Mavzu: tillarning o'zaro munosabatlari va rivojlanishi reja


Download 91.5 Kb.
bet2/5
Sana23.03.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1289615
1   2   3   4   5
Bog'liq
TILLARNING O\'ZARO MUNOSABATLARI VA RIVOJLANISHI

I. Hind-ovrupo tillari
Hind-Ovrupo tillari oilasi eng katta bo’lib, u german (435 million), roman (570 million), boltiq (4,6 million), slavyan (290 million), hind (760milion), eron (71 million) guruhlaridan iborat. Bu oila tillariga arman (5 million), alban (4,9 million), grek (11 million) va boshqa ko’pgina qadimiy tillar kiradi. Ular ichida lotin, sanskrit, qadimiy grek, xet, tohar, kelt va boshqa qadimiy tillar ham bor.
German tillari guruhiga nemis (100 million), golland (nederland)(22 million), afrikans (5 million), friz (400 ming), ingliz (290 million), Ferer (400 ming), dat (5,5 million), shved (8,8 million), norvej (4,6 million) tillari kiradi.
Roman tillari guruhiga frantsuz (70 million), ispan (260 million), partugal (140 million), italyan (66 million), rumin (20 million), moldav (2,8 million) tillari kiradi.
Boltiq tillari guruhi litov (3,1 million), latish (1,5 million) tillaridan iborat.
Slavyan tillari guruhiga bolgar (9 million), makedon (1,6 million), serboxorvat (18 million), sloven (2,1 million), Slovak (5,4 million), rus (160 million), ukrain (36 million), belorus (7,5 million), polyak (41 million) tillari kiradi.
Hind tillari guruhi assam (13 million), bengal (165 million), oriya (27 million), maythili (9 million), bxodjpuri (10 million), himdi (200 million), urdu (45 million), nepali (11 million), panjobi (54 million), sindhi (16 million), gudjoroti (40 million), marathi (57 million), singal (12 million), kashmiri (3 million), lo’lilar tilini (500 ming) o’z ichiga oladi. Sanskrit va qadimiy hind tillari ham shu guruhga kiradi.
Eron tillari guruhiga pushtu (pashtu) ( 24 million), ormuri (5 ming), parachi (5 ming) va pamir tillari deb ataluvchi yazgulom (2 ming), ishkashim (3 ming), vahan (30 ming), mundjan (2 ming), yagnob (2 ming) tillari hamda osetin (300 ming), kurd (12 million), beludj (3 million), fors (forsi) (20 million), tojik, dari (8 million), tat (200 ming) tillari kiradi.
Hind-ovrupo tillari oilasiga kiruvchi tillarda so’zlashuvchilar yer yuzining juda ko’p tomonlarida Ovrupo, Osiyo va Avstraliya qitalarida tarqalgan.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling