Mavzu: “Tilimiz Davlat”


Download 50.5 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1128531
  1   2   3
Bog'liq
4-sinf tadbir


Mavzu: “Tilingni avayla -- omondir boshing"
Aziz o’quvchilar va hurmatli ustozlar, til maillatning katta boyligi, bebaho mulki va qadr qimmatidir. Shuni hisobga olib O’zbekiston hukumati 1989-yil 21-oktabrda O’zbek tili haqida qonun qabul qilingan edi. Bu yil ana shu qonun qabul qilingan kunga 32yil bo’ldi. 32 yil ichida ona tilimiz to’liq tiklandi. 1995-yilda qayta ko’rib chiqildi. 1-dekabrda 24 moddadan iborat bo’lib, Prezidentimiz tomonidan tasdiqlandi.
,,Tilingni avayla - omondir boshing" mavzusida 4– sinf o’quvchilari o’zlarining bu sohadagi bilim va ko’nikmalarini namoyish etadilar.
1-boshlovchi: Assalom, ustozlar, qalbi quyoshlar. Assalom mehmonlar, quvnoq, sho’x yoshlar! Til bayramin, tinglar yurtim jamoli sizga yosh tilshunoslar qizg’in salomi.
2-boshlovchi: Davrani keng oling do’stlar
Shirin so’zli, qora ko’zlar
Jaranglasin tillar bazmi
Hofizlarning o’tli nazmi
O’zbek tili so’zlaydi.
Oppoq harir libosda kiradi.
Tadbir o’tkaziladigan xona Til bayramiga mos qilib bezatilgan.Turli davralarda yashab o’tgan allomalar, shoir – yozuvchilar, arboblarning o’zbek tili haqidagi faylusofona, dono fikrlari, xalq maqollari, devor “sahnidan” joy olgan. Oppoq harir libosda ulug’vorlik kasb etib “Ona tili” siymosida boshlang’ich sinf o'quvchisi asta - sekin yurib, sahna o’rtasiga keladi va o’zi haqida ma’lumot beradi:
- Oliy martabaga erishdim, shukr, o‘ttiz ikki yil bo’ldi. O‘z muhrim bor!.. men, kim, Ona tili – o’zbek tiliman, ilm istovchiga koni bilimman.
Onangizning aytgan allasi menman,
Quvnoq davralarning yallasi menman.
Salom alik bo’lar so’zim orqali,
Odobi borning-chi, so’zi – chiroyli.
Sizga saboq berar men-la muallim,
Qanday tutmoq kerak savod qalamin.
Bag’rimdan harflar qo’shib o’qiysiz,
Hijjalab, tutilib, jo’shib o’qiysiz.
Matematik amal qay ifodasin
Tushunib ko’ringchi, mensiz donasi.
Ruschayu xorijiy so’zlarni hatto,
Tarjimamda sizga aylayman ravo,
Yashash joylaringiz xaritasini,
Akangizning yozgan o’z arizasini,
Vaqtni, faslni, tikish, to’qishni,
“Alifbe” dan tortib roman o’qishni.
Faqat men tufayli bilib olasiz,
Gaolarimga quloq tuting, hali bolasiz.
Hazrat Navoiydan to’kilgan durlar
Biram go’zal, biram o’qishli derlar.
Shunday darajaga sizlarlar ham yeting,
Barchani, nemi ham cho’ng xursand eting!

1-boshlovchi: 1989 yil 21 –oktabrda o’zbek tili haqida qonun qabul qilindi. Mana shu yilga 32 yil to’ldi.


2-boshlovchi: Biz davramiz qatnashchilarini ushbu ajoyib kun bilan chin dildan qutlaymiz. Tilimizga berilgan maqomning umri abadiy bo’lsin!
1-boshlovchi: Davlat maqomini olibsan tilim
Kamolot sari yo’l olbsan tilim
O’zbek xalqimning tarixi juda uzoq
Tili ham qadimiy.
2-boshlovchi: Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon o’zbegim
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyanshon O’zbegim
1-boshlovchi: Endi davlat tili haqida qonunning ayrim moddalariga quloq tutaylik.
1-modda: O’zbekiston Respublikasi Davlat tili o’zbek tilidir.
6-modda: O’zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olishi tilini erkin tanlash huquqi beriladi.
Rayhona: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-moddasidan O’zbekiston Respublikasi Davlat tili O’zbek tilidir
Aziza: Chindan ham til bebaho xazina. Ona tili har insonning g’ururi va iftixorodir. Keling, azizlar, bugun shu bebaho ona tilimizning xazinalaridan bahramand bo’laylik.
1-o’quvchi. So’z san’atin o’rganib bo’lib savodxon.
Tilimiz qadriga yetgaymiz har on
2-o’quvchi. Tilimiz bebaho merosdir bizga
Onaday ardoqli har o’g’il – qizga
3-o’quvchi. Qilichdan ham o’tkir, olmosdan keskir
Daryodan qudratli buyuk kuchdir til
4-o’quvchi. O’z tilin qadriga yetgan har odam
Izzatu, hurmatda yashaydi har dam
5-o’quvchi. Til tufayli ko’zlarga taralar ziyo
Shuning uchun tilni qadrlar dunyo
6-o’quvchi. Ona tili – inson qalbidagi nur
Ona tili also so’lmaydigan gul
Ona tili dengiz tubidagi dir
Ona tili qalblar go’zalligidir
7-o’quvchi. Ona tilivafo sadoqat
Ona tili mehri muhabbat
Ona tili odobi axloq
Ona tili ko’z ochgan buloq
8-o’quvchi. Yurakdagi quvnoq tuyg’ular
Tub – tubida ona tili bor
Kecha kunduz biz bilan birga
Ona tili doimiy hamroh
9-o’quvchi. Shuning uchun ona tiliga
Qattiq mehr qo’yaylik, do’stlar
Ona tili gulshanlarida
Kezmoqlikni so’raylik, do’stlar
1-boshlovchi: Til bebaho xazina. Til millatning qalbi
2-boshlovchi: Til tuganmas boylik. Til umr bo’yi o’rganiladigan fan.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling