarini aniqlash zarur.

4.Nutq madaniyati tushunchasining, bir tomondon, ilmiy muammo sifatida va

ikkinchi tomondan, lingvistik soha sifatida mazmunini belgilash kerak.

5. Nutq madaniyati muammosini ilmiy tadqiq etish aspektlari aniqlanishi lozim.

6. Nutq madaniyati sohasi bilan tnlshunoslikning boshqa bo`limlari orasidagi munosabat,

ulardagi o`zaro o`xshashlik aloqadorlik farqli tomonlar belgilanishi shart.

7. Nutq madaniyati sohasining nazariy muammolari, unga kiruvchi masalalar aniqlanishi

zarur.

8. Nutq madaniyatining amaliy muammolari unga kiruvchi masalalarni aniqlanishi kerak.

9. Nutq madaniyati va individual nutq masalasi.
10. Nutq madaniyati va ommaviy nutq muammosi nimaligi aniqlanishi zarur.

Yuqorida qayd qilingan tushuicha va muammolarni talqin qilish va javob topishga

intilish o`zbek tilshunosligi o’anining dolzarb masalalaridan biridir.

Mustahkamlash uchun savollar.


1.Nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz?

2.Nutq va uning turlari haqida gapiring.

3.Og`zaki nutqning o`ziga xos xususiyatlari haqida so`zlang.

4.Yozma nutqqa qo`yiladigan umumiy talablar nimalardan iborat?


Mavzu bo`yicha tayanch iboralar:

1,2,14,15,16,17,21,22.

Mavzu: Nutqning kommunikativ sifatlari.


1. Nutqning to`griligi.

2. Nugqning aniқligi.

3.Nutқning tozaligi.

4.Nutqiing mantiqiyligi.


5. Nutqiing ifodaliligi.

Adabiyotlar:
1. Qo’ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat

asoslari.-

Toshkent,1992.

2. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. – Toshkent, 2001.

3. Yo. Tojiyev., N. Xasanova. X. Tojimatov., O. Yo`ldosheva. O`zbek nutqi
madaniyati va uslubiyat asoslari.- Toshkent, 1994.

Matn.


Har qanday nutq ma`lum bir so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki

o`quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi ko`rinishidir. Albatta bu yo`llangan


nutq tinglovchiga yetib borib ma`lum bir ta`sir ko`rsatsagina unga nisbatan yaxshi nutq

deyishimiz mumkin. Nutq har tomonlama yaxshi bo`lishi uchun o`z oldiga ma`lum talablarni

qo`yadi.

Bu


talablar

nutqning


asosiy

sifetlarn,


xususiyatlari

deb


yuritiladi.

Ular
nutqning

to`g`riligi,

mantiqiyligi,

ta`sirchanligi,

tozaligi,

tushunarliligi,

va

maqsadga muvofiqligidir.
1. Nutqning to`g`riligi. «To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G. Kostomarov, - nutq

madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda qabul qilingan

normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug’at va fammatik

normalarini egallashni tushunishimiz lozim bo`ladi».

Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir.

Nutq to`g`ri bo`lmasa, boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo`ladi. Nutqning tuzilishi

to`g’ri bo`lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi.

Nutq to`g`ri bo`lishi uchun, asosan, ikki normaga – urg`u va grammatik normaga qattiq

amal qilishni talab qiladi. So`zlardagi urg’uning ko`chishi bilan ma`nosi ham ba`zan o`zgarib

ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi:

Olma-olma; hozir-hozir, yigitcha-yigitcha; o`quvchimiz-o`quvchimiz, yangi-yangi va hokazo

Gap tarkibidagi bir so`zga tushadigan mantiqiy (logik) urg’uni ham ma`noni farqlashdagi

xizmati katta.

Grammatik

normaga

rioya
qilish


deganda


gap

tuzish
qoidalaridan

to`g`ri foydalanish, o`zak va qo`shimchalarni qo`shishda xatoga yo`l

qo`ymaslik, kelishik qo`shimchalarini o`z o`rnida qo’llash, ega va

kesimning

mosligi,

ikkinchi

darajali

bo`laklarni

ularga

bog’lanish
qonuniyatlari tushuniladi.

2. Nutqning

aniqligi
-

bu


so`zning
o`zi

ifodalayotgan


voqelikka

mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim

fazilatlaridan biri sifatida қadimdan ma`lum. G’arb

mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq

sifatlarining

birinchi

sharti

deb
hisoblanganlar.

Aristotel:

Agar

nutq
noaniq

bo`lsa,


u

maqsadga

erishmaydi»,-
degan

bo`lsa,


Kaykovuz

«Ey farzand so`zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya

qilgil,

so`zlag’anda


ma`noli

gapir,
bu


notiqlikning


alomatidir.

Agar


gapirgan vaqtingda so`zning qanday ma`noga ega ekanligini

bilmasang qushga o`xshaysan...» deydi.

Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining
ma`nosi bilan, nutqda ishlatilayotgai so`z ma`nolarini bilish bilan bog`liq bo`ladi.

Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so`zlar

tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma`nolariga mos vazifalar yuklasa nutq aniq bo`lishi

tayin. Aniqlik ikki xil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi.

3. Nutqning

mantiqiyligi

uning

asosiy
sifatlari

to`g`rilik

va


aniqlik

bilan

chambarchas
bog’langandir.

Chunki


grammatik

jihatdan


to`g`ri

tuzilmagan


nutq

ham,
fikrni


ifodalash


uchun

muvaffaqiyatsiz


tanlangan

lug`aviy

birlik

ham
matiqning

buzilishiga

olib

kelishi
tabiiydir.

Mantiqiy

izchillikning

buzilishi

tinglovchi

va


o`quvchiga

ifodalanayotgan


fikrning

to`liq


borib

yetmasligiga,


ba`zan

umuman,


anglashilmasligiga

olib


keladi.

Nutqni
tuzishdagi

e`tiborsizlik

natijasida ba`zan, hatto, mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi

misolga

e`tibor


qiling
«Ferma


jonkuyarlari


olti

oylik
davlatga

sut

sotish



planlarini
muddatidan

oldin

bajaradilar
(gazetadadan)»
Gapda so`zlarning tartibi to’g’ri bo’lmaganligi, «olti oylik»

birikmasining «sotish» so`zidan keyin kelmaganligi tufayli

mantiqqa putur yetyapti, hatto xato fikr ifodalanyapti.

Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik

bo`lishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqiy jarayonning hamma ko`rinishlarida ham
o`rtaga qo`yib bo`lmaydi. Masalan: vazifaviylik uslublarda, xususan, ilmiy va badiiy nutq

uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini olib ko`raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit

bir tuzilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo`lib, ular yagona bir halqaga

birlashadi. Matnda bayon qilinayotgan fikrlar qat`iy izchillikda bayon qilinadi. Badiiy nutq

tuzilishi esa, bir oz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelindi-yu birdaniga

uzilish yuz beradi va endi boshqa voqealar hikoya qilinib ketiladi. Bu narsa go`yo mantiqiy

izchillikka

putur


yetkazganday

ko`rinsa-da,


aslida

unday
emas.


Badiiy
asarlarda,

xususan,

qissa,

roman
kabi

janrlardagi


keng

planlilik


tasvir

qurilishini


ana

shunday


tuzishni

taqozo


qiladi.

Mantiqan


putur

yetmaganlik,


bunday

asarlarning oxirida ma`lum bo`ladi.


Xulosa qilganimizda, nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit bir sistema asosida tuzilgan,

fikrlar rivoji izchil bo`lgan, har bir so`z, ibora aniq maqsadga mo`vofiq ravishda ishlatiladigan

nutqni tushunamiz.

4. Nutqning tozaligi. Nutqning tozalish degaida, eng avvalo, uning adabiy tilning

lisoniy normasiga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, ideal nutq

hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo`lishi, turli til, g`ayri adabiy til

unsurlaridan holi bo`lishi kerak. Bu masalaning lisoniy tomoni bo`lib, nutqiy tozalikning

nolingvistik jihatlari ham undan kam bo`lmagan ahamiyatga ega.

Nutqimizning toza bo`lishiga halaqit berayotgan lisoniy unsurlar, asosan, dialektizmlar va

varvarizmlardir. To`g`ri, ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo`lmaydi. Chunki, badiiy

adabiyot tilimizda dialektizm va varvarizmlar bilan ma`lum badiiy-estetik vazifani bajarishi,

mualliflik ma`lum g`oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik,

muallif milliy kaloritni bermoqchi yoki asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilishda

dialektizm va varvarizmlarga murojaat qilishi, hatto, zarurdir. Masalan: «Yoshulli, saning qizing

bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara batkirdor, na sababda mundoq

yomon so`zlarni elga tarqatding» (Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar hududiy kaloritni

berishga xizmat qilgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar - chet so`zlar xarakter yaratishda

yozuvchiga ko`maklashgan. «Dubora» yana bordi bir ishga shul, (so`kib -net, - dedi, kelma

durrak, poshul!) (Mirmuhsin).

Parazit so`zlar deb ataluvchi lug`aviy birliklar ham til madanyati uchun yotdir. Ular,

asosan, so`zlashuv nutqida ko`p ishlatilib, notiqning o`z nutqini kuzatib bormasligi,

e`tiborsizligi natijasida paydo bo`ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan: ayrim


kishilar o`zlari sezmagan holda demak, xo`sh kabi so`zlarni qaytaraverishga o`rganib qolganlar.

«Bir dokladchining bir soatli nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov -«o`rtoqlar» so`zi 101

marta, «ya`ni» so`zi 73 marta, «demak» so`zi 60 marta takrorlanganligining guvohi

bo`lamiz. Qarang, bir soatlik nutqda 234-ta ortiqcha, «bekorchi» so`z ishlatilgan» (Ahmedov A.

Til boyligi - Toshkent, 1968, 27-bet)

5. Nutqning ta`sirchanligi. Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan, og`zaki nutq jarayoni

nazarda tutilgan va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni

e`tiborga olish ham muhimdir. Ya`ni, notiq tinglovchilarni hisobga olishi kishilarning bilim

darajasidan tortib, hatto yoshigacha, o`z nugqining tinglovchilar eshitayotgan paytdagi

kayfiyatigacha kuzatib turishi, o`z nutqining tinglovchilar tomonidan qanday qabul

qilayotganini nazorat qilishi lozim bo`ladi. Professional bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo’n,

sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo’lmagani kabi, oddiy, yetarli darajadagi ma`lumotga

ega bo`lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish kerak

emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo`lgan

fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo’yiladi. Xo`sh,

ta`sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? Unga B.L. Golovin shunday ta`rif

beradi: «Ta`sirchan nutq deb nutq qurilishining tinglovchi va o`quvchi e`tibori va qiziqishini

qozonadigan xususiyatlariga aytiladi, o`z pavbatida shu xususiyatlarga ega bo`lgan nutq

ta`sirchan sanaladi».

Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish notiqlar oldiga qo`yiladigan

asosiy shartlardan hisoblanadi. Buning uchun esa, yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi

bilshdlan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo`lishi kerak. Nutqdagi

fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tugashi, ularni o`zaro bog`lab, tinglovchilarga avval

nutq rejasini taklif qilib, gapni, bog`lash lozim. Vaqtni hisobga olish notiqlik fazilatlaridandir.

Chunki so’zlash muddati oldin e`lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bo’lsa, sal oldinroq

tug’atilsa, tinglovchilar zerikmaydi.

So`zlovchining

o`z


nutqiga

munosabati


ham

muhimdir,


chunki,

shunday


bo`lgandagina

quruq


rasmiyatchilikdan

qochish


bo`ladi.

So`zlovchi

va

tinglovchilar


o`rtasida

aloqa


yaxshi

bo`ladi.


Notiq

fikrlarni


o`zi

yoki
tinglovchilar

hayotidan

olingan


misollar


asosida

isbotlashga


harakat

qilsa,
mavzuga


doir
sub`yektiv

fikr

mulohazalarini



bildirsa,
nutq

yana
ham


ishonarli


va

ta`sirli


bo`ladi.

O`qituvchi nutqining to`g`riligi.

Nutqning to`g`riligi uning adabiy til normalariga mosligidir. Adabiy til

normalari ko`p tarmoqli bo`lgani uchun nutqning to`g`riligi ham bir qancha shartlarni o`zida


qamraydi. To`g`ri, nutq o`zida adabiy tilning, fonetik, talaffuz, lug`aviy so`z yasalishi,

grammatik (morfologik, sintaktik), uslubiy normalarini mujassamlashtirgan bo`lishi

lozim. Bularning birortasidan biroz chetlashgan nutq ham to`g`ri nutq bo`la olmaydi.

Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to`g`ri bulmasa, boshqa

kommunikativ fazilatlari ham vayron bo`ladi. Nutqning tuzilishi to`g`ri bo`lmaganda, uning

mantiqiyligi, aniqligi, o`rinliligi kabilar haqida gapirib bo`lmaydi.



To`g`ri nutq tuzish uchun so`zlovchi adabiy til normalarini egallab olgan bo`lmog`i

lozim. Bu esa juda murakkab, sermashaqqat ishdir.
Download 23.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling